• “Venn diagrammasi” metodi.
  • Oltingurgut
  • “Oltingugurt va uning tabiiy birikmalari” mavzusini o‘qitishda




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    “Oltingugurt va uning tabiiy birikmalari” mavzusini o‘qitishda 
    “Oltingurgut” so‘ziga «Sinkveyn» metodini qo‘llash 
    Tuzilgan sinkveynni baholar ekanmiz, ta’lim oluvchi bu jarayonda ikkinchi 
    qatorga oltingurgutning eng muhim xossalarini anglatuvchi bir juft sifatni o‘ylab 
    yozishi zarur, degan mulohaza qilish mumkin. Bu javobni bir necha xil 
    variantlarini o‘ylab topib, so‘ngra ulardan eng asosiysini ajratib olish bilangina 
    uddalash mumkin. Xuddi shuningdek, boshqa qatorlarga yoziladigan so‘zlar ham 
    jadallik bilan fikrlash natijasida ishlab topiladi. Bu esa, oltingurgut tushunchasi 
    ma’nosini puxta va to‘laroq anglashga olib keladi. Bu ta’lim oluvchilar faolligini 
    oshirishga, mavzuning eng dolzarb yechimini izlashga sharoit yaratadi. 
    “Venn diagrammasi” metodi. 
    “Venn diagrammasi” mavzuning yoki asosiy 
    tushunchalarning 2-3 va undan ortiq jihatlarini hamda umumiy tomonlarini 
    solishtirish, taqqoslash, farqli jihatlarini ajratib ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. 
    Bu metod tinglovchida o‘tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, 
    mavzuga taalluqli bo‘lgan ob’yekt, jarayon va hodisalarni taqqoslashga, ularni 
    baholashga, ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilishga qaratilgan.
    Metodning maqsadi tinglovchilarni dars jarayonida mantiqiy fikrlashga, o‘z 
    fikrlarini mustaqil ravishda bayon etishga, yakka va kichik guruhlarda ishlashga, 
    boshqalar fikrini hurmat qilishga o‘rgatishdan iboratdir.Ushbu metoddan kimyo va 
    oziq-ovqat texnologiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan turli jarayonlar, texnologik 
    usullar va yechimlarni, texnologik jihoz va uskunalarni bir-biriga solishtirish
    ularning o‘ziga xos tomonlarini va o‘xshashliklarini aniqlash maqsadida 
    foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metod tinglovchiga mavzuni chuqur va 
    puxta o‘zlashtirilishi uchun yordam beradi va ulardan amaliy faoliyatda 
    foydalanishda to‘g‘risini va samaralirog‘ini tanlash ko‘nikmalarini shakllanishi 
    Sulfat kislota 
    xom 
    ishlab 
    chiqarish 
    ashyosi
    element 
    Kimyoviy 
    Keng 
    assottimentiga ega 
    Metallmas 
    Oltingurgut 


    100 
    uchun zamin yaratadi, tinglovchida analiz, sintez, umumlashtirish usullari 
    yordamida mavzuga chuqur kirib borish, uni puxta o‘zlashtirish, solishtirilayotgan 
    ob’yektlarning mazmun-mohiyatini anglash, maqbulini asosli ravishda tanlash 
    maxoratini rivojlantiradi.
    Bu metoddan yangi mavzuning yakunida foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
    “Venn diagrammasi”ni tuzish uchun ko‘p vaqt kerakligini hisobga olgan holda, uni 
    amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash tavsiya etiladi. Ma’ruza mashg‘ulotlarida esa 
    “Venn diagrammasi” vosita sifatida qo‘llanilib, tayyor holda o‘qituvchi tomonidan 
    tinglovchilarga taqdim etilishi mumkin. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda 3 tadan 
    ortiq tushunchalarni taqqoslash tavsiya etilmaydi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Oltingugurt va uning tabiiy birikmalari” mavzusini o‘qitishda

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish