95
etish, o‘qitishning zamonaviy samarali usullaridan foydalanish masalalariga e’tibor
kuchaydi.
O‘tkazilgan ko‘pgina tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, o‘qitishga yangicha
qarash, talabalarni o‘qitishda faol yondashuvlardan foydalanish bilim berishning eng
samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, interfaol usullarni o‘quv jarayonida
qo‘llash ta’lim tizimida keng tarqalib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘quv jarayonini
liberalizatsiya qilish, demokratlashtirish, hamkorlik ham ijodkorlikda tashkil etishni
taqozo etmoqda. Bir so‘z bilan aytganda o‘quv jarayoni markazida o‘quvchi
bo‘lmog‘i lozim va o‘quv jarayoni unga qaratilgan, yo‘naltirilgan bo‘lishi talab
etilmoqda.
Respublikamizda fanlarni o‘qitishda interfaol metodlarning ta’lim-tarbiya
samaradorligini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha A.I.Prigojin, B.V.Sazonov,
V.S.Tolstoy,
A.G.Kruglikov,
A.S.Axiezer,
N.P.Stepanov,
U.Begimqulova,
S.Maxmudovlarning N.Saidahmedov, I.Q.Tolipov, M.Usmonboeva, T. G‘afforova,
A.Mavlyanov ilmiy tadqiqot ishlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, uning
“Zamonaviy pedagogik texnologiya tamoyillari asosida dars mashg‘ulotlarini olib
borish texnologiyasi” nomli uslubiy qo‘llanmasi katta amaliy ahamiyatga egadir.
Hozirga qadar Respuplikamizda va boshqa tadqiqotchilar tomonidan interfaol
metodlar bo‘yicha muhim ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va tadqiqot natijalari
asosida turli tajriba-sinov ishlari amalga oshirilmoqda.
Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub’yektlarning
suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini
ifodalaydi.
«Interfaol» tushunchasi ingliz tilidagi «interact»(rus tilida interaktiv») so‘zidan
olingan bo‘lib, lug‘aviy nuqtai nazardan «inter» – o‘zaro, ikki araflama, «act» –
harakat qilmoq, ish ko‘rmoq kabi ma’nolarni anglatadi