111
olishda yagona tabiiy xomashyo bo‘lib hisoblangan.
5. Atmosferadagi azotni birikma holiga o‘tkazish mumkinmi?
Elementar azotni bog‘lash usullari.
Elementar azot inert gaz bo‘lib, boshqa
elementlar bilan birikma hosil qilishi qiyin. Azotli birikmalar esa turli
reaksiyalarga yaxshi kirishadi. SHuning uchun elementar atmosfera azotini birikma
holiga o‘tkazish kerak. Ko‘p yillar olib borilgan ilmiy-tekshirish va injener-
texnikaviy tekshirishlar natijasida (XX asrning boshlarida) elementar azotni
kimyoviy birikma holiga o‘tkazishga muvaffaq bo‘lindi.
Hozirgi vaqtda elementar azot 3 xil yo‘l bilan birikma holiga o‘tkaziladi: a)
yoy usuli; b) sianamid usuli va v) ammiak usuli.
Yoy usuli.
Bu usulning mohiyati yuqori temperaturada (elektr yoyi alangasida)
azot elementining havo kislorodi bilan birikib, NO hosil qilishidadir:
N
2
+ O
2
2NO - 179,2 kj
Bu jarayon yuqori temperaturada boradi. Bunda NO juda oz va tez hosil
bo‘ladi. 2000
o
S temperaturada muvozanat bir daqiqada qaror topadi.
Hosil bo‘lgan NO dissotsilanib ketmasligi uchun uni tezda reaksiya zonasidan
chiqarib, sovitish kerak. So‘ngra uni NO
2
gacha oksidlab, suvda eritib nitrat kislota
yoki kalsiyli selitra holiga o‘tkazish kerak. Bunday usul bilan 1 tonna azotli
birikma olish uchun 60000 kvt/soat energiya sarf bo‘ladi. Yoy
usuli iqtisodiy
jihatdan ancha qimmat bo‘lgani uchun deyarli qo‘llanilmaydi.