• Ammiakni sintez qilish.
  • uchun Yoy usulidan foydalanilmaydi ?




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    uchun Yoy usulidan foydalanilmaydi ?
    A). Jarayon yuqori haroratda olib borilganligi uchun. 
    V). Azot II oksidini hosil bo‘lishida yuqori bosim zarurligi uchun.
    S). Xomashyo yetarli bo‘lmaganligi uchun.
    D). Jarayon issiqlik chiqishi bilan borganligi uchun.
    Ammiakni sintez qilish. 
    Ammiak asosan vodorod va azotdan olinadi. Buning 
    uchun toza holatdagi azot va vodorod gazlari kerak. Azot havoni qattiq sovitish 
    yo‘li bilan olinadi. Vodorodni esa sanoatda bir necha usullar asosida olish mumkin.
    N

    + 3H
    2

    2NH

    + Q 
    Kimyoyaviy ishlab chiqarishlar orasida ammiakni sintez qilish texnikasi 
    jihozlanganligi va takomillashganligi bilan ilg‘or o‘rinlardan birini egallaydi.


    113 
    Ammiakni elementlardan sintez qilish reaksiyasi oddiy sharoitda bormaydi. 
    Bu faqat katalizatorlar ishtirokida, yuqori haroratda (500
    o
    C atrofida) va yuqori 
    atmosfera bosimi ostida boradi. Lekin, shunday sharoitda ham reaksiya uchun 
    olingan azot bilan vodorodning hammasi ammiakka aylanmaydi. Chunki reaksiya 
    zonasida hosil bo‘layotgan ammiak miqdori ortishi bilan reaksiyaning o‘ng 
    tomonga borish tezligi kamaya boradi va aksincha, chap tomonga borish, ya’ni 
    qaytar reaksiya tezligi orta boradi. Reaksiya zonasidagi ammiak miqdori 20% ga 
    yetganda reaksiya muvozanat holatga keladi, demak amalda endi ammiak hosil 
    bo‘lmaydi. Shuning uchun bu reaksiya to‘xtatiladi, gazlar aralashmasi chiqarib 
    olinadi, sovitiladi, ammiakni suyultirib ajratib olinadi va qolgan gazlar aralashmasi 
    (azot bilan vodorod) xuddi shu reaksiyaga qayta kiritiladi. Sanoatda bunday usul 
    bilan ishlaydigan texnologik sxemalar tsiklli yoki aylanuvchan deyiladi. 
    Bu reaksiyada turli katalizatorlar: platina, uran, osmiy, temir aktivator bilan 
    birga (bu katalizator amalda ko‘proq qo‘llaniladi) ishlatiladi. 
    Reaksiyaga kirishadigan gaz nihoyatda toza bo‘lishi kerak, chunki N
    2
    S bilan 
    SO ning miqdori 0,01% ga yetsa, ular katalizatorlarni zaharlaydi.
    Gazlar aralashmasidagi CO
    2
    va H
    2
    S lardan qutulish uchun bu gazlar 
    aralashmasi to‘ldirgichli minoralarda dastlab sovuq suv bilan, so‘ngra ishqor 
    eritmasi bilan yuviladi. CO
    2
    va H
    2
    S gazlari o‘z kimyoviy xossalariga ko‘ra suv 
    bilan qo‘shilib kislota va ishqor bilan qo‘shilib tuzlar hosil qiladi, shuning uchun 
    ham bu jarayon natijasida to‘la yutilib qoladi. Azot, vodorod va CO esa chiqib 
    ketadi. Gazlar aralashmasi tarkibida qolgan CO aralashmani chumoli kislotaning 
    ammiakli eritmasi orqali o‘tkazib tozalanadi. Bunday eritma past temperaturada va 
    300 atm bosimda CO ni yutadi. Natijada gazlar aralashmasida faqat azot bilan 
    vodorod (1:3 nisbatda) qoladi va bu gaz endi ammiakning sintezi uchun tayyor 
    bo‘ladi. 
    Reaksiyaga kirishayotgan gazlar aralashmasining apparat orqali o‘tish tezligi 
    har bir kub.m katalizatordan bir soatda 40.000 m
    3
    gaz o‘tadigan bo‘lishi kerak.
     
    Gazlarning tezligi ortsa, apparatning jadalligi ham ortadi, lekin hosil bo‘layotgan 
    ammiak chiqimi kamayadi. 


    114 
    Reaksiya vaqtida temperatura 450-550
    o
    C bo‘lishi kerak, chunki past 
    temperaturada ammiak hosil bo‘lish reaksiyasi sekinlashadi va aksincha, bunday 
    temperaturada hosil bo‘lgan ammiakning parchalanish reaksiyasi tezlashadi. 
    Bosim ortganda ammiak hosil bo‘lish jarayoni tezlashadi. Ammiak ikki usul 
    bilan sintez qilinadi: 
    Ma’ruza taqdimotidan 300 atm bosim ostida ammiak sintez qilish sxemasi 
    ko‘rsatilib, talabalarga jarayonlar ketma-ketligi tushuntiriladi (1-rasm). 

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish