Taqvim-mavzuiy va kundalik dars rejalari.
Ma’lumki, insonning har bir
hatti-harakati ongli ravishda amalga oshadi. Ana shu ongli hatti-harakat yetuk
psixolog olim P.Ya.Galperin va uning maslakdoshlari fikricha, asosan, quyidagi
uch bosqichda amalga oshadi:
I.
Mo‘ljalga olish bosqichi bo‘lib, unda shaxs o‘z oldiga
qo‘ygan aniq maqsadini mo‘ljalga oladi, ya’ni rejalashtiradi,
loyihalashtiradi. Maqsadga erishish yo‘llarini modellashtiradi.
II.
Asosiy amalga oshirish bosqichida o‘z imkoniyati, shart-
sharoit, mavjud bo‘lgan ko‘plab boshqa omillarni hisobga olgan
holda amaliy hatti-harakatlar bajarilib, ma’lum natijaga erishiladi.
III.
Nazorat qilish va o‘zlashtirishlar kiritish bosqichi
hisoblanib, unda ko‘zlangan maqsad bilan olingan natija qiyoslanadi
126
va kerakli xulosaga kelinadi. Kerakli hollarda reja va amalga
oshirish
bosqichlarining
mazmuni,
tuzilmasi
va
shakliga
o‘zgartirishlar kiritilib, ish-harakat usullari takomillashtiriladi.
Kishilar (inson) tomonidan amalga oshiriladigan barcha jarayonlar kabi
ta’lim-tarbiya ishi ham ushbu qonuniyatga to‘liq bo‘ysunadi. Demak, ta’lim-
tarbiya ishi ma’lum me’yorlar doirasida amal qiladi. Bu me’yorlarsiz ta’lim-tarbiya
ishi mazmun, shakl, zamon va makon hamda natijalar tekisligida samarasiz
bo‘ladi. Aslini olganda, maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim-
tarbiya ishlari aniq maqsadni ko‘zlab, reja asosida kechadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va
mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi
qonunning joriy etilishi yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda
zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va tatbiq etishni taqozo qildi.
Biz bu bo‘limda, asosan, tavqim mavzular rejasi, kundalik dars rejasi, darsga
tayyorgarlik ko‘rish, rejalshtirish va darsishlanmalari yaratish kabi mavzular
haqida to‘xtalamiz.
O‘quv materialini to‘rg‘i taqsimlashda mazkur fanni bosha fanlar va o‘quv
amaliyoti bilan bog‘lashda, darsga kerakli o‘quv materiallari va jiozlarini
tayyorlashda yordam beradi, o‘qish jarayonining samaradorligini oshirish
sharoitini yaratish imkonini beradi.
Taqvim-mavzuiy reja va dars rejasini ishlab chiqishda dars turini farqlash
muhim ahamiyatga ega. Har qanday dars o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, u
o‘zining aniq vazifalari va mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Lekin
darslarda o‘qitish va o‘quv faoliyatlarining umumiy xususiyatlari ham mavjuddir.
Taqvim-mavzuiy rejaning asosini mavzular bo‘yicha darslar tizimi tashkil
etadi. Mazkur rejani o‘qituvchi fanning o‘quv rejasi va dasturiga asosan tuzib oladi
va unda quyidagilar ko‘zda tutiladi: mavzular nomi, har bir mavzuga ajratilgan
vaqt; mashg‘ulot turi; ta’lim metodlari; fanlararo bog‘liqlik; kerakli asbob-uskuna
va jihozlarni belgilash; darsda o‘quvchilarning mustaqil ishlashi bo‘yicha
127
topshiriqlar; foydalaniladigan adabiyotlar; nazorat turlari; uyga vazifa; sana va
guruhlar va imzo.
Taqvim-mavzuiy rejaning bo‘limlari o‘quv fani va mavzu materialining
mazmuni,
kasb-hunar
kollejining o‘quv-moddiy bazasi, o‘quvchilarning
tayyorgarlik darajasiga qarab aniqlanadi. Taqvim-mavzuiy reja kasb-hunar
kollejining metodik kengashida ko‘rib chiqiladi.
O‘quv amaliyoti mashg‘uloti bo‘yicha taqvim-mavzuiy rejasi ketma-ketligini
jadvalda quyidagicha yoritilishi lozim:
1. Tartib raqam
2. Mavzu nomi
3. Ajratilgan soat
4. Mashg‘ulot turi
5. Ta’lim metodlari
6. Fanlararo bog‘liqlik
7. Kerakli asbob- uskuna va jihozlar
8. O‘quvchilarning auditoriyadagi bajaradigan mustaqil ishlari
9. Foydalanilgan manbalar
10. Nazorat turi
11. Uyga vazifa
12. Sana va guruhlar
13. Imzo
Yuqoridagi ketma-ketlik asosida berilgan taqvim-mavzuiy reja nazariy dars
bo‘yicha ishlab chiqilgan taqvim-mavzuiy reja bilan deyarli bir xil. Faqatgina 7-
bo‘limdagi dars uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskuna va jihozlarning ro‘yhatini
aniq belgilash lozim bo‘ladi. Ushbu ro‘yhat amaliy mashg‘ulotlarni samarali olib
borishda muhim omil hisoblanadi.
Taqvim-mavzuiy rejadan kelib chiqqan holda har bir mashg‘ulot uchun, ya’ni
nazariy dars uchun ham, o‘quv amaliyoti mashg‘uloti uchun ham alohida dars
rejasi ishlab chiqiladi.
128
Dars rejasi asosiy o‘quv-rejalashtirish hujjatlaridan biri bo‘lib, uni o‘qituvchi
o‘quv dasturi va taqvim-mavzuiy reja asosida tuzadi. Unda darsning ta’lim-
tarbiyaviy maqsadlari, o‘qitish va tarbiyalash masalalari ko‘rsatiladi hamda
darsning tarkibi va bosqichlari, har bir bosqichga ajratilgan vaqt, o‘qituvchi
tomonidan izohlanadigan o‘quv materialining ketma-ketligi va mazmuni, mustaqil
ishlarning har akteri va mazmuni, uy vazifasi topshirig‘i va boshqalar ifodalanadi.
Dars rejasining asosiy maqsadi o‘qitish jarayonini to‘g‘ri rejalashtirishga va
uning samaradorligini oshirishga yordam berishdir. Dars muvaffaiyatli o‘tishi
uchun uni tashkil etish bo‘yicha o‘qituvchi faoliyatining maqsadini aniqlash lozim.
O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlari rejasi nazariy dars rejasidan dars bosqichlari
va ularga ajratilgan vaqt bo‘yicha farq qiladi.
O‘quv rejasi va fan dasturiga asosan tuzilgan taqvim-mavzuiy rejasi bo‘yicha,
hamda ajratilgan soatlarni e’tiborga olgan holda, har bir o‘quvchini semestr
davomida necha marta nazorat qilish imkoniyatidan kelib chiqib, nazorat va so‘rov
turlari aniqlab chiqiladi va ma’lum bir fan bo‘yicha reyting ballarini taqsimlanish
jadvali tuziladi
O‘qituvchining har bir darsga sifatli tayyorlanishi darsni tashkil
etish,o‘quvchilarga beriladigan bilim,ko‘nikma va malakalarni qay darajada
o‘zlashtirilishini
ta’minlaydi.
Darsga
tayyorlanish
algoritmi
(qoidalar
majmui)barcha omillar,holatlarni hisobga olish va kafolatlaydigan izchil tadbir
bo‘lishi zarur. Shuning uchun har bir darsga tayyorlanishda quyidagi tavsiyalarga
rioya qilish lozim.
Darsda o‘quvchi shaxsini rivojlantirish uchun avvalo, uning idrokini,
xotirasini kuchaytirish asosida o‘quv materialining xotirada saqlanishini ta’minlash
zarur. Darsning maqsadiga erishish uchun o‘quv materiallarini to‘g‘ri tanlash,
bunda o‘quvchilarning bilim saviyasini hisobga olish va darsni jihozlashga jiddiy
e’tibor berish, o‘quv materiallari o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun
ta’limning metod va usullarini o‘rinli qo‘llash ham muhimdir. Dars o‘qituvchiga
juda katta mas’uliyat yuklaydi. Shunga ko‘ra, atroflicha tayyorlanish, tajribali
o‘qituvchi uchun ham, yosh o‘qituvchi uchun ham zarur. O‘qituvchi o‘z vazifasini
129
sifatli bajara olishi uchun o‘quvchilar shaxsini har tomonlama o‘rganishi shart.
O‘quvchi shaxsini o‘rganish oddiygina tadbir emas, balki ta’lim-tarbiyada
ko‘zlangan maqsadga erishishning eng muhim yo‘lidir.
Shuning uchun birinchi navbatda sinf jamoasining o‘ziga xos xususiyatlarini
e’tiborga olish lozim:
-
o‘quvchilarning bilimi va o‘zlashtirish saviyasi;
-
o‘quvchilarning fanga bo‘lgan munosabati;
-
sinfning ishlash tezligi;
-
bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanganligi;
-
har xil turdagi o‘quv jarayoniga munosabati;
-
o‘quvchilarning intizomi.
|