125
yaratish va usha muammoni hal qilishda o‘qituvchining tutgan yo‘li, usuli
muammoli bayon qilish deyiladi.
Muammoli vaziyatni vujudga keltirish va muammoni hal qilish asosida
tashkil etilgan o‘quv jarayoni muammoli o‘qitishdir.
Muammoli vazifalar va vaziyatlar quyidagi hollarda vujudga kelishi mumkin:
- muayyan ma’lumotlar bo‘yicha yechimlarni topish uchun mustaqil
izlanishda;
- mavhum mazmunning muayyan tasavvurlar bilan bog‘lanishi asosida;
- bilimlarni o‘quvchilarning shaxsiy tajribasi va amaliy ishlari bilan
bog‘lashda;
- topkirlik yuzasidan topshiriqlar, vazifalardan, muammoli vaziyatni o‘z
ichiga olgan boshqa vositalardan foydalanishda.
Mana shularning hammasi bilish va qiziqish faolligini keltirib chiqaradi.
O‘quvchilar o‘zlarida yechimni topish uchun zarur bilimlar borligini tushunadilar
va muammo javobning to‘g‘ri variantini topishdan iborat bo‘ladi.
Darslar tiplarini ko‘ribchiqish darsning qotib qolgan sxema emasligini
ko‘rsatadi. O‘quv ishininng tashkiliy shakli bo‘lgan dars maksimal natijalarga
erishish uchun tiplar hamda struktura bo‘yicha o‘zgarib turishi mumkin va lozim.