• 6.2. Dars turlari va ularni rejalashtirish
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    BBB texnologiyasi. 
    “Nitrat kislota navlari” mavzusi bo‘yicha dars jarayonida 
    olgan bilimlaringiz asosida ushbu jadvalni to‘ldiring
     
    Bilaman
    Bilishni hohlayman
    Bildim
     
     
     
    Uyga vazifa: 
    Har bir talabaga o‘tilgan mavzuga oid

    Klaster” va “Venn 
    diagrammasi” tuzib kelish topshirig‘i beriladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. 
    Maxsus fanlardan darslarni yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaklda loyihalash 
    talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga 
    ijobiy ta’sir etadi. Chunki darsni loyihalash jarayonida berilgan savollar, test 
    topshiriqlari, to‘ldirish uchun berilgan jadvallar talabalarni darsdan zeriktirmagan 
    holda erkin fikrlash, mantiqiy xulosalar qilish, ijodiy yondashish kabi 
    qobiliyatlarini rivojlantiradi.
    Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, o‘qitishga texnologik yondashish pedagog 
    uchun kutilmagan vaziyatlar va talablarni vujudga keltiradi. Gap faqat o‘qitishning 
    yangi texnik vositalarini ishlatish, yangi axborot kanallaridan foydalanish 
    (kattaliklarning kompyuterlashgan banki, axborot tarmoqlari, videotexnika) 
    to‘g‘risida borayotgani yo‘q. Uning mohiyati shundaki, pedagog mustaqil ravishda 


    120 
    o‘quv maqsadlarini tuzishi va ularni mumkin bo‘lgan chegarasigacha 
    aniqlashtirishi, so‘ngra ularni amalga oshirishi lozim.
    6.2. Dars turlari va ularni rejalashtirish 
    Darslarning asosiy didaktik maqsad bo‘yicha klassifikatsiyasini eng ma’qul 
    deb hisoblamoq kerak. Bu klassifikatsiya, boshqa hamma narsadan tashqari, 
    darsning o‘quv jaraenidagi o‘rnini hisobga oladi. Bu alomatga ko‘ra darslarning 
    quyidagi tiplari mavjud: yangi materiallarni bayon etish darslari; bilimlarni 
    puxtalash 
    va 
    tatbiq 
    etish 
    darslari; 
    takrorlash-umumlashtirish 
    darslari; 
    o‘quvchilarning bilim, o‘quv hamda malakalarini tekshirish (kontrol-tekshirish) 
    darslari; aralash darslar. 
    Darsning tashkiliy tuzilishi uning strukturasi bilan belgilanadi. Umumtexnika 
    va maxsus fanlarga tatbiqan, darsning quyidagi struktura elementlarini ajratib 
    ko‘rsatish mumkin: tashkiliy qism; uy topshiriqlarining bajarilishini tekshirish; 
    o‘qituvchining yangi materialni bayon etishi; o‘quvchilarning yangi materialni 
    o‘rganishga oid o‘quv, texnika yoki qisqa ma’lumot beruvchi adabiyot bilan 
    mustaqil ishlashlari; yangi materialni takrorlash va puxtalash; ilgari o‘rganilgan 
    materialni takrorlash; puxtalash va sistemaga solish; o‘quvchilarning bilim, o‘quv 
    hamda malakalarini tekshirish, hisobga olish va baholash; uy topshiriqlari berish. 
    Darsning tipiga ya’ni mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy didaktik maqsadga 
    ko‘ra, biror struktura elementlari yoki ularning tipaviy kombinatsiyalari ustun 
    turadi.
    Asosiy didaktik maqsadga binoan klassifikatsiyalanuvchi darslarning tiplarini 
    ularning strukturasiga bog‘liq holda qisqacha ko‘rib chiqamiz. 
    Har bir dars o‘quv jaryonining bir qismi hamda bilim, ko‘nikma va 
    malakalarni egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichidir. Didaktik 
    maqsadlar bo‘yicha darsning quyidagi turlari mavjud: 
    1.
    Yangi bilimlarni o‘rganish darsi.
    2.
    Umumiy yoki aralash dars. 
    3.
    Bilimlarni mustahkamlash, takrorlash darsi. 
    4.
    Sinash – tekshirish darsi. 


    121 
    5.
    Muammoli dars. 
    Darsning ana shu asosiy turlari strukturasi quyida keltiriladi: 
    I.
    Yangi bilimlarni o‘rganish darsi: 1. Tashkiliy qism. 2 
    Yangi o‘quv materialini bayon qilish va mustahkamlash. 3. Uyga 
    topshiriq berish. 4. Darsni yakunlash. 
    II.
    Umumiy yoki aralash dars: 1. Tashkiliy qism. 2. Uyga 
    topshiriqni tekshirish. 3. O‘quvchilar bilimini og‘zaki tekshirish. 4. 
    Yangi o‘quv materialini bayon qilish. 5. Yangi o‘quv materialini 
    mustahkamlash. 6. Uyga topshiriq berish. 7. Darsni yakunlash. 
    III.
    Bilimlarni mustahkamlash darsi: 1. Tashkiliy qism. 2. Uy 
    topshirig‘ini tekshirish. 3. O‘quvchilardan o‘tilgan mavzularni 
    so‘rash, o‘quv materialini mustahkamlash. 4. Uyga topshiriq berish. 5. 
    Darsni yakunlash. 
    IV.
    Bilimlarni sinash – tekshirish darsi: 1. Tashkiliy qism. 2. 
    O‘qituvchining topshiriqni tushuntirishi. 3. O‘quvchilarning 
    savollariga javob berish. 4. O‘quvchilarning topshiriqlarni bajarishi. 5. 
    Bajarilgan ishlarni o‘qituvchiga topshirish. 6. Uyga topshiriq berish. 
    7. Darsni yakunlash. 
    V.
    Muammoli dars: 1. Tashkiliy qism. 2. Muammoni bayon 
    qilish. 3. Muammoni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatish va hal etish. 4. 
    Natijalarni muhokama qilish. 5. O‘qituvchining izohlashi va 
    umumlashtirishi. 6. Uyga topshiriq berish. 7. Darsni yakunlash.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish