• 1. Tashkiliy qism – salomlashish, davomatni tekshirish, zarur ko‘rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash; 2. Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
  • 3. Yangi mavzuni yoritish
  • 5. Darsga yakun yasash va baholash
  • 6. Uyga vazifa
  • Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti
    - ikki ustundan iborat jadval bo‘lib, 
    birinchi ustunga darsning asosiy bosqichlari, ikkinchi ustunga esa har bir 
    bosqich 
    uchun zarur bo‘lgan vaqt taqsimoti ko‘rsatiladi.
    Darsning tafsilotlari
    - dars ishlanmasining asosiy o‘zagini tashkil qiladi. U 
    dars turi va tanlangan uslubga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Misol tariqasida, 
    yangi mavzuni o‘zlashtirishga bag‘ishlangshan dars tafsilotlari yoritish tartibini 
    keltiramiz: 
    1. Tashkiliy qism
    – salomlashish, davomatni tekshirish, zarur ko‘rgazmali 
    qurol va jihozlarni darsga hozirlash; 
    2. Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
    - yangi mavzu bilan bog‘liq, o‘tgan 
    dars mavzularini takrorlash; o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘tishdan oldin bu 
    mavzuga oid bilim darajalarini aniqlash va baholash; yangi dars maqsadini 
    tushuntirish (dars maqsadi va yoritilishi lozim bo‘lgan asosiy tushuncha va 
    atamalar, oldindan doskaga yozib qo‘yilsa yoki qog‘ozga oldindan katta qilib 
    yozib, osib qo‘yilsa, vaqt tejaladi);
    3. Yangi mavzuni yoritish
    - dars materiallarini kichik-kichik bo‘laklarga 
    bo‘lib, ketma-ket ma’lum uzviylikda va mantiqiy bog‘liqlikda, ko‘rgazmali tarzda 
    va turli xil o‘qitish uslublaridan foydalangan holda berish;
    4. Yangi mavzuni mustahkamlash
    - olingan nazariy bilimlarni yorqin 
    misollarda qo‘llash va turli xil topshiriqlarni bajarish asosida o‘quvchilarda yangi 
    mavzuga oid amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish va baholash; baholash uchun 
    beriladigan savol va topshiriqlar aynan dars maqsadidan kelib chiqqan bo‘lishi, 
    unga erishilgan yoki yo‘qligini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi lozim; 


    134 
    5. Darsga yakun yasash va baholash
    - darsning maqsadini yana bir bor 
    eslatish va unga qanchalik erishganlikni o‘quvchilar bilan birgalikda aniqlash; 
    o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha savollariga javob berish, darsning asosiy 
    lahzalarini qayd qilish, o‘quvchilarning o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash, darsda 
    faol qatnashgan o‘quvchilarni tilga olish va baholash (o‘quvchilar bilimini 
    baholashni butun dars davomida turli xil usullar yordamida ham bajarish mumkin; 
    baholashdan maqsad o‘quvchilarga faqat qandaydir ballarni qo‘yib borishdan 
    iborat emas, balki o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini nazorat qilib borishdan 
    iborat bo‘lib, kerak bo‘lganda darsning borishiga o‘zgartirishlar kiritish, tushunish 
    qiyin bo‘lgan joylarga qayta to‘xtalish lozim bo‘ladi);
    6. Uyga vazifa
    - o‘tilgan mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni 
    yanada mustahkamlashga yoki kelgusi dars uchun hozirlik ko‘rishga qaratilgan, 
    mustaqil bajarishga mo‘ljallangan savol, mashq va topshiriqlar majmuasi. 

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish