• Animatsion ma’ruzalar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    Video materiallar 
    sinxron hamda asinxron tartibda uzatiladi. Video 
    materiallarini sinxron tartibda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilishi pedagog va ta’lim 
    oluvchining bevosita muloqotini ta’minlaydi, an’anaviy ma’ruzalarga xos barcha 
    ijobiy jihatlarni o‘zida mujassamlashtiradi, pedagog va ta’lim oluvchilar bir-birini 
    real vaqtda ko‘rib va eshitib turishini ta’minlaydi. 
    Asinxron tartibda o‘quv materiallarni uzatishda video materiallar 
    videokassetalar va disklarga yozib olinib tarqatiladi. Bunday video materiallar 
    tarkibiga ma’ruza, mavzuga ta’luqli ilmiy-ommabop videomateriallar, shu 
    sohaning yetuk mutaxassislari bilan uchrashuv videolavhalari kiritiladi. Bunday 
    video materiallardan foydalanish ixtiyoriy joyda va vaqtda, takror va takror 
    bajarilishi mumkin. 
    Animatsion ma’ruzalar 
    Ta’lim oluvchilarga interfaol tuzilishga ega bo‘lgan 
    o‘rgatuvchi kompyuter dasturlari orqali yetkaziladi. Animatsion ma’ruzalar 
    multimedia texnologiyasidan foydalanib shakllantiriladi. Bunda har bir ta’lim 


    141 
    oluvchi o‘zining psixofiziologik xususiyatidan kelib chiqib, animatsion 
    ma’ruzadagi trayektoriyasi, o‘zlashtirish sur’ati va o‘rganish usulini tanlaydi. 
    Amaliy mashg‘ulotlar kompyuter texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarini 
    mujassamlashtiruvchi trenajerlar, virtual reallik asosida o‘qitish vositalari, ekspert 
    o‘rgatuvchi tizimlarga asoslanadi. 
    Masofaviy malaka oshirish intellektual tizimida trenajyorlar aqliy va mehnat 
    amaliyotlarini imitatsiyalash asosida o‘zlashtirishini ta’minlaydi. 
    Virtual reallik muhitni ideallashtirish tamoyillari asosida malaka oshirish 
    jarayonlarini jadallashtirish imkonini beradi. 
    Ekspert o‘rgatuvchi tizimlar ta’lim oluvchilar bilim darajasini aniqlash va 
    rivojlantirish jarayonlarini tegishli faoliyat sohasining yetuk mutaxassisi 
    funksiyasini 
    bajara 
    oladigan 
    bilimlar 
    va ma’lumotlar banki asosida 
    tashkillashtirishga qaratilgan. 
    Fan dasturlarini o‘zlashtirish modulli ta’lim texnologiyasi asosida tashkil 
    etilganligi, uni mustaqil o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilarni muntazam ravishda 
    qo‘shimcha manbalarga murojaat qilishga undaydi. Bu boradagi ehtiyojlarni 
    qondirish maqsadida bilim olishning intellektual tizimida ONLINE va OFFLINE 
    rejimidagi maslahatlar, javobni tayanch so‘z bo‘yicha qidirish hamda bilimlar 
    bankidan tarkib topgan elektron maslahat bloki ko‘zda tutilgan. 
    Online rejimida maslahatlar chat texnologiyasidan foydalanib amalga 
    oshiriladi. Tyutor maslahatlar beriladigan vaqt haqida avvaldan elektron pochta 
    orqali ta’lim oluvchilarga xabar beradi. Bunday maslahatlar o‘zlashtirilishi 
    murakkab bo‘lgan mavzularga duch kelinganda; amaliy mashg‘ulotlarni bajarishda 
    kutilmagan savollarga javob topishda; yangi materiallarni taqdim etishda; 
    mutaxassislar bilan muloqot qilishda amalga oshiriladi. 
    Mustaqil ta’lim tizimida elektron maslahatchidan foydalanishda ta’lim 
    oluvchi dastlab tezkor javob olish uchun online rejimida mutaxassisdan maslahat 
    oladi, agar ushbu javob uni qoniqtirmasa, yoki tegishli javobni topa olmasa u 
    offline rejimida yuqori malakali mutaxassisdan maslahat olishi mumkin. 

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish