150
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi
PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini
ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq
oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini
belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom 2018-2019 o‘quv yilida, shuningdek, keyingi o‘quv
yillarida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan talabalarning bilimini
nazorat qilish hamda baholashda qo‘llaniladi.
2. Mazkur Nizom talablari qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni modul
tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va
baholashda qo‘llanilmaydi.
3. Talabalar oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan
birinchi mashg‘ulotda mazkur Nizom talablari bilan tanishtirilishi shart.
4. Talabalar bilimini baholashda malakaviy amaliyot, kurs ishi, fan (fanlararo)
davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek, magistratura bosqichida
ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha
mazkur Nizomda belgilangan baholash mezonlari qo‘llaniladi.