143
talabadan mustaqil o‘qib-o‘rganish, ta’limga yangicha munosabatda bo‘lish,
mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash,
amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatishdan iboratdir. Bu tizimni joriy
etilishi o‘qituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim omil hisoblanadi.
Modulli ta’limda pedagog tinglovchining o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi,
boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yo‘naltirilgan ob’yekt tomon
mustaqil harakat qiladi. Eng katta urg‘u ham talabalarning mustaqil ta’lim olishiga
qaratiladi. SHu nuqtai nazardan maxsus (ixtisoslik) fanlarini o‘qitish jarayonida
ham talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish,
talabalarni mustaqil ishlashga o‘rgatish ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
muhim hisoblanadi.