-bob. Nazorat turlari va baholash mezonlari




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

2-bob. Nazorat turlari va baholash mezonlari 
1-§. Nazorat turlari 
5. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va 
yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 
6. Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi 
tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida 
o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi. 
7. Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan 
holda 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin. 
Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga 
ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. 


151 
8. Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-
o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan 
tasdiqlanadi. 
9. Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan (tibbiyot oliy ta’lim 
muassasalarida 4 akademik soatdan) kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha oraliq nazorat 
turi o‘tkazilmaydi. 
10. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil 
ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek, uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi 
fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash mazkur Nizomning 15-
bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi. 
Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari 
davomida olgan baholari inobatga olinadi. 
11. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida (tibbiyot oliy ta’lim 
muassasalarida fan yakunida) tegishli fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va 
amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 
12. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli tegishli fan bo‘yicha kafedra 
tomonidan belgilanadi. 
13. Yakuniy nazorat turi oliy ta’lim muassasasining tegishli fakultet dekani 
yoki o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlari 
bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish 
jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi. 
14. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida oraliq va yakuniy nazorat turlari 
ob’yektiv tizimlashtirilgan klinik sinov yoki ob’yektiv tizimlashtirilgan imtihon 
shakllarida o‘tkazilishi mumkin. 

Download 2,44 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Nazorat turlari va baholash mezonlari

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish