Nazorat savollari
1. Ta’lim jarayonini loyihalashning asosiy bosqichlarini tushitiring
2. Maxsus fanlarni o‘qitishda tadqiqotchilik loyihalaridan foydalanish
samaradorligini baholang
3. Loyihalar uslubi tarixi haqida nimalarni bilasiz?
4. Tavqim-mavzuiy reja tarkibi nimalarni aks ettiradi?
5. O‘qituvchining darsga kundalik tayyorgarligi deganda nimani tushunasiz?
6. Dars ishlanmasiga qanday talablar qo‘yiladi?
7. Mustaqil ta’lim tizimini joriy etishdagi kontseptual holatlari deganda
nimani tushunasiz?
8. Mustaqil ta’limni tashkil etishda kitobning rolini qanday izohlaysiz?
9. Mustaqil ta’limning qanday shakllari mavjud?
10. Mustaqil ta’lim didaktikasi deganda nimani tushunasiz?
11. Mustaqil ta’limni samaradorligi nimalarga bog‘liq?
144
145
7-BOB. MAXSUS FANLARNI O‘ZLASHTIRISHNI BAHOLASH
Tayanch so‘z va iboralar:
bilim, ko‘nikma, malaka, kasbiy malaka, oraliq
nazorat, yakuniy nazorat, akademik soat, talabalar bilimini baholash mezonlari,
talabalarning fanlarni o‘zlashtirishini hisobga olish jurnali, Oliy ta’lim
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi
NIZOM, “Assesment” metodi, T-chizmasi.
7.1. Talabalar bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish jarayoni
Bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash ta’lim jarayoni negizini har akterlab,
uning asosi, muhim sharti sifatida yuzaga keladi. Shunga ko‘ra pedagogika
nazariyasi va amaliyotida ushbu tushunchalar fundamental ahamiyatga ega. Bilim,
ko‘nikma va malakalarning mazmuni hamda ularning shakllanish jihatlari
psixologiya, didaktika, xususiy metodika va talabalarning amaliy mashg‘ulotlariga
oid keng ko‘lamdagi adabiyotlarda nazariy jihatdan asoslab berilgan. Bu
tushunchalarga qanchalik aniq ta’rif berilganligiga qaramasdan mazkur
tushunchalar yana ham chuqurroq o‘rganishga va nazariy jihatdan har tomonlama
asoslanishga muhtoj.
Pedagogikaga doir adabiyotlarda “bilim” tushunchasi, odatda, insonlar
tomonidan mavjud bilim va hodisalarni, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini bilish
mahsuli sifatida baholanadi. Bunday ta’rif asosan bilimning falsafiy qirrasini
ochishga xizmat qiladi. Didaktika nazariyasida esa “bilim” tushunchasi, asosan,
ikki tomonlama izohlanadi: talabalar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar hamda
ular tomonidan o‘zlashtirilib amaliy faoliyat jarayonida qo‘llaniladigan, shaxsiy
xislatlarga aylanib qolgan bilimlar.
Biz yuqorida keltirgan birinchi ta’rif ta’lim mazmunini belgilab beradi. Bu
bilimlar adekvat har akterga ega bo‘lib, jamiyat hayotida, tasdiqlangan moddiy
borliqni ifodalaydi. Bilimlar qotib qolgan, o‘zgarmas hodisa emas, jamiyat
hayotining tarixiy taraqqiyoti davomida bilimlar ham uzluksiz rivojlanib,
aniqlanib, chuqurlashib va ba’zan jiddiy o‘zgarishlarga uchrab, takomillashib
boradi. Pedagogika nazariyasida bilimlarga xos bo‘lgan ushbu omilni hisobga
146
olgandagina ta’lim mazmunining ilmiyligi ta’minlanadi. O‘quv fani doirasida
taqdim etiladigan bilimlarni ikki guruhga ajratish mumkin: muvofiq tarzdagi fan
asoslarini ifodalovchi ilmiy bilimlar hamda dolzarblik va turg‘unlik jihatidan
o‘zgaruvchan bo‘lgan axborotlar ko‘rinishidagi ilmiy ma’lumotlar. Ilmiy
ma’lumotlar, odatda, nazariyalarning mahsuli sifatida yuzaga keladi. Bu
bilimlarning muntazam jamlanishi hozirgi fanning muayyan holatini ifodalovchi
deduktiv tizimdagi axborotlar hajmining ortib borishiga olib keladi, lekin mazkur
fan negizini tashkil qiluvchi bilimlar tizimiga hech qanday o‘zgartish kiritmaydi.
Bu holda yangi ma’lumotlarning faqat bir qismigina ilmiy nazariyaning asosiy
holatlarini o‘zgartirib borish uchun xizmat qiladi. Bunday holda bilimlar qanchalik
umumlashgan bo‘lsa, ular shunchalik turg‘un har akterga ega bo‘ladi.
O‘zlashtiriladigan bilimlar hosil qilinadigan ko‘nikma va malakalar uchun
asos bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘nikma va malakalarning mazmuni va o‘zaro nisbati
haqida bir qancha yo‘nalishdagi qarashlar mavjud.
Didaktikada mavjud bo‘lgan an’anaviy nuqtai-nazardan kelib chiqadigan
bo‘lsak, ko‘nikma malakadan oldin hosil bo‘ladi va mashqlar bajarish natijasida
ko‘nikma malakaga aylanadi. Chunonchi, “Pedagogik ensiklopediya”da (1968)
ko‘nikma - “ishlashga to‘g‘ri keladigan sharoitlarga mos har akterlarni samarali
bajara olish” deb ta’riflanadi; ko‘nikmalar ham amaliy, ham nazariy har akterga
ega bo‘ladi. Xuddi shu Pedagogik ensiklopediyada “malaka yuqori darajadagi
harakat sifatida ta’riflanadi”, ushbu bosqichda harakatlar avtomatlashadi, aqliy
boshqaruv bir daraja kamayadi. Malaka amaliy faoliyatni shu qadar tez
bajarilishidirki, bunda harakat o‘z-o‘zidan amalga oshirilayotgandek bo‘ladi”.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, “Ko‘nikma harakatlarni samarali bajarish
imkoniyatidir; ko‘nikma-harakatdagi bilimlardir; ko‘nikma ma’lum darajada
o‘ylab bajariladigan harakatlar; ko‘nikmalar qandaydir harakatni yangi sharoitlarda
bajarishning usulidir; ko‘nikma murakkab tizimli psixik va amaliy harakatlarni
egallashdir”.
147
Malakalar quyidagicha ta’riflanadi: “malaka yuqori o‘zlashtirilganlik
darajasiga ega bo‘lgan harakatlar yig‘indisidir; malaka bilim va ko‘nikmalar
zaminida shakllanadi”.
Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, “ko‘nikma” va “malaka”
tushunchalarining mazmun va mohiyati haqida turlicha fikrlar mavjud.
Inson faoliyatining turli-tumanligi va u qo‘llaydigan ko‘nikma va
malakalarning xususiyatini hisobga olib, didaktikada “ko‘nikma” va “malaka”
tushunchalari
pedagogik,
psixologik
hamda
ijtimoiy-tarixiy
ma’nolarda
qo‘llaniladi. Bu shunday izohlanadiki, birinchidan, talaba psixologik pedagogik
ta’sir ob’yekti hisoblanib, bu ta’sir natijasida bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallaydi, ikkinchidan, asta-sekin egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar
ta’sirida ijtimoiy ahamiyatli shaxsga aylanib boradi. Shu bilan birgalikda bilim,
ko‘nikma va malakalar shaxsning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat
qiladi.
Ko‘nikma dastlab amaldagi aqliy nazorat ostida bajariladi. Shartli reflektor
aloqalari mustahkamlangach, ushbu nazorat susayib boradi. Shunga ko‘ra aytish
mumkinki, inson faoliyatidagi ko‘nikma ma’lum darajadagi aqliy nazorat ostida
amalga oshiriladi. Bu esa ko‘nikmaning, o‘z navbatida. psixologik pedagogik
mohiyatini anglatadi. Individ harakatlarida mashqlar natijasida shunday holat
yuzaga keladiki, bunda harakatning bajarilishida aqliy nazorat talab qilinmaydi,
faoliyat avtomatik tarzda bajariladi, natijada ko‘nikma malakaga aylanadi.
Malakaning psixologik asosi, bir tomondan, faoliyat maqsadida, ikkinchi
tomondan ushbu faoliyatning dastlabki holati bilan o‘zaro aloqasida ifodalanadi.
Insondagi oldindan mavjud bo‘lgan ko‘nikma va malakalarga yangilarining
qo‘shilishi natijasida murakkab ko‘nikmalar shakllanadi. Masalan, avtomobilni
boshqarish ko‘nikmasi, xususan mashina eshigini ochish, dvigatelni ishga
tushirish, tormoz, mufta, akselerator pedallarini bosish va bo‘shatish, uzatmalar
sonini almashtirish va o‘chirish, faralarni ulash, rul chambaragini boshqarish kabi
ko‘plab elmentar ko‘nikma va aloqalarni qo‘shilishi natijasida takomillashadi.
148
Shartli reflektor aloqalarining mustahkamlanib borishi bilan ba’zi ko‘nikmalar
tezkorlik bilan malakalarga aylanib boradi.
Talabalarda umummehnat va kasbiy malakalar quyidagi bosqichlarda
shakllantiriladi:
-
malakani shakllantirishning dastlabki bosqichida talabalarga
o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan harakatni bajarish tartibi tushuntiriladi.
Harakatni bajarish usulini bilish uni to‘laqonli bajarishni ta’minlay
olmasa-da, u malaka shaklllanishi uchun zarur bo‘ladi. Talabada
harakatlar bilan tanishish uni o‘rganishga qadar, ya’ni malaka
shakllangunga qadar amalga oshadi. Lekin harakat vazifasi bilan yuzaki
tanishish va uni tavsiflash malaka shakllanishi uchun yetarli emas.
Harakatlarni bajarilishini o‘qituvchi rahbarligida chuqur va mustahkam
o‘zlashtirish lozim. Harakatlarga o‘rganishning dastlabki bosqichlarida
pedagogning vazifasi harakat tartibini tushuntirish, ularning amaliy
ahamiyatini ko‘rsatish, talabalar bilimlarini chuqurlashtirish va
tizimlashtirish bilan, boshqacha qilib aytganda, unga mashqlar tavsifi va
maqsadi, qanday o‘zlashtirish kerakligi to‘g‘risida aniq bilimlar berish
bilan belgilanadi;
-
navbatdagi, ikkinchi-bosqich-malakalar shakllanishi asosini
tashkil etuvchi qoidalarni shakllantirish va bilimlarni o‘zlashtirish,
qayta tiklash bosqichi hisoblanadi;
-
uchinchi bosqich-navbatdagi mashqlarni bajarish jarayonida
turg‘unlashib qolishi mumkin bo‘lgan harakatlar, boshlang‘ich
xatoliklarni bartaraf qiluvchi namunalarni namoyish qilishdir.
O‘qituvchi u yoki bu harakatlarni qanday amalga oshirishi lozimligi, ish
jarayonida talaba duch keladigan qiyinchiliklarni ko‘rsatib beradi;
-
to‘rtinchi bosqich-harakatni amaliy o‘zlashtirish, malakani
shakllantirish bilan belgilanadi. Malakaning shakllanishi harakatni
bajarish usulini takomillashtirishga qaratilgan mashqlar jarayonida
amalga oshadi. Bunda talaba ongli ravishda qoidalardan foydalana
149
boshlaydi. Bu o‘rinda ayniqsa, harakatlarni tahlil qilish, xatolarni
o‘rganish va ularning oldini olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi;
-
nihoyat, oxirgi beshinchi bosqich- mustaqil va tizimli
bajariladigan mashqlardan iborat bo‘ladi. Bu mashqlar murakkablikni
oshib borishi bilan birgalikda ularning xilma-xilligiga e’tibor beriladi,
shunga muvofiq faoliyat qiziqarli va ko‘pchilik hollarda ijodiy tavsifga
ega bo‘ladi.
Malakalar shakllanishida mashqlarni vaqt bo‘yicha taqsimlash muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi. Uzoq vaqt davomida uzluksiz bajariladigan mashqlar
natijasi toliqish tufayli kutilgan samarani bera olmaydi. Demak, mashqlarni boshqa
turdagi ishlar va dam olish bilan almashtirib olib borish lozim.
|