139
beradi.
Tizimga kirish uchun ro‘yhatdan o‘tish bloki.
Mustaqil ta’lim
tizimidan
foydalanish uchun ta’lim oluvchidan dastlab belgilangan tartibda ro‘yhatdan o‘tish
talab etiladi. Mazkur blokda ta’lim yo‘nalishlari ro‘yhati va ularga tegishli o‘quv
rejalari taqdim etilib, shu asosda ta’lim oluvchi zarur yo‘nalishni belgilab olishiga
sharoit yaratadi.
Zarur yo‘nalishni tanlagan ta’lim oluvchi bilim olishning mustaqil ta’lim
tizimiga kirish uchun talab etiladigan shaxsiy ma’lumotlarni belgilangan tartibda
kiritib, tizimga kirish uchun uzining shaxsiy logini va paroliga ega bo‘ladi. Ushbu
login orqali ta’lim oluvchi bilim olishning intellektual
tizimi yordamida tahsil
olishni istagan vaqtda to‘xtatib turishi, o‘ziga ma’qul bo‘lgan vaqtda qayta tashrif
buyurishi va dasturni o‘zlashtirishda davom etishi mumkin. Ro‘yhatdan o‘tishda
ta’lim oluvchining shaxsiy ma’lumotlari, tayanch ma’lumotlari hamda aloqa
bog‘lash uchun ma’lumotlar qayd etilganidan so‘ng,
ularni qiziqtirishi mumkin
bo‘lgan asosiy savollar va ularning javoblari taqdim etiladi.
Tanlagan yo‘nalish o‘quv rejasidagi fanlar asosida,
qiziqishlari hamda
qobiliyati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tizimga kirgan ta’lim oluvchiga
fanlarni o‘zlashtirishning shaxsiy trayektoriyasini tanlash imkoniyati yaratiladi. Bu
borada ta’lim oluvchiga ko‘maklashish maqsadida masofaviy malaka oshirish
tizimida ta’lim oluvchi eng ko‘p tanlanadigan ta’lim trayektoriyalari ro‘yhati
hamda shablon trayektoriyalar taklif etiladi.