138
sharoitining yaratilganligi;
-
ta’lim oluvchining kompyuter bilan muloqoti uchun qulay shart- sharoitlarni
ta’minlash imkoniyatining mavjudligi.
Ta’lim jarayonini tashkil etishga qaratilgan omillar sifatida kompyuter bilan
muloqotni amalga oshirish metodik ta’minotining axborot-ta’lim muhiti va
zamonaviy talablar darajasidagi axborot-ta’lim resurslari yaratilganligi, gipermatn,
multimedia, malaka oshirishda axborot va kommunikatsiya tizimlarining qabul
qilinganligini qayd etish mumkin.
Mustaqil ta’lim axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta’lim
oluvchilarning kasbiy mahoratini qo‘llab-quvvatlash, mustaqil ta’lim olish
ehtiyojlarini qondirishga xizmat kiluvchi ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot
ashyolari, o‘zaro aloqalar kaydnomalari, dasturiy va tashkiliy-metodik
ta’minotlarning tizimli-tashkiliy majmuidir.
Mustaqil ta’limning ochiqligini ta’minlovchi quyidagi tamoyillar asosida
shakllantiriladi:
-
ta’lim olishni ochiq rejalashtirish, ya’ni, yo‘nalish va unga mos o‘quv rejasi
doirasida bilimlarni oshirib borishning individual trayektoriyasini tuzish erkinligi;
-
o‘qitish vaqti va sur’atlarining erkin tanlanishi;