2-§. Talabalar bilimini baholash mezonlari
15. Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil
mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning)
mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu)
bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – 5 (a’lo) baho;
152
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi,
fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi
hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha
tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini
tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda – 2
(qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
16. Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni
talabaning o‘zlashtirishini xolis (ob’yektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi
shart.
3-bob. Talabalar bilimini baholash
17. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
18. Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning
bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan
professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning
bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi
tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi
yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim
muassasalarining tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi
mumkin.
19. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida oraliq va yakuniy nazorat turlarini
o‘tkazish, shuningdek, talabalarning bilimini baholash tegishli kafedra mudiri
tomonidan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibi tegishli fan professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari
orasidan shakllantiriladi.
153
Komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlarning soha
mutaxassislari ham jalb qilinishi mumkin.
20. Oliy ta’lim muassasasida nazorat turlarini o‘tkazilishi tegishli oliy ta’lim
muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan doimiy ravishda
o‘rganib boriladi. Bunda nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan
hollarda, o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli
nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin.
21. Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga
qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.
22. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi
bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga
kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek, ushbu
nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik
qarzdor hisoblanadi.
23. Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga
kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet
dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
24. Bir kunda 1 tadan ortiq fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkazilishiga
yo‘l qo‘yilmaydi. Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish kamida 2 kun oralig‘ida
belgilanishi lozim.
25. Bitiruvchi kurs bo‘lmagan talabalar kuzgi semestr natijalari bo‘yicha 3
tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan hollarda talabaga bir
oygacha, bahorgi semestr natijalari bo‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan)
akademik qarzdorligi bo‘lgan talabaga tegishli fan (fanlar) bo‘yicha oraliq va
(yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi o‘quv yili boshidan qayta topshirish uchun 1
oy muddat beriladi.
Bitiruvchi
kurs
talabalariga
bahorgi semestr natijalari bo‘yicha
o‘zlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat
attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.
154
Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga qayta
topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorining
(boshlig‘ining, filial direktorining) buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.
26. Talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun
berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan
ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta
topshirishdan o‘ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi.
Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari
orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani
baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
27. Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan
talaba bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini
(boshlig‘ini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial
direktori) buyrug‘i asosida kursdan qoldiriladi.
28. Talaba uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotga qatnashmagan,
shuningdek, malakaviy amaliyot yakunlari bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan
baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va kursdan qoldiriladi.
29. Kursda qoldirilgan talaba fanni (fanlarni) o‘zlashtirmagan semestr
boshidan to‘lov-kontrakt asosida mazkur o‘quv yilining tegishli semestri uchun
tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq o‘qishni davom ettiradi.
30. Baholash natijasidan norozi bo‘lgan talabalar fakultet dekani tomonidan
tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
31. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan
tegishli fan professor-o‘qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar
a’zo kiritiladi.
32. Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi
e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin.
155
Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun
ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
33. Talabaning apellyatsiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga
ega.
34. Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini ko‘rib chiqib, uning
natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni
o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtira olmagani ko‘rsatiladi.
Apellyatsiya komissiyasi tegishli qarorni fakultet dekani va talabaga
yetkazilishini ta’minlaydi.
|