-bob. Baholash natijalarini qayd qilish




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

4-bob. Baholash natijalarini qayd qilish 
35. Talabalar bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi 
tomonidan Talabalarning fanlarni o‘zlashtirishini hisobga olish jurnalida (bundan 
buyon matnda Jurnal deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Professor-o‘qituvchi 
qo‘shimcha ravishda talabalar bilimini baholashni elektron tizimda ham yuritishi 
mumkin. 
Professor-o‘qituvchi Jurnalda talabaga qo‘yilgan baholarni shu kunning 
o‘zida qayd etib boradi. Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shaklida 
o‘tkazilgan bo‘lsa, bunda professor-o‘qituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan 
ko‘p bo‘lmagan muddatda Jurnalga qayd etishi lozim. 
36. Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) 
yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
37. Talaba nazorat turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan 
hollarda Jurnalga «0» belgisi yozib qo‘yiladi. 
38. Jurnal tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-
o‘qituvchi, kafedra mudiri va fakultet dekani tomonidan imzolanadi hamda fakultet 
dekanatida saqlanadi. Jurnalning saqlanishi uchun fakultet dekani mas’ul 
hisoblanadi. 


156 
39. Talabalarning yakuniy nazorat turi bo‘yicha baholari Jurnalga qayd 
etilganda, shu kunning o‘zida talabaning Baholash daftariga ham yozib qo‘yilishi 
kerak. 
40. Yakuniy nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «2» (qoniqarsiz) baho 
bilan baholangan yoki Jurnalga «0» belgisi yozib qo‘yilgan hollarda ushbu baho 
yoki belgi talabaning Baholash daftariga yozilmaydi. 
41. Jurnalning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq yuritilishi, shuningdek, undagi 
baho va boshqa ma’lumotlarga asossiz o‘zgartirishlar kiritilmasligi uchun fakultet 
dekani va tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi mas’ul hisoblanadi. 
42. Tegishli o‘quv yili yakuni bo‘yicha ishchi o‘quv rejadagi fanlar bo‘yicha 
«3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholangan talaba 
oliy ta’lim muassasasi rektorining (boshlig‘ining, filial direktorining) buyrug‘iga 
asosan keyingi kursga o‘tkaziladi. 
43. Baholash natijalari kafedra yig‘ilishlari, fakultet va oliy ta’lim muassasasi 
Kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar 
qabul qilinadi. 
44. O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida talabalar 
o‘zlashtirishini baholash tizimini 5 baho yoki 100 ballik tizim va ilg‘or xorijiy 
davlatlar oliy ta’lim tizimida qo‘llaniladigan baholash tizimiga qiyosiy taqqoslash 
hamda ularga o‘tkazish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq jadvallar asosida 
amalga oshiriladi. 

Download 2,44 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish