159
Ushbu texnologiyaga asosan har bir kasbiy tayyorgarlikni chuqurlashtiruvchi
maxsus fanga umumta’lim har akteridagi fanlarga nisbatan ko‘proq
kreditlar
ajratiladi, zero fan talaba uchun qanchalik muhim bo‘lsa, unga vaqt sarflari va
o‘quv yuklamasini bajarish shaklining darajasi va har -xilligi yuzasidan ko‘proq
qiyinchilik tug‘diradi.
Kreditlarni to‘plash tizimida semestrni muvaffaqiyatli
tamomlash uchun
o‘quv yilida yoki butun o‘quv dasturi bo‘yicha ushbu dastur talablari belgilab
beradigan kreditlarning ma’lum sonini olish kerak bo‘ladi. Kreditlar faqat o‘quvchi
tomonidan o‘qitish natijalariga muvaffaqiyatli erishilganligini
bilimlarni nazorat
qilib, tasdiqlangandan so‘ng beriladi. Kreditlar berish barcha turdagi o‘quv ishlari
va attestatsiya tadbirlari uchun ham joriy etiladi. Kreditlar universitetda qilingan
har
bir qadam uchun, masalan: ma’ruza yuklamasi,
talabaning mustaqil ishi,
referatlar, esse, kurs va diplom ishlari, magistrlik
va doktorlik dissertatsiyalari,
stajirovka, imtihonlarga tayyorgarlik, imtihonni topshirish uchun qo‘shiladi.
Har bir sinov birligi uchun o‘zlashtirilgan
tushunchalar soni, tushunchalar
orasidagi bog‘lanishlar, shakllangan ko‘nikmalar asos bo‘ladi. Ularni o‘zlashtirish
umumiy mehnat sarfi bo‘yicha 25 astronomik soatga to‘g‘ri
keladi deb taxmin
qilinadi, bunda talabani mustaqil ishini va u tomondan oraliq va yakuniy sinovlarni
topshirish, boshqa turdagi o‘quv ishlari hisobga olinadi. Xar bir fan 4-6 kredit
birligidagi “og‘irlikka” ega bo‘lishi kerak. Sinov kreditlarinig
uchdan ikki qismi
majburiy fanlar, qolganini talaba mustaqil ravishda shakllantiradi. Bunda ikkinchi
darajada kommunikativ profildagi fanlar uchun 15 kredit birligidan kam bo‘lmagan
kreditlar to‘planishi kerak.