Mustaqil ta’limni tashkil etishda talabalar bilimini baholash




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

7.3. Mustaqil ta’limni tashkil etishda talabalar bilimini baholash 
bo‘yicha umumiy talablar. 
Ma’lum bir fanni o‘qitishdan oldin, talabalar shu kursning so‘ngida nimalarni 
o‘rganishlarini ifodalashdan boshlagan yaxshi. Odatda bu ma’lum bir bilim va 
ko‘nikmalar ro‘yhati sifatida bo‘lishi mumkin. Talabalar bilimini baholashga 
tayyorgarlikning keyingi bosqichi baholashning tegishli usuli (shakli)ni tanlashdir. 
Masalan siz talabalaringizni tadqiqot olib borishga o‘rgatayotgan bo‘lsangiz, 
baholash shakli sifatida loyiha olib borishi mumkin. Talabaning o‘z nuqtai-nazarini 
ifodalashi va uni isbotlash mahoratini tekshirish uchun og‘zaki prezentatsiyalar 
qo‘l keladi. Agar siz talabaning u yoki bu sohani bilishini tekshirmoqchi bo‘lsangiz 
referatdan foydalanish mumkin. Insholar yordamida talabalarning o‘z fikrlarini 
yozma bayon qila olishlarini tekshirsa bo‘ladi. So‘ngra har bir baholash shakli 
uchun baholash mezonlari tuziladi (talaba qaysi hollarda “a’lo”, “yaxshi,” 
“qoniqarli”, baho olishi mumkinligini ko‘rsatuvchi tizim). Barcha bosqichlarni 
o‘rganganingizdagina siz nimani qanday baholashingiz kerakligi haqida,siz 
qanchalik haqqoniy ekanligingiz to‘g‘risida ishonch hosil qilishingiz mumkin.
Bu jarayon, jumladan baholash mezonlari ham shunday tuzilgan bo‘lishi 
kerakki, u hamma uchun – sizning supervayzerlaringiz, boshqa o‘qituvchilar, 
talabalaringiz uchun tushunarli bo‘lishi zarur. Shuni qayd etish lozimki, agar 
talabangiz siz qo‘ygan bahodan norozi bo‘lsa, baholash mezonlari yordamida siz 
nima uchun u yoki bu ballni qo‘yganingizni isbotlab bera olasiz. 
Tekshirayotganda shuni yodda tutingki, elektron ta’lim resurslari rivoji bilan 
talabalar plagiati (ko‘chirmakashlik
)
nomli muammo avj olmoqda. Bunda talabalar 
referat kurs, diplom yoki boshqa malakaviy ishlarni o‘zlari bajarmay Internetdan 


162 
ko‘chirishmoqda. Bizning yuqori texnologiyalar va deyarli barchaning internetdan 
foydalanish imkoni bo‘lgan davrimizda tekshirilayotgan ishning sifatiga alohida 
e’tibor qaratish lozim. Agar talaba ishni o‘zi yozganligiga shubhalansangiz hamda 
Internetdan foydalanish imkoni bo‘lsa, tekshirib ko‘rishga erinmang. 
Plagiat juda jiddiy akademik qoidabuzarlik hisoblanadi, shu bois bunday 
qoidabuzar talabalarni aniqlash uchun barcha kuchni safarbar qilish kerak. Shunda 
bunday talabalar soni qisqarib, talabalar esa o‘z ishlariga jiddiy yondoshishlariga 
turtki bo‘lishi ajab emas. Yozma ishlarni ko‘rib chiqishga siz ushbu ishlarni 
mustaqil ravishda bajarishga qanchalik tayyor ekanligini doimo yodda tutishingiz 
lozim. 
Talabalarning bilimlarini baholashning usullari haqida fikr yuritishdan avval 
baholash mohiyati va maqsadlariga muvofiq ikki turdagi nazoratga bo‘lish 
mumkinligini qayd etish lozim. Birinchi turdagi nazorat joriy nazoratdir. Bunda 
talabalar o‘quv materialini qanchalik o‘zlashtirganligini tekshirishga qaratilgan 
bo‘lib, unda asosiy maqsad butun semestr davomida talabalar va o‘qituvchi 
o‘rtasida muntazam aloqa o‘rnatishdadir. Bunday turdagi baholash talabalarga 
quyidagilarni belgilashga yordam beradi: 
-
saviyasini o‘sish darajasi; 
-
materialni qanchalik o‘zlashtirganligi; 
-
qaerda kamchiliklar borligi, qaysi masalalarga ko‘proq etibor 
berish kerakligi; 
-
o‘quv kursi bo‘yicha muayyan bilim va ko‘nikmalarni 
o‘zlashtirish bo‘yicha talabaning yondashuvi qanchalik samarali ekanligi. 
Qolaversa, o‘qituvchi uchun bu turdagi baholash dars berish uslubining 
samaradorligini, talabalar o‘zlashtira olmagan muammoli masalalarni ertaroq 
aniqlashda ko‘maklashadi. Joriy nazorat turi tez-tez o‘tkazilib turadi. Bilimlarni 
tekshirish qanchalik tez-tez o‘tkazilsa,talabalarning bilimlaridagi kamchiliklarni 
aniqlash imkoni shuncha ko‘payadi va o‘qituvchi o‘qish jarayonida bunday 
tomonlarga ko‘proq e’tibor qaratishga harakat qiladi. Ammo bunda o‘qituvchini 
haddan tashqari ko‘p tekshirish uchun ishlar bilan band qilib qo‘yilsa,o‘qituvchi 


163 
o‘z ishini sifatli qilishi, talabalar bilan samarali muloqot o‘rnatishga qiynalib 
qolishi mumkin. Talabalarni ham ortiqcha vazifalar bilan toliqtirib bo‘lmaydi, 
shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, talabalarda bir semestrda bir emas bir nechta 
fan o‘qitiladi. O‘quv soati kam bo‘lgan fanlarni blok usulda o‘qitish va semestr 
yarmiga borib baholash orqali semestrdagi fanlar soni kamaytiriladi. Joriy nazorat 
turlarini oqilona taqsimlash muhim masala hisoblanib, katta e’tibor talab etadi.
Talabalar bilimini baholashning ikkinchi turi Yakuniy nazorat bo‘lib, 
kursning maqsadlariga qanchalik erishganligi, o‘qitilgan talabalar tomonidan 
qanchalik o‘zlashtirilganligini ko‘rsatadi. Yakuniy nazorat talabalarni o‘zlashtira 
olgan va olmaganlarga tasniflash mexanizmi hamdir. Bunday turdagi baholash 
talabalarning rasmiy holatiga (stipendiya miqdori, keyingi bosqichga o‘tish-
o‘tmasligi, akademik daraja olish-olmasligiga va b.) ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 2,44 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mustaqil ta’limni tashkil etishda talabalar bilimini baholash

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish