• Dunyoqarash – shaxsning tafakkur tarzi va yo‘nalishini aks ettiruvchi qarashlar, e’tiqod va fikr-o‘ylar tizimi. Idrok etish malakasi
  • Izohlash, tushuntirish – og‘zaki izoh, yoritilishi lozim bo‘lgan turli materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish. Ilmiy muammo (masala)
  • Individuallik – shaxsning betakror biosotsiologik xususiyatlari. Intellekt
  • Ishontira olish – axborot oqimining shaxs tomonidan tanqiddan holi, erkin ravishda o‘zlashtirishga erishishni ko‘zlagan ruxiy ta’sir etish metodi. Ishonch hosil qilish
  • Kredit (credit)
  • Verbal  – ifodali, og‘zaki.  Dastur




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    Verbal 
    – ifodali, og‘zaki. 
    Dastur 
    – o‘quv fanining mazmuni, uni tahsil oluvchilar tomonidan 
    o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, tartibi, axborot manbalarini o‘zida 
    mujassamlashtiruvchi me’yoriy hujjatdir. 
    Didaktika
    – grekcha “didaskien” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘qitaman, o‘qishni 
    o‘rgataman ma’nolarini anglatadi. Didaktika bu o‘qitish nazariyasidir. Didaktika 
    o‘qitish jarayonining shakllari, metodlari,tamoyillari, mazmuni, vazifasi va 
    maqsadlarini ishlab chiqadi.
    Dunyoqarash 
    – shaxsning tafakkur tarzi va yo‘nalishini aks ettiruvchi 
    qarashlar, e’tiqod va fikr-o‘ylar tizimi. 
    Idrok etish malakasi 
    – boshqa sub’yektning xususiyatlarini – uning muloqoti 
    va muloqotga hozirligini aniqlash uchun zarur bo‘lgan kasbiy-pedagogik malaka. 


    165 
    Izohlash, tushuntirish 
    – og‘zaki izoh, yoritilishi lozim bo‘lgan turli 
    materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish. 
    Ilmiy muammo (masala) 
    – fan orqali hal qilinadigan asosiy ziddiyatlar. 
    Ilmiy yangilik 
    – muayyan davrga nisbatan ma’lum bo‘lmagan va 
    pedagogikaga oid adabiyotlarda qayd qilinmagan nazariy va amaliy xulosalar, 
    ta’lim qonuniyatlari, uning tuzilma va mexanizmlari mazmuni, tamoyillari va 
    texnologiyalari. 
    Individuallik 
    – shaxsning betakror biosotsiologik xususiyatlari. 
    Intellekt 
    – shaxsning turli faoliyat turlarini muvaffaqiyat bilan o‘zlashtirishini 
    belgilaydigan tug‘ma va o‘zlashma barcha aqliy qobiliyatlar to‘plami. 
    Ishontira olish 
    – axborot oqimining shaxs tomonidan tanqiddan holi, erkin 
    ravishda o‘zlashtirishga erishishni ko‘zlagan ruxiy ta’sir etish metodi. 
    Ishonch hosil qilish 
    – shaxsning muayyan qoida va talablarini ongli ravishda 
    o‘zlashtirish vositasida tarbiyalash metodi. Tegishli ma’lumotlar va argumentlarga 
    asoslanib, shaxsning o‘z hukmi va xulosalari to‘g‘riligiga ishonchni yuzaga 
    keltirish jarayoni va natijalari. 
    Kredit (credit)
    – talabaning alohida ta’lim yo‘nalishi yoki dasturi (kurs) 
    bo‘yicha fanlarni o‘qib o‘rganishi va o‘zlashtirishi uchun sarflangan o‘quv 
    yuklamasining (vaqtning) o‘lchov birligidir. Kredit – talabaning me’yoriy hujjat 
    bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda 
    ta’lim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt o‘lchovidir. Talabaga kredit ma’lum bir 
    fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli 
    o‘tgandan so‘ng beriladi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Verbal  – ifodali, og‘zaki.  Dastur

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish