173
Suhbat usuli
– so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy
tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi. Chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita
aloqada bo‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini
yozmasdan, erkin muomala shaklida qo‘llaniladi.
Standart–
[ingl. standard – norma, namuna, o‘lchov] (ISO/IEC versiyasi
bo‘yicha): Konsensus asosida ishlab chiqilgan va tan olingan idora tomonidan
tasdiqlangan, umumiy va qayta–qayta foydalanish uchun turli faoliyat turlari yoki
ularning natijalariga tegishli qoidalar, umumiy prinsiplar yoki tavsifnomalar
belgilanadigan va aniq sohada tartibga solishnig optimal darajasiga erishishga
yo‘naltirilgan hujjat.