170
Ko‘rsatma
– ehtiyojning mavjudligi va ob’yektiv
vaziyat hamda uni
qondirish bilan bog‘liq ravishda oldindan shaxslarning ma’lum faolligini
tayyorlash, ularni joylashtirish.
Ko‘nikma va malakalar
–
ko‘nikma va malakalar deganda biror shaxsning
muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun
shart-sharoitlar yaratib
beruvchi, tashqaridan kuzatish mumkin bo‘lgan harakatlari va reaksiyalari
tushuniladi. Malakalar ongli ravishda amalga oshirilgan
faoliyatning tarkibiy
qismiga kiruvchi avtomatik tarzda yuz beradigan harakatlardir.
Laboratoriya ishi
– asbob-uskunalar va boshqa texnik moslamalardan
foydalangan holda, talabalar bilan tajribalar o‘tkazish,
biror hodisani maxsus
jihozlar yordamida o‘rganish.