• Taqlid qilish – biror harakat, qiliq, ahd, fikr va hissiyotni takrorlash, aynan o‘zlashtirish. Tarbiya
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet110/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    Tadqiqot ob’yekti 
    – ziddiyat va muammoli vaziyat tugdiruvchi, bilishga 
    qaratilgan ilmiy tahlilga muhtoj ob’yekt. 
    Tadqiqot predmeti 
    – bevosita o‘rganilishi lozim bo‘lgan va amaliy yoki 
    nazariy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadigan ob’yektning mohiyati, ma’lum bir 
    tomoni, xususiyati 
    Taqlid qilish 
    – biror harakat, qiliq, ahd, fikr va hissiyotni takrorlash, aynan 
    o‘zlashtirish. 
    Tarbiya 
    – 1) shaxsning ma’naviy va jismoniy holatiga muntazam va 
    maqsadga muvofiq ta’sir etish; 2) pedagogik jarayonda ta’lim maqsadlarini amalga 
    oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati. 
    Tafakkur 
    – inson aqliy faoliyatining oliy shakli, insonlarni urab olgan 
    dunyodagi o‘zaro bog‘langan narsa va hodisalarni bilish jarayoni, muhim hayotiy 
    jarayonlarni his qilish va muammolarni hal etish, ma’lum bo‘lmagan voqea- 
    hodisalarni qidirish, kelajakni ko‘ra olish. Tafakkur, tushuncha, hukm, xulosa 
    shakllarida namoyon bo‘ladi. 
    Ta’lim – 
    bilim berish, malaka va ko‘nikma hosil qilish jarayoni, kishini 
    hayotga, mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta’lim jarayonida bilim 
    o‘zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta’lim tor ma’noda o‘qitish 
    tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayoni emas, 


    174 
    balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalarda ham ma’lumot o‘zlashtirish 
    jarayonidir.
     
    Ta’limiy kenglik
    – ta’lim jarayonlari amalga oshiriladigan, ya’ni tashqi atrof 
    – muhit bilan o‘zaro harakat anglanadigan va amalga oshiriladigan kenglik.
    Temperament 
    – 1) shaxsning psixik faoliyati dinamikasining turli jihatlarini 
    bildiradigan turg‘un individual xususiyatlarining qonuniy munosabatlari; 2) 
    shaxsning dinamik xususiyatlari: jadallilik, tezlik, daraja, psixik jarayonlar va 
    holatlar ritmi. 
    Test 
    – 1) standart shakldagi topshiriqlar bo‘lib, aqliy taraqqiyot, qobiliyat, 
    bilim va malakani aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan sinovdir; 2) aniq sotsiologik 
    tadqiqotlarda foydalaniladigan tarqatma material, savolnoma; 3) shaxs ruhiyati va 
    xulqining aniq miqdoriy va ma’lum sifat baholarini oldindan berilgan ba’zi 
    standart – test me’yorlari bilan qiyosiy o‘rganishga mo‘ljallangan psixologik 
    tadqiqotlarning standartlashtirilgan metodi. 

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish