• O‘quv faoliyati – shaxsning yangi bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash jarayoni. O‘quv-bilish faoliyati
  • O‘quv dasturi
  • Faoliyatning yetakchi turi
  • O‘qituvchining innovatsion faoliyati




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    O‘qituvchining innovatsion faoliyati 
    – ijtimoiy-pedagogik fenomen bo‘lib, 
    ijodiy imkoniyatni aks ettirish, kundalik faoliyatdan chetga chiqishdir. 
    O‘qish 
    – o‘quvchining o‘z qobiliyati, bilimi, malaka va ko‘nikmalarini 
    rivojlantirishga qaratilgan harakati. 
    O‘quv faoliyati 
    – shaxsning yangi bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash 
    jarayoni. 
    O‘quv-bilish faoliyati 
    – insoniyat tomonidan to‘plangan madaniy boylikni 
    egallash bilan bog‘liq faoliyat. 
    O‘qitish metodikasi
    – bu turli usullar tizimi bo‘lib, o‘quv-didaktik 
    materiallardan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy 
    dars va amaliy mashg‘ulotlar paytida qo‘llaniladigan usullar majmuasidir. 
    O‘quv dasturi 
    – o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladigan, har bir o‘quv 
    fanining o‘qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g‘oyaviy-siyosiy 
    yo‘nalishini aniqlab beradigan davlat hujjatidir. 
    O‘quv rejasi – 
    o‘qitiladigan fanlar, o‘qitish uchun ajratilgan soatlar va o‘quv 
    yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjati. 


    176 
    Faoliyat 
    – 1) ongli maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki (ruhiy), 
    tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof–muhitning kishilar tomonidan maqsadga 
    muvofiq qayta bunyod etilishi. 
    Faoliyatning yetakchi turi – 
    bola hayotining muayyan davridagi psixik 
    rivojlanishini yetarli darajada ta’minlovchi hamda keyingi taraqqiyotiga asos 
    bo‘luvchi faoliyatdir. 
    Shaxs 
    – 1) kishilarning ijtimoiy xulqi, insonlar orasida o‘zini tutishini aks 
    ettiradigan ruhiy sifatlari majmuini bildiruvchi tushuncha; 2) turli-tuman sifatlar 
    tizimidagi kishining ruhiy, ma’naviy mohiyati; 3) ijtimoiy mohiyat kasb etgan va 
    o‘z–o‘zini anglash qobiliyatiga ega bo‘lgan kishi. 

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish