O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

Kredit - 
o‘qitish natijalariga erishishga asoslangan hamda mehnat sarfining 
darajasiga mos tushgan vaqt birligida o‘lchanadigan bilimlar hajmi va darajasini 
ifoda etishning raqamli usulidir.
 
Kreditda o‘quv ishining mehnat sarfi ma’lum bir 
o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan vaqtda aniqlanadi. Sinov 
birliklari tizimi egallangan bilimlar, ko‘nikma va malakalar hajmini kuzduzgi 
ta’lim tizimida (ma’ruza-seminar-amaliyotlar, mustaqil ish, oraliq va yakuniy 


160 
baholash) an’anaviy pedagogik texnologiyalardan kelib chiqqan holda shartli 
birliklarda baholashga imkon beruvchi mexanizmdir.
Yevropa mamlakatlarida o‘quv yili taxminan 40 hafta davom etganligi 
sababli, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasidagi umumiy mehnat sarfi 60 ga teng 
deb olingan. Shu bois, talaba semestr davomida 30 kreditni, triestrda 20 kreditni 
to‘plashi kerak. 30 soni marrali hisoblanib, agar talaba semestr davomida 29 kredit 
yig‘sa, u kreditlarni “to‘ldirishi” lozim, aks holda yuqori kursga o‘tkazilmaydi. 
Ta’lim jarayoni tegishli tarzda nazorat qilinganida, talaba o‘quv yili davomida 60 
kreditdan ko‘p kredit to‘play olmaydi. Bunday harakatlar asosiy o‘quv rejasi 
bo‘yicha talabani yetarli darajadagi yuklamaga ega emasligini bildiradi ya’ni oliy 
ta’lim muassasasi oson kreditlarni berishga harakat qilib, ishni yakuniga 
yetkazmaganligidan dalolat beradi. 
Sinov birliklari tizimi ta’lim dasturlarini solishtirish muammosini yechishga, 
akademik mobillikni oshirishga yordam beradi. Kereditlarni butun umr davomida 
yig‘ish va ulardan xorijiy mamlakalardagi universitetlarda boshqa darajalarda 
o‘qishni davom ettirishda (jumladan, Boloniya jarayoni universitetlarida) 
foydalanish mumkin. Bunda oliy ta’lim muassasalarini har semestrda almashtirish 
mumkin, chunki kreditlarni yig‘ish tizimi hamma joyda bir xildir. Boloniya 
diplomi bilan bitiruvchilar xech qanday muammosiz hohlagan Yevropa davlatiga 
ishga qabul qilinishi mumkin. Kreditlar oliy ta’lim kontekstidan tashqarida, 
masalan, uzluksiz ta’lim tizimida qabul qiluvchi universitet tan olishi sharti bilan 
to‘planishlari ham mumkin. 
Agar Boloniya jarayonining boshida kreditlar akademik mobillikni qo‘llab-
quvvatlash uchun taklif etilgan bo‘lsa, keyinchalik bu tizimning vazifasiga o‘qitish 
dasturlarini takomillashtirish hamda talabalarning attestatsiya shartlarini sinov 
birliklari terminlarida belgilash ham qo‘shildi. 
Sinov birliklari tizimini kiritish ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishdagi mehnat 
sarfini hisoblash birligini o‘zgartirishni nazarda tutmoqda. Hozirgi vaqtda sinov 
birliklaridan foydalanib o‘quv jarayonini qurish tamoyillarini aniqlab beruvchi 
normativ hujjatlarni tayyorlash, ball-reyting tizimi asosida talabalar attestatsiyasini 


161 
tartibga solish, o‘qituvchilar o‘quv yuklamasini hisoblash, talabalarni fanlarga 
yozilish tartibini, o‘quv guruhlarini shakllantirish, akademik maslahatlar xizmatini 
kiritish kabi masalalar ko‘rib chiqilmoqda. Kredit tizimi o‘qituvchilar tomonidan 
o‘qitishning samarali metodlarini izlashga rag‘batlantiradi va ushbu tizimni 
istalgan ta’lim texnologiyasida qo‘llash uchun qulyadir.

Download 2,44 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish