O‘quv jarayonini rejalashtirishda




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

O‘quv jarayonini rejalashtirishda

-
dars mavzusini, maqsad va vazifalarni, dars turini, tarbiyaviy 
imkoniyatlarni aniqlash; 
-
dars uchun kerakli ko‘rgazmali qurollar, didaktik materiallar va 
zarur jihozlarni tayyorlash; 
-
darsning vazifasi asosida uning har bir qismi uchun zarur 
bo‘lgan materiallar, dalillar, misollar, mashqlar kabilarni tanlash; 
-
ta’limning metod va usullarini tanlash; 
-
o‘quvchilar uchun mustaqil va uyda bajaradigan vazifalarni 
belgilash; 
-
ko‘nikma va malakalarni baholashning aniq mezonlarini 
oldindan ishlab chiqish, mashg‘ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni to‘g‘ri 
amalga oshirish va bir-biri bilan uyg‘unlashuviga e’tiborni qaratishi 
lozim. 
Bularning barchasi dars ishlanmasida yoki darsning texnologik xaritasida o‘z 
ifodasini topadi. 
Dars ishlanmasi (darsning texnologik xaritasi) o‘qituvchi uchun tuzilishi 
majburiy bo‘lgan hujjatdir. Uni tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad-
o‘qituvchining va o‘quvchining dars jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish, dars 
mazmunini yoritib borish hamda ta’lim samaradorligini oshirishdan iborat. 
Dars ishlanmalari uchun tayyor qolip yo‘q, chunki jonli dars jarayonini hech 
qanday qolipga solib bo‘lmaydi. Dars ma’lum bir maqsadga qaratilgan, DTS 
talablari asosida o‘quvchilarga bilim, ko‘nikma va malaka berish, natijani aniq 
belgilab olgan holda o‘qituvchining mahorati, o‘quvchilarning tayyorgarligi 


132 
darajasi asosida rejalashtiriladi. Dars ishlanmasini yildan-yilga takomillashtirib va 
mukammallashtirib borish lozim.
Yangi Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari joriy etilishi va ta’lim 
jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarning, kompyuter, yangi axborot 
texnologiyalari va texnik vositalarning qo‘llanishi bilan dars ishlanmalariga 
qo‘yilgan talablar ham o‘zgarib bormoqda. O‘qituvchilarga dars ishlanmasini 
quyidagicha tuzishlarini tavsiya etamiz:

Download 2,44 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish