• Har bir dars
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    Ikkinchi navbatda
    esa har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini 
    e’tiborga olish zarur: 
    -
    nerv tizimi turlarining shakllanganlik darajasi; 
    -
    o‘zaro fikr almashuvi; 
    -
    hissiyotga beriluvchanlik; 
    -
    yangi materiallarni o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishini 
    boshqarish; 
    -
    yomon kayfiyat tarqatish yo‘llarini bilish; 
    -
    o‘zining bilim va qobiliyatiga ishonish; 
    -
    har xil ta’lim vositalari (o‘quv-texnika vositalari, axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalar)dan foydalanishni bilishi lozim. 
    O‘qituvchi oldida turgan vazifalardan biri o‘quvchilarga beriladigan ta’lim va 
    tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga ko‘tarish 
    hisoblanadi. Demak, o‘qituvchi har bir darsni rejalashtirganda darsni puxta 
    o‘tkazilishini ta’minlash uchun kerakli darajada dars ishlanmasini batafsil tuzishi, 
    aniq vaziyatni e’tiborga olib, darslarni turli xil shaklda o‘tkazishi lozim. 
    O‘qituvchi tomonidan 
    kundalik darsga tayyorgarlik
    quyidagi bosqichlarda 
    amalga oshirilishi zarur: 


    130 
    -
    t
    aqvim-mavzu reja asosida dars mavzusini, maqsad va vazifalarini, dars 
    shakli va turlarini, tarbiyaviy imkoniyatlarni aniqlash; 
    -
    o‘quvchi darsda bilib olishi va eslab qolishi zarur bo‘lgan asosiy 
    mazmunni ajratib olish; 
    -
    darsning strukturasi, turi, metodlari va o‘qitish usullarini 
    belgilab olish; 
    -
    fanlararo bog‘lanishni aniqlash va undan darsda foydalanish 
    yo‘llarini belgilab olish; 
    -
    o‘qituvchi 
    va 
    o‘quvchilarning 
    darsdagi 
    faoliyatlarini 
    rejalashtirish; 
    -
    darsning didaktik vositalarini tanlash (rasmlar, tarqatma 
    materiallar, jadvallar, chizmalar va boshqalar); 
    -
    o‘quvchilarning darsdagi mustaqil faoliyatlari hajmini belgilab 
    olish; 
    -
    darsda olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash 
    usul va shakllarini belgilab olish;
    -
    uy vazifasining hajmini belgilab olish; 
    -
    darsni yakunlash shakllarini belgilab olish; 
    -
    belgilangan talablar asosida darsning ishlanmasini yozish. 
    Har bir dars: 
    -
    ma’lum bir maqsadning amalga oshirilishiga qaratilishi va puxta 
    rejalashtirilgan bo‘lishi; 
    -
    ma’naviy-ma’rifiy jihatdan tarbiyaviy yo‘nalishga ega bo‘lishi; 
    -
    turmush va amaliyot bilan bog‘langan bo‘lishi; 
    -
    xilma-xil metod va usullardan, vositalardan keng va unumli, 
    o‘rinli foydalangan holda olib borilishi; 
    -
    o‘quvchilarning qunt bilan ishlashlarini ta’minlaydigan bo‘lishi; 


    131 
    -
    mashg‘ulotlar butun sinf bilan yoppasiga olib borilishi va 
    o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlashni hisobga olgan holda amalga 
    oshiriladigan ishlar rejalashtirilgan bo‘lishi lozim.
    Mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatli o‘tishi ta’lim jarayonini to‘g‘ri 
    rejalashtirishni tashkil etish va uni amalga oshirishga bog‘liqdir. 

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish