• Aralash darslar.
  • Yangi materiallarni bayon etish darslari




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    Yangi materiallarni bayon etish darslari.
    Bu darslar, odatda, mavzuni 
    bayon etish va darsdan ko‘zlangan maqsadni ochib berishni, yangi materialni 
    navbati bilan bayon etish yoki o‘quvchilarning o‘quv adabiyoti, texnika adabiyoti 
    (jurnallar, byulletenlar, albomlar, chizmalar, sxemalar, texnologik jarayon kartalari 
    va shu kabilar) yoki qisqa ma’lumot beruvchi (spravochnik) adabiyot bilan 
    mustaqil ishlashni tashkil etishni, o‘quvchilarning savollariga javob qaytarishni, 
    o‘quvchilarning yangi materialni o‘zlashtirish sifatini tekshirish, qo‘shimcha 
    tushuntirishlarni, uyga vazifalar berishni o‘z ichiga oladi. Bunday darslar odatda, 


    122 
    o‘rganiladigan material tavsifiy har akterda va o‘zlashtirish uchun yengil bo‘lgan 
    hollarda o‘tkaziladi. 
    Aralash darslar.
    Bu darslarda har xil didaktik masalalar kompleksi hal 
    qilinadi. Ular barcha yoki ko‘pchilik struktura elementlarini har xil kombinatsiyada 
    o‘z ichiga oladi. Aralash darslar umumtexnika va maxsus fanlarni o‘rganishda 
    darslarning eng ko‘p tarqalgan tipidir. So‘nggi vaqtlarda strukturasining eskirgan 
    va bir xilligi, darsda o‘quvchilarning mustaqillik hamda faollik darajasining 
    pastligi, bilim berishning ularni puxtalashdan uzilib qolganligi, o‘tkazish 
    metodlarining bir xiligi tufayli aralash dars tanqidga uchramoqda. Bu tanqid o‘quv 
    jarayonining tashkil etilishi va metodikasigagina taalluqli bo‘lib, darsning tipiga 
    mutlaqo aloqador emas. Ko‘pgina kamchiliklarning sababi aralash dars 
    o‘tkazilishida emas, balki dars strukturasi siyqasi chiqib ketganligida, dars 
    elementlari qat’iy tartibda kelishida, aksari o‘qituvchilar bu darsning o‘ziga xos 
    pedagogik imkoniyatlaridan foydalana bilmaganligidadir. 
    Aralash darsning afzalligi shundaki, u o‘quv jarayoninng bir-biriga eng yaqin 
    bo‘g‘inlarini o‘z ichiga oladi, bu esa o‘quvchilarning bilimlarini puxta va ongli 
    ravishda o‘zlashtirishini ta’minlash uchun juda muhimdir. Bu tipdagi darslarning 
    aralash har akteri mashg‘ulotlar strukturasini keng chegarada o‘zgartirishga imkon 
    beradi. Masalan, bir darsda o‘quvchilarga yangi bilimlar beriladi, bu bilimlar 
    puxtalanadi, ilgari utilgan material takrorlanadi, o‘quvchilarning bilimlari 
    tekshiriladi va hokazo, ikkinchi darsda bu elementlardan ba’zilari bo‘lmaydi yoki 
    bir-biriga qo‘shilib ketadi (yangi materialni o‘rganish vaqtida u puxtalanishi, 
    bilimlarni tekshirish esa tushirib qoldirilishi mumkin), har xil darslarda bir xil 
    elementlarning ketma-ketligi o‘zgarishi ham mumkin (uy topshiriqlarining qanday 
    bajarilganligi yangi materiallarni bayon etishdan oldin ham, keyin ham tekshirilishi 
    mumkin, o‘quvchilarning mustaqil ishlarini dars boshida o‘tkazgan ma’qul). SHu 
    bilan birga, shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, struktura elementlarini har xil 
    kombinatsiyalash yolg‘iz maqsadga emas, balki pedagogik maqsadga 
    muvofiqlikka asoslanishi lozim. Ikkinchi tomondan, darsning strukturasini 
    aniqlashga ijodiy yondoshish talabi aralash dars aniq strukturaga ega emas, degan 


    123 
    ma’noni bildirmaydi. O‘quvchi har qanday darsga, shu jumladan, aralash darsga 
    tayyorlanar ekan, uning strukturasini o‘ylab oladi va uni rejada aniq aks ettiradi. 
    Har bir struktura elementi uchun dars davomida o‘quv ishining muayyan mazmuni 
    hamda tegishli usullari belgilanadi va amalga oshiriladi. Darsning strukturasizligi 
    o‘qituvchi ishida ham, o‘quvchilar ishida ham sistemasizlikka olib keladi. 

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish