O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

4.3. Ko‘rgazmalilik tamoyili
Ta’limda ko‘rgazmalilik tamoyili o‘qitishning voqelikdagi narsa va 
hodisalarni o‘quvchilarga ko‘rsatish bilan birgalikda olib borilishini talab qiladi. 
O‘qitish shu xilda olib borilganida o‘quvchilarning sezgi organlari orqali idrok 
qilishi bilan fikrlashi o‘rtasida bog‘lanish hosil bo‘ladi. 
Pedagogikada ta’limda ko‘rsatmalilik tamoyilini birinchi marta buyuk chex 
pedagogi Yan Amos Komenskiy ishlab chiqqan edi. U hissiy qabul qilish 
bilishning boshlang‘ich bosqichini bildiradi va bilishning navbatdagi muqarrar 
bosqichi – bu abstrakt fikrlashdir deb ta’kidlagan. 
5320400-Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar) ta’lim yo‘nalishi o‘quv 
rejasida Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi, Kaltsinatsiyalangan soda 
olish texnogiyasi, Mineral o‘g‘itlar texnologiyasi, Korxona jihozlari kabi maxsus 
(ixtisoslik) fanlar o‘qitilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu fanlardan mavzularni 
o‘qitishda faqat nazariy bilimlar, laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlar 
o‘tkazish bilan cheklanish kelgusida kimyogar muhandisning ishlab chiqarish 
sharotidagi faoliyatga moslashishini qiyinlashtiradi. Agar o‘qituvchi o‘qitishning 
ko‘rgazmalilik tamoyilidan unumli foydalangan holda ishlab chiqarish sharoitida 
mahsulot olish uchun olib kelingan xom-ashyoni o‘zini (aslini) ko‘rsatish, xom-
ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan texnologik jarayonlar ketma-ketligini real 
ishlab chiqarish sharoitida o‘rgatish ya’ni talabalarni sanoat korxonalariga 
ekskursiyalarga olib borish, bunday imkoniyatlar bo‘lmagan sharoitda ishlab 
chiqarishga oid suratlar, videoroliklar, kinofilmlar namoyish etish kabi usullardan 
foydalansa talabalarning bevosita ko‘rib idrok qilgan narsa va hodisalar 
to‘g‘risidagi bilimi ortadi. So‘zlash bilan birga ko‘rsatib turish talabalarni 
hodisalarning mohiyatini, uning qonuniyatlarini bilib olishga imkon tug‘diradi. 


69 
Ta’limda ko‘rsatmalilik tamoyili talabalarning darsga bo‘lgan e’tiborini, 
qiziqishini kuchaytiradi, bilim doirasini kengaytiradi, ta’limni turmush bilan 
bog‘lab olib borishga yordam beradi. 

Download 2,44 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish