• 4.1. Didaktik tamoyillar. Faollik tamoyili
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    Nazorat savollari 
    1.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim 
    tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 
    to‘g‘risida”gi farmoni qachon e’lon qilingan va uning asosiy maqsadi 
    nima? 
    2.
    Kredit-modul tizimi haqida qanday ma’lumotlarga 
    egasiz? 
    3.
    Boloniya jarayoni haqida nimalarni bilasiz? 
    4.
    USCS, SATS, ECTS, UCTS – bular nimani anglatadi? 
    5.
    ECTS (European Credit Transfer System yoki Yevropa 
    Kredit Transfer Tizimi) tizimi qanday tizim? 
    6.
    Registrator ofisi deyilganda nimani tushunasiz? 
    7.
    Akademik mobillik va kreditlarni tan olishda qanday 
    hujjatlardan foydalaniladi? 
    8.
    Masofaviy ta’lim qanday afzalliklarga ega? 


    63 
     
     


    64 
    4 - BOB. MAXSUS FANLARNI O‘QITISH TAMOYILLARI
    Tayanch so‘z va iboralar: 
    didaktika, didaktik tamoyillar, faollik, faollik 
    tamoyili, o‘qitishda nazariya bilan amaliyoti bilan bog‘liqligi tamoyili, 
    ko‘rgazmalilik tamoyili, o‘qitishning tushunarli bo‘lish tamoyili, o‘qitishning 
    tarbiyalovchi har akteri tamoyili, ilmiylik tamoyili, o‘qitishning muntazamlilik 
    va izchillik tamoyili, bilim oluvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish 
    tamoyili, bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishning puxtaligi tamoyili, 
    didaktik reduksiya tamoyili. 
    4.1. Didaktik tamoyillar. Faollik tamoyili
    Barcha fanlar qatori bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari maxsus (ixtisoslik) 
    fanlarini talabalar tomonidan o‘zlashtirilishini ta’minlash, har bir fanning mazmun 
    va mohiyatini ochib berish, ya’ni fanlarni o‘qitish jarayonida umumiy didaktika 
    (o‘qitish nazariyasi) tomonidan e’tirof etilgan asosiy tamoyillardan foydalanish, 
    o‘qitish samaradorligini oshirishi shubhasizdir. Chunki ta’limda o‘qitish 
    tamoyillaridan foydalanishning yuqori samaradorlikka egaligi soha tadqiqotchilari 
    tomonidan ko‘p martalab isbot qilingan. 
    Didaktika
    – o‘rganish va ta’limning maqsadi, mazmuni, metodlari, vazifalari, 
    ta’limni tashkil etish, erishilgan natijalar to‘g‘risidagi fandir. Didaktika fan sifatida 
    o‘z predmeti qonuniyatlarini o‘rganadi, o‘qitish jarayoni natijalari bilan 
    jarayonning bir-biriga bog‘liqligini tahlil qiladi, rejalashtirilgan maqsad va 
    vazifalarni amalga oshirishni ta’minlaydigan shakl va vositalarni aniqlaydi.
    Didaktika o‘z tarkibiga barcha o‘quv fanlarini va barcha darajadagi o‘qitish 
    faoliyatlarini, barcha ta’lim tizimini qamrab oladi. Bir butunlik, umumiylik – 
    didaktik jarayonning muhim, asosiy xususiyati sanaladi. Didaktik jarayon 
    faqatgina o‘qitish, o‘rgatish ma’nosida emas, balki rivojlanuvchi va zarur bo‘lgan 
    vazifani ham amalga oshirishni ta’minlaydi. Didaktik jarayonni tarbiyasiz va 
    rivojlanishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu uzviylik ta’lim jarayonida maqsad, 
    vazifa, shakl va metodlar o‘rtasida o‘zaro aloqani vujudga keltiradi.


    65 
    Umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga 
    qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonlarining yo‘nalishi talabalar tomonidan ilmiy 
    bilimlarning o‘zlashtirilishi, bilim va malaka hosil qilishning asosiy qonun va 
    qoidalarining yig‘indisini ta’lim tamoyillari deb aytiladi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish