59
8-bob. Talabalarni o‘qishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga
o‘tkazish mexanizmlari
41. Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni
sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga
kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan
hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek,
ushbu nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor
hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalar ta’til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida
tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy
to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng
o‘zlashtirilmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.
42. Ta’lim oluvchini kursdan kursga o‘tkazish uning GPA qiymatini hisobga
olgan holda amalga oshiriladi. OTM talabalarni kursdan kursga o‘tkazishda GPA
ko‘rsatkichini mustaqil belgilash huquqiga ega. Bunda GPA ko‘rsatkichi 2,4 - 3,0
oralig‘ida bo‘lishi talab etiladi. GPA o‘tish ballini to‘play olmagan talaba qayta
o‘qish uchun tegishli kursda qoldiriladi. Semestr va o‘quv yili yakuni natijalari
bo‘yicha akademik qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar o‘qishdan chetlashtirilmaydi.
Kursdan kursga qolgan talabalar faqat qarzdor bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirib ularga
mos ravishda shartnoma mablag‘larini to‘laydi. SHartnoma asosida bir kursda
qayta o‘qish soni chegaralanmaydi. Jami ta’lim olish muddati bakalavriat uchun 1
kursga o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng 8 yilgacha, magistratura uchun 1 kursga
o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng 4 yilgacha deb belgilanadi.
43. Ta’lim oluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida o‘qishni
qayta tiklash va ko‘chirish huquqiga ega. Ta’lim oluvchi tomonidan
chetlashtirilgunga qadar o‘zlashtirgan kreditlar miqdori oliy ta’lim muassasasi
tomonidan to‘liq hajmda hisobga olinadi.