• 3-bob. Ta’lim dasturi tuzilmasi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    ta’lim dasturi katalogi
    – oliy ta’lim muassasasi tavsifi, kredit-modul 
    tizimiga kirish, mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura 
    mutaxassisliklari, xizmatlar va resurslar, o‘quv fanlari dasturlari, aniq ta’lim 
    dasturlari elementlari tavsifi to‘g‘risidagi axborot;
    ta’lim natijalari
    – talaba tomonidan o‘zlashtirilgan va baho bilan 
    tasdiqlangan malaka darajasini aks ettiradigan, ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli 
    tugallagach talaba o‘zlashtirgan ko‘nikmalar va ularni amalda bajarish 
    qobiliyatining tavsifi; 
    o‘qish yuklamasi
    – talaba tomonidan o‘quv faoliyatining barcha turlari – 
    ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar, laboratoriya ishi, kurs loyihasi (ishi), 
    amaliyot va mustaqil ishni amalga oshirish asosida kutilgan o‘quv natijalariga 
    erishish uchun zarur bo‘lgan soatlar hajmi; 
    ro‘yxatga olish xizmati
    – ta’lim jarayonini boshqarish axborot tizimlari va 
    dasturiy mahsulotlardan foydalanib professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar 
    bo‘yicha ta’lim jarayoniga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirishni, shuningdek, 
    talabalarning barcha o‘quv natijalarini ro‘yxatga olish, bilimini nazorat qilish 
    hamda ularning akademik reytingini hisoblashning barcha turlarini tashkil etishni 
    nazarda tutuvchi xizmatlar; 
    ta’lim elementlari
    – ta’lim dasturining bir qismi bo‘lib, ta’lim olish 
    natijalariga erishish va ta’lim dasturida ko‘rsatilgan bilimlarni o‘zlashtirishga 
    ko‘maklashuvchi o‘qitish turi; 
    transkript
    – ta’lim olishning tegishli davrida o‘zlashtirilgan kreditlar va 
    baholarning harf va raqamlardagi ifodasi ko‘rsatib o‘tilgan fanlar ro‘yxatini o‘z 
    ichiga olgan belgilangan shakldagi hujjat. 
    3-bob. Ta’lim dasturi tuzilmasi 
    5. O‘quv yili uchun ta’lim dasturi tuzilmasi bir yoki bir nechta modullardan 
    iborat ta’lim elementlaridan tashkil topgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasasi kengashi 
    tomonidan tasdiqlanadi. Ta’lim dasturi auditoriya mashg‘ulotlari, ilmiy loyihalar, 


    51 
    mustaqil ta’lim, ishlab chiqarish amaliyoti va boshqa ta’lim elementlaridan iborat 
    bo‘lishi mumkin. 
    6. Ta’lim dasturi tuzilmasi uning har bir ta’lim elementiga mos keladigan 
    ta’lim olish natijalari (kamida 6 ta ko‘rsatkich)ni ko‘rsatgan holda bir akademik 
    o‘quv yiliga 60 kredit mos kelishini hisobga olib ishlab chiqiladi. Ta’lim dasturida 
    kreditlarning miqdori o‘quv yuklamasi asosida ko‘rsatiladi. 
    7. Talabalarning ta’lim dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi hamda talab 
    qilingan malakaga ega bo‘lishi uchun talablar aniq belgilanadi. O‘zlashtirish 
    qoidalari tanlangan ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qitishning turli bosqichlari uchun 
    belgilangan kreditlar miqdorida yoki kreditlar oralig‘ida ifodalanishi mumkin. 
    8. Ta’lim dasturining talabalar tomonidan muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam 
    berish uchun oliy ta’lim muassasasining tegishli bo‘linmalari va xodimlari, shu 
    jumladan, ta’limning kredit tizimini boshqarishga mas’ul boshqarma yoki bo‘limi, 
    guruh murabbiyi tomonidan maslahat va tushuntirishlar berib boriladi. Maslahat 
    doirasida talabalarga ta’lim olish natijasida erishgan yutuqlar va tajribani tan olish 
    imkoniyatlari tushuntiriladi. 
    9. Oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturi katalogi va o‘qitish sharoitlari 
    to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar hamda dolzarb axborotni oliy ta’lim muassasasi 
    veb-sahifasiga qulay yuklanadigan formatda o‘quv yili boshlanishidan kamida bir 
    oy oldin joylashtirishi va e’lon qilib borishi shart. 
    10. Ta’lim dasturi va uning elementlarini amalga oshirishga mas’ul 
    o‘qituvchilar ta’lim dasturida ko‘rsatilgan o‘qitish natijalari bilan dars berish va 
    baholash jarayoni o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashlari lozim. O‘qitish natijalari, 
    dars berish va baholash jarayoni o‘rtasidagi ushbu konstruktiv bog‘liqlik ta’lim 
    dasturlariga qo‘yiladigan muhim talab hisoblanadi. 
    Ta’lim elementlarining amalga oshirilishiga mas’ul professor-o‘qituvchilar 
    ta’lim dasturida ko‘rsatilgan natijalar bilan ta’lim berish hamda baholash 
    jarayonlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashi lozim. 


    52 

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish