• Faollilik tamoyili
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    Ta’lim tamoyillari
    – o‘qituvchining faoliyatini va o‘quvchining bilish 
    faoliyati xususiyatini belgilovchi asosiy boshlanmalardir. Ular nazariya va 
    amaliyotda asosiy rol o‘ynaydi. Ilmiy pedagogik tavsiya va maslahatlar umumiy 
    nazariy asosga ega. Ta’lim tamoyillari o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining muhim 
    ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli formada, turli mazmunda va har xil 
    yo‘sinda tashkil etiladigan ta’limning samaradorligini belgilaydi. Shuning uchun 
    ta’lim tamoyillari ta’lim berishning ma’lum ob’yektiv qonuniyatlarini aks ettiradi. 
    Hozirda ta’lim tizimida o‘qitishning faollik, o‘qitishda nazariya bilan 
    amaliyotning bog‘liqligi, ko‘rgazmalilik, o‘qitishning tarbiyalovchi har akteri, 
    ilmiylik, o‘qitishda tizimli va izchillik, o‘qitishning tushunarli bo‘lishi, 
    namunalardan foydalanish, talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish, 
    bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishning mustahkamligi, didaktik 
    reduksiya, o‘qitishda talaballarning ongliligi va faolligi kabi tamoyillar majmuasi 
    mavjud bulib, ushbu tamoyillardan maxsus fanlarni o‘qitishda foydalanish muhim 
    hisoblanadi.
    Yan Amons Komenskiy tomonidan 1632 yilda yaratilgan «Buyuk didaktika» 
    nomli pedagogik asarda ta’limda ko‘rsatmalilik, onglilik, tizimlilik izchillik kabi 
    tamoyillardan (prinsiplardan) dars jarayonida o‘qituvchi foydalanishi lozimligini 
    ta’kidlagan. 
    Faollilik tamoyili
    . Jamiyat bilan doimiy munosabatlarini ushlab turuvchi, 
    o‘z-o‘zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo‘lgan eng 
    muhim va umumiy xususiyat – bu uning faolligi hisoblanadi. Faollik – lotincha 
    “astus” – harakat, “activus”– faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha bo‘lib, 
    shaxsning xayotdagi barcha hatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi 
    tushuncha.


    66 
    Shu nuqtai nazardan qaralganda, o‘quv jarayonida talabaning mustaqil 
    tarzdagi harakati, qo‘yilgan vazifani o‘zlashtirishdagi faolligi, qiziqishi uni 
    bilimlarni eegallash samaradorligini oshiradi. Ayniqsa, o‘quv jarayonini kredit-
    modul tizimida tashkil etishda talaba tegishli darajani olish uchun belgilangan 
    miqdordagi kredit-soatlarni to‘plashi zarur bo‘ladi. Masalan, AQSH da qabul 
    qilingan USCS (US Credit System) tizimida kredit-soat – bu o‘qish vaqtiga 
    asoslangan o‘lchov hisoblanib, bakalavriat bosqichida 1 kredit-soat talabaning 
    semestr davomida har haftadagi 1 akademik soat auditoriya ishiga teng. Bundan 
    tashqari har bir auditoriya mashg‘ulotiga 2 soat (100 minut) mustaqil ish qo‘shib 
    beriladi. Magistraturada, va ayniqsa, doktoranturada bu mehnat hajmida mustaqil 
    ishning hissasi ko‘payib borishi nazarda tutiladi. Demak, o‘quv jarayoni shunday 
    tashkil qilinishi kerakki, bunda talaba ko‘proq mustaqil harakatlar qilishi kerak 
    bo‘lsin. Talabalar har bir darsga faol qatnashishi kerak, chunki talaba qandaydir ish 
    bajarishni ongliroq ravishda o‘zlashtiradi va bu bilim xotirasida chuqurroq 
    o‘rnashib qoladi. Ba’zi bir qobiliyatlarga esa, masalan mustaqillik va individual 
    ravishda o‘rganish kabi qobiliyatlarga faqat shu tarzda erishish mumkin xolos. 
    Buning uchun, o‘qituvchi juda yaxshi uslubiy qobiliyatlarga va ko‘nikmalarga ega 
    bo‘lishi kerak. Mashg‘ulot o‘tkazishda o‘qituvchi talabalarning faolligini 
    oshirishga qaratilgan usullardan foydalanib dars rejasini tuzish va mavzuning 
    murakkabligiga qarab yangi pedagogik texnologiyalar metodlaridan foydalangan 
    holda tashkil etishi maqsadga muvofiqdir. 

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish