• Topshiriq: Sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlarini “Zinama-zina” metodi asosida yoriting va taqdimot tayyorlang. Adabiyotlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/87
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #243415
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87
    Bog'liq
    Математик тасаввурларни шакллантириш

    Nazorat savollari: 
    1.Sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlarini sanab bering. 
    2.Sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari bir-biridan qanday farq qiladi? 
    3. «Tengdan», «baravardan», «ko‘p», «kam» tushunchalarini o‘zlashtirish, 
    shuningdek, sanoq ko‘nikmalarini puxta shakllantirpsh qanday amalga oshiriladi?
    Topshiriq: 
    Sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlarini “Zinama-zina” 
    metodi asosida yoriting va taqdimot tayyorlang.
     
    Adabiyotlar: 
    1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: 
    Ilm ziyo, 2006.
    2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия 
    ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: 
    Ўқитувчи, 1995 й. 
    3. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
    shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. 
    4. Михайлова А., Носова Э. Д., Столяр А. А., Полякова М. Н., 
    Вербенец А. М.Теории и технологии математического развития детей 
    дошкольного возраста. – Издателство «Детсво-пресс». Санкт-петербург, 
    2008. 
     
    O‘LCHASH HAQIDA TUSHUNCHA 
     
    Tayanch so‘z va iboralar:
    o‘lcham, matematik tasavvurlar, o‘lchov 
    birliklari, kattalik, miqdor, taqqoslash, nisbiylik. 
    O‘lchamning asosiy xususiyatlari. 
    Matematik tasavvurlarni tarkib 
    toptirishda bolalarni predmetlarning kattaliklari bilan tanishtiruvchi masalalar 
    ma’lum o‘rin egallaydi. Har qanday predmetga to‘g‘ri va to‘la xarakteristika 
    berishda predmet kattaligining ahamiyati uning boshqa asosiy xususiyatlarining 


    81 
    ahamiyatidan kam emas. Taqqoslash asosidagina predmetning kattaligini ta’riflash 
    mumkin. “Kattalik” tushunchasining ma’nosini ochib berar ekan, matematika 
    metodisti D.Galanini bunday ko‘rsatadi: “Kattalik” deb predmetlar va 
    harakatlarning shunday xususiyatiga aytiladiki, bu xususiyat bo‘yicha predmetlarni 
    bir-biri bilan taqqoslay olamiz, bu xususiyat har xil predmetlarda har xil miqdorda 
    bo‘lishi mumkin”. Predmetlarni taqqoslashning ma’lum mezonlariga ko‘ra 
    predmetlarning kattaliklari tengligi yoki tengsizligi munosabati o‘rnatiladi. Ammo 
    har doim ham bevosita taqqoslashga duchor qilinavermaydi. Biz ko‘pincha 
    berilgan predmetni tanish predmetlarning kattaliklari haqidagi o‘zimizda hosil 
    bo‘lgan umumiy tasavvurlarda (fikrda) taqqoslaymiz. Bu o‘rinda idrok 
    qilinayotgan predmetning kattaligi umumlashtirilgan obraz bilan taqqoslanadi, bu 
    borada predmetlarni amalda farqlash tajribasi tugallangandek bo‘ladi. Kattalik, 
    shuningdek, o‘zgaruvchanligi bilan ham xarakterlanadi. V.V.Davidov bunday 
    yozadi: «O‘lchamlar — bu obyektning shunday holatiki, ma’lum chegaralargacha 
    o‘zgara borib, aqalli berilgan alohida obyektni o‘zgartirsa ham, ammo uning tur, 
    boshlang‘ich sifatini o‘zgartirmaydi. Berilgan stol uzunliginig o‘zgarishi uning 
    kattaliginigina o‘zgartiradi, ammo uning mazmuni va sifatini o‘zgartirmaydi, stol 
    stolligicha qolaveradi”.
    Kattalikning uchinchi xossasi uning nisbiyligidir. Haqiqatan ham, bir 
    predmetning o‘zi kattaligi bo‘yicha qanday predmet bilan taqqoslanayotganiga 
    qarab katta yoki kichik deb aniqlanishi mumkin. Shuni ham ta’kidlab o‘tish 
    kerakki, kattalik predmetning shunday xossasiki, uni predmetdan ajratib, alohida 
    tasavvur qilib bo‘lmaydi, kattalikni predmetdan ajratib bo‘lmaydi. Predmetning 
    kattaligini idrok qilib, biz predmet borasida butun tasavvur (oriyentir) olamiz (va 
    shundagina uni “katta, kichik” so‘zlari bilan aniqlaymiz) yoki alohida 
    uzunliklarning (o‘z kengligi, balanddigi) nisbati haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. 
    Bunday subyekt uchun har bir konkret holda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan uchun 
    ko‘p holda kattalikni aniqlash uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Bu holda 
    kattalikning «baland», «uzun», «yo‘g‘on» va h.k. kabi aniq ta’riflaridan 
    foydalanadilar («bolaga past stul kerak», “mashinalar keng yo‘ldan bormoqda”, 


    82 
    «Baland archa sotib olishdi» va h.k.) . Bir qator predmetlar borki, ular uchun 
    «katta-kichik” atamalarini ishlatib bo‘lmaydi. Masalan: lenta uzun, qisqa, keng 
    yoki ingichka (tor bo‘lishi mumkin: sakragich esa uzun yoki qisqa bo‘lishi 
    mumkin va h.k. Shu 6ilan birga kuzatishlar va maxsus tekshirishlar 
    ko‘rsatmoqdaki, maktabgacha yoshdagi bolalar predmetlarning kattaliklarini 
    aniqlashda «katta-kichik», «ortiq-kam» so‘zlaridan foydalanishni afzal ko‘radilar. 
    Buning sababi, birinchidan, bolalarni predmetlarni alohida uzunliklarini (uzunligi, 
    kengligi, balandligi, differensiallashtira olmasliklari, ular orasida o‘lchamlik 
    munosabatlarini o‘rnata olmasliklari va ularning har birini., so‘zlar bilan aniqlay 
    olmasliklari, ikkinchidan, o‘zlari ko‘pincha kattalikning aniq ta’rifi o‘rniga juda 
    umumiy bo‘lgan katta-kichiklik terminlarini ishlatadilar.
    Katta-kichiklik narsalarning fazoviy belgilaridan eng umumiysi, ularning 
    bir-biridan farqlanuvchi belgisidir. Har bir hajmli narsa haqida gapirganimizda, biz 
    katta yoki kichik narsa to‘g‘risida so‘zlaymiz. Bundan tashqari, narsaning uchta 
    o‘lchami – bo‘yi, uzunligi, eni (qalinligi, balandligi) bo‘ladi. Ana shu o‘lchamlarni 
    bilgan holdagina narsani uzun yoki qisqa, keng yoki tor, baland yoki past deyish 
    mumkin. Lekin shuni ham aytib o‘tish kerakki, buyumlarning hajmi (balandligi, 
    rangi, pastligi, eni) o‘zgargani bilan stol yoki stulniig nomi o‘zgarmaydi. Stol 
    stolligicha, stul stulligicha qoladi. Agar biz sonlarni oladigan bo‘lsak 6 soni 5 
    sonidan katta, faqat 5 dan emas balki 4,3,2,1 dan ham katta. 3 soni esa faqat 4 
    sonidan kichik emas balki, undan yuqori sonlarning hammasidan kichik. Bolalrni 
    narsalarning kata-kichikligi bilan tanishtirish ularni maktabga tayyorlashda juda 
    zarur bo‘lib, bolalarning aqliy, matematik jihatdan o‘sishida, xususan, matematik 
    qobiliyatlarning o‘sishida muhim ahamiyatga ega.

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna

    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish