• Qochib ketgan sonlar» o‘yini.
  • “Teskari sanoq”
  • Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o‘yinlar




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/87
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #243415
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87
    Bog'liq
    Математик тасаввурларни шакллантириш

    Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o‘yinlar. 
    Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o‘yinlardan
     
    foydalanamiz.
     
    «Chalkashtirish» o‘yini sonlarning natural qatorining tartibiga amal qilishga, 
    to‘g‘ri sanash mashqlari, kuzatuvchanlik, xotira, diqqatni rivojlantirishga imkon 
    beradi. O‘yinda doskaga tartib bilan qo‘yilgan 1 dan 15 gacha bo‘lgan raqamlardan 
    foydalaniladi. 
    Bolalar ko‘zlarini berkitadilar, tarbiyachi raqamlardan bittasini olib qo‘yadi. 
    Bolalar ko‘zlarini ochib, qaysi raqam olib qo‘yilganini aytishlari kerak. Bolalar 
    o‘yin qoidasini o‘zlashtirib olganlaridan keyin trabiyachi bitta raqamni olib, qolgan 
    raqamlarni surib qo‘yishi, sanash tartibiga rioya qilmay, raqamlarning o‘rnini 
    almashtirib qo‘yishi, o‘yin boshida bo‘lmagan raqamlarni qo‘yib qo‘yishi mumkin. 
    Sonlar qatorini o‘zgartirmasdan qordan ldirish ham mumkin, lekin bunda 
    bolalardan «nima chalkashtirilgani» so‘raladi. Bolalar bu gal hamma sonlar tartib 
    bilan turganligini aytishlari kerak. 
    O‘yin tezlik tempida o‘tadi va bolalarning unda eng ko‘p qatnashishiga 
    imkon berish uchun shuncha marta qaytariladi. O‘yin davomida bolalarning 15 
    gacha to‘g‘ri sanash malakalari mustahkamlanadi. 
    Oldingi mashg‘ulotimizda yasagan soatlarimiz yordamida «Men soat necha 
    bo‘lganini bilaman» o‘yinini o‘ynaymiz. Men sizlarga topshiriq beraman, «soat 2 
    bo‘ldi» desam, sizlar soat ko‘rsatkichlarini 2 ga to‘g‘rilab qo`yasizlar. Bunda kalta 
    ko‘rsatkich 2 ni, uzun ko‘rsatkich 12 ni ko‘rsatib turishi kerak. O‘yin shu tarzda 
    davom etadi, tarbiyachi necha bo‘lganini aytadi, bolalar soat ko‘rsatkichlarini 
    to‘g‘rilaydilar.
    Qochib ketgan sonlar» o‘yini. 
    O‘yinning mazmuni: Tarbiyachi doskaga katagida tushirib qoldirilgan 
    sonlarni qo‘yish uchun tayyor jadvallarni navbat bilan qo‘yadi. Jadvallarda sonlar 
    1 dan 20 gacha bo‘ladi. 


    63 
    Bolalar sanoq tartibiga muvofiq kerakli sonni qo‘yishi kerak.
    Tarbiyachi:
    Bolajonlar, bu erda har bir son o‘zining uychasida yashaydi. 
    E`tibor bergan bo‘lsangiz ba’zi bir uychalar bo‘sh. Ulardagi sonlar qochib ketgan. 
    Bular qaysi sonlar? O‘ylab ko‘ring va qochib ketgan sonlarni o‘z uylariga 
    qaytaring. 
    Bolalar sonlarni topib to‘g‘ri tartibda qo‘yib chiqadilar.
    Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o‘yin. 
    1.
    “Teskari sanoq”
    Bolalar doira bo‘lib turadilar. Ular navbatma-navbat sonlarni teskari 
    aytishlari kerak. Birinchi o‘yinchi, masalan, 5 raqamini aytganda, ikkinchi 4, 
    uchinchi 3 va boshqa bolalar shu tariqa davom etadi. Bu o‘yinda barcha bolalar 
    ishtirok etadilar. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda bir vaqtning o‘zida oddiy yo‘l 
    bilan 5 dan 1 gacha sanashni o‘rganib oladilar. 
    2.

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o‘yinlar

    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish