• «Uloqlar bilan echki»
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/87
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #243415
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87
    Bog'liq
    Математик тасаввурларни шакллантириш

    «Qo‘ziqorin terish»
    o‘yini. Tarbiyachi oldindan guruh xonasining har xil 
    burchaklariga taglikka o‘rnatilgan archalarni qo‘yadi, archalar ostiga esa 
    qo‘ziqorinlarni qo‘yadi. Shundan keyin bolalar bilan qo‘ziqorin terishga boradi. 
    Har qaysi bolaning qo‘lida savati bor. Tarbiyachi o‘yin syujetini rivojlantiradi: 
    «Bolalar o‘rmonga borishdi. Lola qizil qalpoqchali katta qo‘ziqorin topdi. G‘ani 
    esa jigarrang qalpoqchali kichkina qo‘ziqorin topdi. Halima ham katta qo‘ziqorin 
    topdi. Shavkat esa kichkina qo‘ziroqin topdi». Shundan keyin bolalarning hammasi 
    bir erga to‘planib, har qaysi bola topgan qo‘ziqorinini stolga qo‘yadi. Tarbiyachi 
    yakunlaydi: «Har qaysingizda bittadan qo‘ziqorin bor edi, endi ko‘p qo‘ziqorin 
    bo‘ldi». 


    54 
    «Uloqlar bilan echki»
    o‘yini. Bu o‘yinning maqsadi ayrim elementlardan 
    to‘plam tuzish bo‘yicha mashq qildirish. O‘yin boshlanishiga qadar kichkintoylarni 
    «Bo‘ri bilan yetti uloq» ertagi bilan tanishtirish, echki bitta, uloqlar esa ko‘p 
    ekanini aniqlash, o‘yinchoq echki bilan uloqlarni ko‘rish kerak. Shundan keyin 
    bolalardan kimdir ko‘zini berkitadi, tarbiyachi esa uloqlarni har xil joyga yashiradi. 
    Echki ma’raydi: «Mee», bola ko‘zini ochib, uloqlarni qidira boshlaydi. Tarbiyachi 
    bunday deydi: «Uloqlar shoxdor echkidan yashirnishdi, qaydasiz uloqchalar, 
    qaydasiz, jajjivoylar?». Bola uloqni topib, bir so‘zi bilan uni stolga qo‘yishi 
    zamonoq echki yanama’raydi: «Mee». Tarbiyachi echki yana bitta uloqni 
    qidirishni so‘rayapti, deydi. O‘yin hamma uloq topilguncha davom etadi. Eng 
    oxirida echki «Rahmat, endi uloqlar ko‘p, ularning hammasi topildi», deydi. 
    «Jajjivoy»
    o‘yini oldingi o‘yinga o‘xshash o‘tkaziladi. Bitta mushuk va 
    ko‘p mushukcha, bitta tovuq va ko‘p jo‘ja, bitta o‘rdak va ko‘p o‘rdakcha bo‘lishi 
    mumkin va h. k. 
    «Bitta» va «ko‘p» tushunchalarini farq qildirish uchun sharlar, halqachalar, 
    toshchalar va boshqa narsalar bilan o‘yin o‘tkazish mumkin. Tarbiyachi stolga 
    bitta va ko‘p buyum qo‘yadi. U bitta buyumni ko‘rsatnb, «Bitta shar (tugma, 
    halqacha)» deydi. Shundan keyin buyumlar guruhlarini ko‘rsatadi va deydi: «Ko‘p 
    narsalar (tugmalar, halqalar)». Tarbiyachi bolalarga bittadan shar olishni taklif 
    qiladi va shunday deydi: «Naimada. bitta shar, Jasurda bitta shar, Vohidda bitta 
    shar. Yana bitta shar kimda, ko‘rsating. Har kim o‘z sharini stolga savatga, qutiga 
    qo‘ysin. Har kimda bittadan edi, endi nechta bo‘ldi? Ko‘p». 
    Bolalarga xaltachalar, savatchalar, qutichalar tarqatish va ularga oldin bitta 
    buyum, keyin esa ko‘p buyum solishni taklif qilish mumkin. 
    «Bitta» va ko‘p tushunchalarini mustahkamlash uchun o‘yin mashqlardan 
    foydalanish tavsiya etiladi. Tarbiyachi stolga bir varaq qog‘ozni qo‘yadi, uning 
    ustiga istalgan hayvon o‘yinchoqlardan, masalan, olmaxonlarning bir nechtasini 
    (5-6 tasini) qo‘yadi. Shundan keyin bolalarga murojaat qiladi: «Maysazorda 
    olmaxonlar ko‘p. Men bitta olmaxonni mehmonga chaqiraman. Sen ham chaqir 
    Iroda. Iroda nechta olmaxonni chaqirdi? Mendagi olmaxonlar nechta?» 


    55 
    Bolalar navbati bilan to qog‘ozda bitta ham o‘yiichoq qolmaguncha bittadan 
    o‘yinchoq oladilar. Tarbiyachi so‘raydi: «Maysazorda nechta olmaxon qoldi? 
    (Bitta ham qolmadi). Mendagi olmaxonlar qancha? (Ko‘p). Yana maysazorda 
    olmaxonlar ko‘p bo‘lishi uchun kelinglar bunday qilaylik. (O‘yinchoqlarni oldingi 
    joylariga qo‘yadi.) Said, senda nechta olmaxon qoldi? (Qolmadi.) Maysazorda 
    olmaxonlar nechta bo‘ldi? (Ko‘p)». 
    Bunday o‘yin mashqlarni boshqa hayvonlar to‘plami bilan ham o‘tkazish 
    mumkin, bular o‘rdak bilan o‘rdakchalar, ayiq bilan ayiqchalar, quyon bilan 
    quyonchalar bo‘lishn mumkin. Bu xil mashqlarning borishida bola har bir guruh 
    alohida buyumlardan iborat ekanini tushuna boshlaydi, guruhdan bitta buyumni 
    ajratishni, «ko‘p», «bitta» tushunchalarini farq qilishni o‘rganadi. Bu o‘rinda 
    mazkur tushunchalar bir-biriga qarshi qo‘yilmaydi (mana – ko‘p, mana – bitta), 
    balki bir-biriga taqqoslanadi. «Bitta» guruhning tarkibiy qismi sifatida qatnashadi. 
    Bu mashqlarni o‘tkazishda tarbiyachi bolalarga tez-tez «Qancha?» savolini berishi 
    kerak; ularni ko‘p, bitta, bitta ham yo‘q so‘zlarnii ishlatishga undashi kerak. 
    Kichkintoylar javob berayotganida buyumlarning o‘zini ham, ularning miqdorini 
    (bitta quyoncha, ko‘p quyoncha) ham aytishlarini talab qilish zarur. 
    Ta’limiy faoliyatga har xil illyustratsiya materiallarning kiritilishi ham 
    bolalarning «bitta» va «ko‘p» tushunchalarini o‘zlashtirishlariga yordam beradi. 
    Chunonchi, «Mushuk mushukchalari bilan», «It bilan itchalar» rasmlarini qarab, 
    bolalar bitta mushuk va ko‘p mushukchalar, bitta it va ko‘p kuchukchalar 
    deyishadi, bolalar bitta sabzavot va ko‘p mevalarni topadilar, bitta katta pomidor 
    va ko‘p kichik pomidorlarni topadilar. 
    Jismoniy tarbiya va musiqa, tasviriy faoliyatlarga oid mashg‘ulotlarda 
    bolalar har doim «ko‘p» va «birlik» tushunchasi bilan uchrashadilar. Masalan, 
    koptoklar va cho‘plar ko‘p, xoda esa bitta, bayroqchalar va ro‘molchalar ko‘p, zina 
    esa bitta. 
    Rasm solish vaqtida tarbiyachi bolalarning qalami nechtaligini so‘raydi (har 
    kimda bittadan, hammada esa ko‘p). 


    56 
    Musiqa mashg‘ulotida bolalar nog’oraning har bir taqillashiga yoki boshqa 
    musiqa asbobining har bir ovoziga stulga yoki stolga bittadan o‘yinchoq 
    qo‘yadilar. 
    Tarbiyachi o‘z ishida kundalik turmushdagi vositalardan ham keng 
    foydalanishi mumkin. Uning topshirig‘i bilan bola bitta, keyin yana bitta qoshiq 
    keltiradi yoki bitta katta va ko‘p kichik qoshiqlarni keltiradi. Tarbiyachi bolalarga 
    kitob o‘qib berar ekan, kitobning bittaligini, uning varaqlari esa ko‘pgina ekanini 
    ta’kidlaydi. Hovlida sayr qilib yurganda tarbiyachi, bolalar e’tiborini bitta terak va 
    ko‘p qarag‘ay o‘sayotganiga, qumli joy bittaligiga, skameykalar esa ko‘p ekaniga 
    qaratadi. 
    Kichik guruh bolalari to‘plamdan alohida elementni, ajratishga va shu 
    elementlarni bitta to‘plamga birlashtirishga, to‘plamni yagona butun deb qabul 
    qilishga shunday usulda o‘rgatiladi.
    Miqdoriy tasavvurlarni shakllantirishga oid ishning navbatdagi bosqichi 
    maktabgacha yoshdagi bolalarni buyumlar guruhlarini taqqoslashga o‘rgatish, 
    «tenglik» va «tengsizlik»
     
    tushunchalari bilan tanishtirishdan iborat. Bu bosqichda 
    bolalarga bir guruhning har bir buyumini boshqa guruh buyumlari bilan mos 
    keltirish va shu yo‘l bilan (sanamasdan) qaysi guruhda ular ko‘p, qaysi guruhda 
    ular kam yoki teng ekanini aniqlashni o‘rgatish muhimdir. Tarbiyachi bolalarga 
    buyumlarni ustiga qo‘yib va yoniga qo‘yib taqqoslash usullarini o‘rgatadi. Eng 
    sodda amaliy taqqoslash usuli – ustiga qo‘yib taqqoslashdan boshlash kerak. 
    Masalan, tarbiyachi buyumlarga (3-5 ta) ularning tasvirlarini qanday qoplash 
    kerakligini ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bu usulni egallab 
    olganlaridan keyin bolalarni buyumlarning kartochkadagi tasvirlari ostiga 
    qo‘yishga, bunda ular orasidagi intervalni qat’iy saqlagan holda (ya’ni buyumlar 
    orasidagi masofaga qat’iy amal qilgan holda) o‘rgatish kerak. 
    Tarbiyachi buyumlarni bir-birining ustiga va yoniga qo‘yish yo‘llari bilan 
    taqqoslash usulini bolalarga o‘rgatganidan keyin, to‘plamlarning tengligi 
    (tengsizligi) ni o‘rnata olishga, «tengdan» (qancha bo‘lsa, shuncha»), ko‘pkam» 
    munosabatlarini o‘rnatishni o‘rgatadi. Shu maqsadlarda buyumlarning ikki 


    57 
    guruhini taqqoslashga doir har xil mashqlardan foydalaniladi. Masalan, bolalar 
    qo‘g‘irchoqlar va piyolalar, quyonchalar va sabzilarning miqdorlari teng yoki teng 
    emasligini, qaysi buyumlar: chelakchalar yoki kurakchalar, qizil yoki ko‘k 
    doirachalar ko‘p yoki kam ekanini aniqlaydilar. Taqqoslash uchun buyumlarning 
    miqdori teng (2 va 2,3 va 3,4 va 4,5 va 5) va teng emas (2 va 3, 3 va 4, 4 va 5 ta 
    buyumga ortiq yoki kam) doirachalar beriladi. 
    Tarbiyachi bolalarni buyumlar guruhlarini taqqoslaganda qanday obyektlar 
    ko‘p, qandaylari kam ekanini aytishga o‘rgatadi («Qizil doirachalar ko‘k 
    doirachalardan ... ta ortiq, ko‘k doirachalar qizil donrachalarga nisbatan ... ta kam, 
    ko‘k doirachalar nechta bo‘lsa, qizil doirachalar ham shuncha»). 
    Tarbiyachi bir xil buyumlarning orasidagi miqdoriy munosabatlarni doim 
    almashtirib turishi kerak. Masalan, shunday qilish kerakki, ko‘k donrachalar qizil 
    doirachalardan ham ko‘p bo‘lsin, ham kam bo‘lsin, qizil doirachalar qancha bo‘lsa, 
    shuncha bo‘lsin. Taqqoslanayotgan guruhlarning fazoviy holatlarini ham 
    o‘zgartirib turish kerak. Masalan, to‘plam polotnosining goh ustki, goh pastki 
    qatoriga ko‘proq (kamroq) miqdorda buyumlarni joylashtirish kerak, bolalar 
    kartochkada ham mos ravishda shu ishni bajarishlari kerak. Bunday mashqlarni 
    bajarish jarayonida bolalar har xil turdagi va rangdagi buyumlar (ayiqchalar, 
    mashinachalar, yashil, sariq, sharlar va h. k.) ortiq, kam, teng bo‘lishi 
    mumkinligini bilib oladilar. 
    O‘quv yili oxirida bolalarga har xil o‘lchamdagi buyumlar miqdorini 
    taqqoslashni (ustiga yoki yoniga qo‘yish bilan) o‘rgatish kerak. Chunonchi, kichik 
    va katta kubchalar guruhlarini taqqoslashda (har bir katta kubchaga bittadan kichik 
    kubchani qo‘yib) kichkintoylar bitta kichik kubcha juftsiz qolganini, demak, kichik 
    kubchalar ko‘p, katta kubchalar kam ekanini aniqlaydilar. Shunga o‘xshash 
    mashqlarda munosabatlarning, ya’ni katta ob’ektlar ko‘p, kichiklari kam; kattalari 
    kam, kichiklari ko‘p; katta va kichik obyektlar miqdori teng kabi munosabatlarning 
    har xil variantlarini o‘rgatish kerak. Bu xil mashqlar jarayonida bolalar har xil 
    analizatorlar yordamida idrok qilinadigan ikki guruh elementlarini juftlab 
    taqqoslashni o‘rganadilar. Katta va kichik buyumlarning tengligi ham, qator yoki 


    58 
    biror geometrik shakl (masalan, doira, kvadrat, uchburchak) shaklida 
    joylashtirilgan buyumlar tengligi ham shunday qaraladi. Tengliklarni tekshirish 
    uchun bolalarga bir guruh buyumlarni ikkinchi guruh buyumlari qarshisiga 
    (juftlab) joylashtirish, ularni sanab chiqish va topilgan sonlarni taqqoslashni taklif 
    qilish mumkin. 
    Shuningdek, tengsizliklarni taqqoslashga doir mashqlar o‘tkazish kerak. 
    Bunda bolalarga qandaydir buyumlar ikknnchi taqqoslanayotgan guruhdagi 
    buyumlardan kam joy egallashiga qaramay (ularning joylashuvi,kattaligiga qarab), 
    ko‘p bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish kerak. Bu xil mashqlar bolani buyumlarning 
    soni ularning o‘lchami va joylashuvlariga bog‘liq bo‘lmasligini tushunishga olib 
    keladi. 

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna

    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish