91
Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish sensor tarbiyaning bir
muammosi deb hisoblanadi. Kam tanish bo‘lgan predmetlar shaklini hech narsa
bilan o‘xshata olmaydi, shuning uchun shaklning belgisiga ko‘ra ularni
umumlashtira olmaydilar. Predmet shaklini aniqlashda geometrik figuralarning rol
katta. 2-3 yashar bolalar geometrik figuralarni oddiy o‘yinchoq deb his etadilar.
Masalan: silindr – stakan, stolba; konus – stakan, stolba; konus – minora. Shuning
uchun geometrik figuralar bilan tanishtirish katta ahamiyatga ega (doira, kvadrat,
uchburchak). Bolalar maishiy xizmat qiluvchi predmetlarni etalon (ko‘rgazma deb
hisoblangan geometrik figuralarni his eta boshlashadi. Shaklni ko‘rish va his qilish
orqali, harakat tuyg‘ulari orqali idrok etishni tashkil etish, uning xossalarini
namoyon qiluvchi xilma xil ishlardan foydalanish, figuralar nomini, ularning
xossalarini, harakat usullari nomini aytish bolalarning figuralar haqidagi
tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi. Kichkintoylar predmetlarni faqat ko‘z
bilan ko‘ribgina qolmasdan, balki qo‘liga oladi va og‘ziga solib ko‘radi.
Keyinchalik esa so‘zlashga harakat qiladi. Bolalarga uchburchak, doira va kvadrat
shakllari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi va quyidagicha topshiriq beriladi:
Rasmdagi uchburchak shakllarini birlashtirib chiqing. Bolalar uchburchak
shakllarini qalam yordamida birlashtirib chiqadilar. Tarbiyachi bilan bolalar gilam
ustida doira qurib o`tiradilar. Gilamda katta klyonka ustida plakat va geometrik
shakllar (doira, uchburchak, kvadrat) to‘plami. Tarbiyachi boshchiligida geometrik
shakllardan turli narsalarni applikatsiya usulida yopishtiradilar. Buning uchun
g`oyani bolalardan so`rash mumkin. Masalan: «Bolajonlar, mana shu geometrik
shakllardan turli narsalarni yasash mumkin, hozirgi nimalar yasashni
xohlashingizni aytasizlar. Men yozib olaman va birgalikda yasaymiz.