• “Shakl yasa”.
  • “Postlar qo‘yish”
  • Shakl haqidagi tasavvurlarni idrok qilish va shakllantirishda so‘zning




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/87
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #243415
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87
    Bog'liq
    Математик тасаввурларни шакллантириш

    Shakl haqidagi tasavvurlarni idrok qilish va shakllantirishda so‘zning 
    o‘rni. 
    Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: 
    “Ovalni top”.
    Bolalar doira shaklida turadilar.
    Kartondan qirqilgan doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak va oval 
    shakllaridan 8 tasi aralashtirib qo‘yiladi.


    92 
    4 ta bola doira ichiga chaqirilib, ko‘zlari ro‘mol bilan bog‘lanadi. Bolalar 
    ko‘zlari bog‘liq holatda shakllar ichidan oval shaklini topib olishlari kerak. Qaysi 
    bola ko‘proq oval shaklini to‘plasa, unga yulduzcha shaklidagi medalon mukofot 
    sifatida beriladi. Bolalar navbat bilan 4 tadan bo‘lib almashib o‘yinni davom 
    ettiradilar. 
    O‘yin: 
    “Shakl yasa”.
    Tarbiyachi bolalarni 4 guruhga bo‘lib 4 joyga joylashtiradi. 1-guruhga 10 ta 
    tayoqcha, 2-guruhga 8 ta tayoqcha, 3-guruhga 6 ta tayoqcha, 4-guruhga 4 ta 
    tayoqcha beradi. Har bir guruh tarbiyachining topshirig`idan so‘ng oldidagi 
    tayoqchalardan kvadrat shaklini yasaydi. Natijada to‘rt xil katta-kichik shakllar 
    paydo bo‘ladi. Bolalarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bajarganliklari tekshirib chiqiladi. 
    Guruhlar o‘rni o‘zgartirilib o‘yin yana shu shart bilan davom etadi. 
     “Postlar qo‘yish”
    o‘yini
    Maqsad: O‘yin bolalarni tinchlantiradi va uyushqoqlikni ta’minlaydi. 
    Bolalarning geometrik shakllar to‘g‘risidagi tasavvurlarini mustahkamlaydi. 
    O‘yinning borishi:
    Bolalar ketma-ket turib marsh qilib yuradi. Boshlovchi 
    oldinga boradi. Boshlovchi qarsak chalib signal berganda oxirida ketayotgan bola 
    to‘xtab qimirlamay postda turadi, qolganlari yurishda davom etadi. Mana shunday 
    qilib boshlovchi hamma bolalarni o‘zi belgilangan tartibga postga qo‘yib chiqadi, 
    natijada biror geometrik shakl hosil bo‘ladi ( katta va kichik kvadrat, uchburchak, 
    doira va hakozo), so‘ng bolalardan ular qanday shakl yasaganlari so‘raladi. Oldin 
    boshlovchi saylanadi va har bir bola boshlovchi bo‘lgunicha o‘yin davom etadi. 5-
    6 yoshli bolalar, odatda, albatta qo‘l bilan ushlab ko‘radi. Demak, shunday xulosa 
    qilamiz: bolalarni yoshligidan geometrik figuralar shaklini qo‘liga ushlab ko‘rib, 
    eshitib, ko‘zlari bilan ko‘rib, to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz kerak.

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shakl haqidagi tasavvurlarni idrok qilish va shakllantirishda so‘zning

    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish