O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat




Download 166.5 Kb.
bet2/9
Sana25.03.2017
Hajmi166.5 Kb.
#2221
1   2   3   4   5   6   7   8   9
AKKUMULYATORLAR

Kimyoviy energayani elektr energiyaga aylaytiradigan qurilmalar faqat galvanik elementlar o`rinishidagina bo`lib qolmasdan, EYUK ni ishlab chiqarish davomida kimyoviy moddalar sarf qilib ishlaydigan va ish davomida bir necha marta qayta tiklanadigan (tashqi elektr tok manbai yordamida) va o`z ish faoliyatini bir necha yuzlar marta tiklash mumkin bo`lgan qurilmalar — akkumulyatorlarning ahamiyati katga. Akkumulyatorlarning ba`zi turlariga qisqacha tavsif berib o`tamiz:

1. Qo`rg`oshin akkumulyatorlarining tok hosil qiluvchi kimyoviy reaktsiya sxemasi:

PbO2 + Pb + 2H2SO4 →SO2 + 2PbSO4 +2H2O


Zaryad yoki qisqacha PbO2[H2SO4] bo`lib, uning EYUKsi 1,95—2,15 V bo`ladi. Uning elektrodlari Pb3O4 va PbO ning H2SO4 bilan qorishma qo`rg`oshindan yasalgan to`rga surkaladi. Ular ma`lum konsentratsiyali sulfat kislotasida zaryadlangandan so`ng elektrodning biri Pb, ikkinchisi PbO2 holiga o`ta di va u ishga tayyor bo`ladi. Bu turdagi akkumulyatorlarning nisbiy energetik unumi 20 40 vatt-soat-kg-1 bo`lib, ularni 500—1000 martagacha zaryadlab tiklash mumkin.

2. Ishqoriy nikel –kadmiy (NK) va nikel-temir (NT) akkumlyatorda elektr tokni hosil qilish tenglamasi

2NiO(OH) + M + 2H2O Ni(OH)2 + M(OH)2

Bu sxemada M=Co yoki Fe. Elektrolit sifatida KOH eritmasi (oz miqdorda LiOH qo`shilganda NiO(OH) elektrodning ishlash qobiliyati yaxshilanadi) ishlatiladi. NK akkumulyatorida kuchlanish 1,30—1,34 V bo`lsa, NT akkumulyatorida esa 1,37—1,41 V ga teng bo`ladi, energiya unumi 20— 35 soat-kg 1, Bunday akkumulyatorlar 1—2 ming marta tiklanishi mumkin. NK akkumulyatorlar arzonroq bo`ladi, NT turdagilarda temir elektrod ishqoriy muhitda tez korroziyalanadi va uning ish unumi tez kamayadi.


3. Kumush-rux akkumulyatorlarning ish unumi 130 Vt.
soat-kg-1 bo`lib, kumush qimmat bo`lishi tufayli noqulay
undan qo`pincha koinot texnologiyasida foydalaniladi. Tok
hosil bo`lish reaktsiya tenglamasi:

Ag2O – Zn ZnO + 2Ag

Kuchlanish 1,60—1,85 V, tiklanish imkoniyati 100—200 martaga etadi.

4. Kumush o`rniga nikel` ishlatilganda nikel-rux akkumulyatorlaring tok hosil qilish reaksiya tenglamasi:

2NiO(OH) + Zn + H2O5 2Ni(OH)2 + ZnO
uning kuchlanishi 1,74—1,78 V., energiya unumi 60 Vt-soat-kg 1, tiklanish imkoniyati 300 martaga etadi. Bunday akkumulyatorlar elektromobillarda ishlatilishi qulay bo`lar edi, lekin tiklash imkoniyati kamligi noqulay.
5. Suvsiz sharoitda ishlaydigan oltingugurt-natriyli
akkumulyatorlar, elektrodlar sifatida natriy alyuminatidan foydalaniladi, ular 300—350°C da ishlaydi, tok hosil qilish tenglamasi

3S + 2Na Na2S3

kuchlanishi 2,08 V ularning keng tarqalishiga mustahkam elektrodlar yasash qiyinligi halaqit beradi.
Qo`rg`oshinli akkumulyatorlardan bir nechtasini birlashtirib yasalgan batareyalardan tuzilgan yuqori tok zichligiga ega bo`lgan akkumulyatorlar hozir transportlarda ishlatilishi qulay.



Download 166.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 166.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat

Download 166.5 Kb.