|
VI bosqich
O’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash.
VII bosqich
|
bet | 172/194 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #105264 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.orgVI bosqich
O’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash.
VII bosqich
Erishilgan natijani tahlil qilish va yakun yasash.
|
O’rganilgan mavzu yuzasidan savollar va didaktik jadvallar beradi.
Guruhlar faoliyatini tahlil qiladi, talabalarga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini beradi.
|
Savollar va didaktik jadvallarni bajaradi.
Mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini belgilaydi.
| |
Ishning maqsadi: Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan mineral o’g’itlar va pestitsidlar va ularning biosferaga ta’sirini o’rganish.
Kerakli materiallar va jihozlar: O’zbekiston tuproqlari atlasi, O’zbekiston yer resurslari atlasi, O’zbekiston ekologik kartasi, “O’zbekistonda atrof-muhitning holati va tabiiy resurslardan foydalanish” to’plam, mineral o’g’itlardan foydalanish jadvali, ma’ruza matni, rangli qalamlar, yozuvsiz xarita.
Nazariy material. Hozirgi kunga qadar qishloq xo’jaligi sohasida mineral o’g’itlar va pestitsidlardan keng foydalanib kelingan. Oqibatda tirik organizmlar o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarning buzilishi, atrof-muhitning ifloslanishi, zararkunanda populyatsiyalarning chidamli formalarini kelib chiqishi, aholini jiddiy kasalliklar bilan kasallanishi kabi holatlar yuzaga keladi.
O’simliklarga azotli o’g’itlarni ortiqcha berish ularning poyasini yotib qolishi, zararkunanda va kasalliklarga beriluvchanligini ortishi hamda ularni qurg’oqchil va sovuqqa chidamlilik xususiyatlarini susaytirib yuborishi mumkin. Sug’orish jarayonida mineral o’g’itlar va pestitsidlarning 20% suv bilan yuvilib ketadi. Ozuqa zanjirlariga o’tgan va to’plangan kimyoviy moddalar tirik organizmlarni zaharlashi va o’ldirishi mumkin.
Fosforli o’g’itlardan ortiqcha foydalanish tuproqda strontsiy, uran, radiy, toriylarning tabiiy radioaktiv birikmalarning to’planishiga sabab bo’ladi. O’simlikni temir va ruxni o’zlashtirish qobilyati pasayadi.
Kaliyli o’g’itlar atrof-muhitga uncha zarar etkazmasada, ammo u bilan birga tuproqqa tushgan yer osti suvlariga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Pestitsidlardan qishloq xo’jaligida foydalanish ham atrof muhitni ifloslanishiga olib keladi. Ular qishloq xo’jalik ekinlarida bo’ladigan kasalliklar, zararkunandalar va begona o’tlarga qarshi kurashda ishlatiladi. Ular shamol bilan uzoq masofalarga tarqaladi. Bu moddalar ekologik ozuqa zanjirlariga o’tib tuproq va suvdagi o’simliklarga undan hayvon va qushlarga ozuqa va suv bilan birga inson organizmiga o’tadi.
Vaqt o’tishi bilan qishloq xo’jaligi zararkunandalari ham pestitsidlarning zaharli ta’siriga moslashadi. Atrof-muhit omillariga pestitsidlarning barqarorligi ularni ancha xavfliligidan dalolat beradi.
Boshqa turdagi organizmlar yordamida xo’jalikda keraksiz organizm sonini kamaytirish usuli o’simliklarni biologik usulda ximoya qilish deyiladi.
|
| |