|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi
|
bet | 76/194 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #105264 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.orgImkoniyatlar
| | | |
To’siqlar
| | | |
9 ta
qo’riqxona
|
Ekologik madaniyatni targ’ib etuvchi ommabop nashrlarning kamligi
|
Turlar genofondi saqlanadi
|
Iqlim o’zgarishi
oqibatlari
|
10 ta
buyurtmaxona
|
Ekologik madaniyatni targ’ib etuvchi ommabop nashrlarning kamligi
|
Turlar genofondi saqlanadi
|
Iqlim o’zgarishi oqibatlari
|
2 ta milliy bog’
|
Ekologik madaniyatni targ’ib etuvchi ommabop nashrlarning kamligi
|
Turlar genofondi saqlanadi
|
Iqlim o’zgarishi oqibatlari
|
14- mavzu.
|
Tabiatni muhofaza qilishni ta’lim va tarbiyaviy xususiyatlari.
|
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 30 nafar
|
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Muammoli ma’ruza
|
Ma’ruza mashg’ulotining rejasi
|
Respublikada uzluksiz ekologik ta’lim
Ekologik ta’lim tarbiya va uning bosqichlari
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Ekologik ta’lim va tarbiya haqida, uzluksiz ekologik ta’lim haqida, ta’lim-tarbiyaning bosqichlari haqida bilim berish.
|
Pedagogik vazifalar:
- Respublikada uzluksiz ekologik ta’lim haqida ma’lumot oladi.
- Ekologik ta’lim tarbiya va uning bosqichlari haqida bilim beradi.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
- Respublikada uzluksiz ekologik ta’lim to’g’risida ma’lumot oladi.
- Ekologik ta’lim tarbiya va uning bosqichlari haqida ma’lumotga ega bo’ladi.
|
O’qitish uslubi va texnikasi
|
Blits so’rov, test savollari
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, proektor, vizual materiallar.
|
O’qitish shakli
|
Frontal, jamoa.
|
O’qitish sharoitlari
|
Namunadagi auditoriya.
|
Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
Bosqichlar, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
o’qituvchi
|
talaba
|
1-bosqich.
Kirish
(10 min)
|
1.1. Ma’ruzaning mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o’quv mashg’ulotining maqsadi va o’quv faoliyat natijalarini tushuntiradi (1-ilova)
|
eshitadilar, yozib oladilar.
|
2-bosqich.
Asosiy
(65 min)
|
2.1. Mavzuning rejalari bo’yicha ma’ruza qiladi (2-ilova).
2.2. Mavzuning rejalari yuzasidan Blits so’rov o’tkaziladi. (3-ilova)
2.3. Guruhlarga ishlash uchun test savollarini beradi. Qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi. Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb qiladi. (4-ilova)
|
2.1. eshitadi, yozib oladi.
2.2.Savollarga javob beradi.
2.3. Test savollariga javob yozadi.
|
3-bosqich
yakuniy
(5 min)
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va xulosa qiladi.
3.2. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi.
|
1.Eshitadilar.
2.Yozib oladilar.
|
1-ilova
Mavzu: Tabiatni muxofaza kilishni ta’lim va tarbiyaviy
xususiyatlari
Reja
1. Respublikada uzluksiz ekologik ta’lim
2. Ekologik ta’lim tarbiya va uning bosqichlari
O’quv mashg’ulotining maqsadi: ekologik ta’lim va tarbiya haqida
uzluksiz ekologik ta’lim haqida, ta’lim-tarbiyaning bosqichlari haqida
bilim berish.
O’quv faoliyatining natijasi: ekologik ta’lim va tarbiya haqida,
uzluksiz ekologik ta’lim haqida, ta’lim-tarbiyaning bosqichlari haqida
bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi.
2-ilova
Ekologik ta’lim-tarbiya
Ekologik ta’lim o’sib kelayotgan yosh avlodni umuman yer yuzi aholisini barqaror rivojlanishiga o’tishda eng muhim shart-sharoitlardan biri bo’lib hisoblanadi.
Ekologik ta’limning mazmunini quyidagilar tashkil etishi mumkin:
1. Dunyoni hozirgi ekologik xolat asosida unga munosabat bildirish.
2. Tabiatda barcha jonsiz va jonli tarkibini birlikda ekanligini fikrlay olish.
3. Atrof-muhitga munosabat va o’zini anglab etish. Tabiatni tarkibiy qismi ekanligini tushunish.
4. Tabiatga nisbatan qadriyatlarni hurmat qilish.
5. Tirik organizmlarni har xil darajada o’rganish va izchillik metodini qo’llash.
6. Tirik organizmlar tizimi bir butunligini va o’zaro ekologik bog’lanishlarda ekanligi (moddalar aylanishi, energiya va axborot almashinuvlari).
7. Tabiiy jarayonlar va hodisalarning antropotsentrikdan biotsentrikga, hamda politsentrik usulni qo’llash.
8. Tabiat va jamiatdagi o’zaro birlik va qarama-qarshiliklarni anglash.
9. Ekologik tanglik, madaniyatning tangligi ekanligini anglash.
10. Ekologik madaniyat insonning umumiy madaniyatining tarkibiy qismi ekanligini anglash.
11. O’z faoliyatida ekologik va ahloqiy normalarni to’g’ri keladigan usullarini anglash.
12. O’zi va boshqalar sog’lig’i uchun, atrof-muhit xolatiga nisbatan ekologik javobgarlikni tarbiyalash.
13. Insoniyatning barqaror rivojlanish kontseptsiyasini, tabiat bilan jamiyatning koevolyutsiyasi ekanligini tushunib etish.
14. Tabiat bilan jamiyatni uyg’unlashtirish, ijtimoiy zaruriy muammo ekanligini tushunish.
Ekologik tarbiyani farzand tug’ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, fikrimizni nurlantirmoq, ahloqimizni go’zallashtirmoq, zehnimizni ravshanlantirmoq demakdir. Ekologik tarbiyani kim va qanday olib boradi? – degan savol paydo bo’ladi.
Birinchi – tarbiya ota-ona zimmasidadir.
Ikkinchi – bog’cha, maktab, oliy va o’rta maxsus kasb hunar kollejlari hamda oliy o’quv yurtlari mahallalarda amalga oshadi.
Bola tarbibiyasida u yashab turgan sharoit, muhit kishilarning faoliyati katta o’rin tutadi va bu sohada oila, maktab sharoiti ham katta e’tiborga molikdir.
Ekologik tarbiya ham tarbiyaning, asosiy qismi bo’lib, bolaning ahloqiga, hulq-atvoriga kuchli ta’sir qiladi va ota-onalarni ularni murg’aklikdan boshlab tarbiya qilishga chaqiradi. Ekologik ta’lim-tarbiya va umumiy tarbiya bir-biri bilan bog’liq bir butun jarayondir.
Har qanday tarbiya asosan oila sharoitida kechadi. O’zbek oilalarida “harom-halol”, “uvol”, “gunoh-savob” kabi tushunchalar ko’proq ekologik vaziyat (masalan: nonning oyoq ostiga tushushini, suvning iflos qilinishi, jonivorlarga shavqatsiz munosabatda bo’lish, dov-daraxtlarni sindirish va boshqalar) yuzaga kelganda qo’llaniladi. Bolalar hali bu so’zlarning mohiyatini to’liq tushunmasalarda, ularga milliy ekologik hulq-atvor kurtaklari shakllanadi.
Insonni tabiat bilan uyg’unlikka da’vat hadislarda ham o’z aksini topgan.
Xalqimiz qadimdan badanning quvvati ovqat, aqlning quvvati-hikmatli so’zdir, deb uqtirib kelgan. Hadislar ana shunday hikmatli so’zlar, donishmandlik durdonalari hisoblanadi. Hadis ilmi bilan shug’ullangan mashhur allomalar Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Abu ar-Rahmon ad Daramiy as-Samarqandiylar O’rta Osiyolik bo’lib, hadis ilmining asrdan-asrga saqlanib borishiga munosib hissa qo’shgan buyuk tarixiy shaxslardir.
Hadis bandlari ekologik ta’lim va tarbiyani singdirishga katta yordam beradi. Ularda ayrim o’simlik va hayvonlarning xosiyatlari, ozuqa zanjirida tutgan o’rni, shuningdek, inson xo’jalik faoliyatida ahamiyati kabi tomonlari bayon etilgandir. Hadislarning ayrim bandlari insonni tabiat boyliklarini tejab-tergash va uni muhofaza qilishga o’rgatadi. CHunonchi, qo’y boq, zero ayni barakadur deyiladi. Bu erda foydali hayvonlarning populyatsiyasini ko’paytirish va undan turli maqsadlarda foydalanish mumkinligi e’tiborga olingan.
Shuningdek, boshqa hadislrada ham qo’y, tuya va otlarning insonlarga tegadigan nafi va ularni boqib ko’paytirish kishilar uchun faqat yaxshilik keltirishi haqida, ozuqa zanjirida II va III tartiblarni egallagan o’laksaxo’r hayvonlar go’shti harom ekanligi, ovchilar uchun ko’z oldida otilgan hayvonni eyish mumkinligi, aksincha o’lgan holdagisini eyish inson salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkinligi haqida fikr yuritiladi.
Hadislardan namunalar: (ovoz bilan).
Qo’y boq, zero ayni barakadur.
Dehqonchilik bilan shug’ullaninglar. Dehqonchilik muborak kasbdir. Unga qo’riqchilarni ko’paytiringlar.
Kishilarga soya beruvchi daraxtni kesgan kishi boshi bilan do’zaxga tashlanadi.
Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o’tqazsa, so’ng uning mevasidan qush yoki hayvon esa, uning ekkanidan eyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi.
Kim suv toshqinini to’xtatsa yoki yong’inni o’chirsa, unga shahidlik ajri beriladi.
Maktablarda, oliy o’quv yurtlarida, sanoat, ishlab chiqarish korxonalarida, shuningdek, jamoa xo’jaliklarida, Madaniyat uylarida, qiroatxonalarda tabiatsevarlar klubi, yoshlar ma’ruzaxonasi, tabiatni muhofaza qilish jamiyatlari, o’lka muzeylari, tabiat burchaklari tashkil etilib, ularda o’lkaning tabiati, boyliklarini ko’rsatadigan, hikoya etadigan tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi. Tabiat muhofazasi talqin etiladigan kechalar tashkil qilinib, ularda o’qituvchilar, olimlar bilan yoshlarning muloqatini o’tkazish ham xayrli tadbirlardan hisoblanadi.
Oliy maktablarda ekologik ta’limi tabiat muhofazasi masalalarining ilmiy asoslarini chuqur va har tomonlama o’rganishga, inson faoliyati natijasida biosferada ro’y berayotgan hodisalarning sabab va qonuniyatlarini tahlil etish maqsadlariga qaratilgan. Shu bilan bir qatorda, u talabalarni maktablarda ekologiya asoslari va tabiat muhofazasi ta’limini o’qitishga tayyorlashni ham nazarda tutadi.
|
| |