• Misol
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini




    Download 9,23 Mb.
    bet7/116
    Sana21.01.2024
    Hajmi9,23 Mb.
    #142510
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi p
    5 маъруза, 17-Ameliy jumis , Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 2 (3), Elektr o\'lchash asboblarini rostlash va ta\'mirlash (P.Ismatullayev va b.) (1), POSSIBLITIES OF USING SMART TECHNOLOGIES IN TEACHING ROBOTICS 1, SIES 1006, O\'lchash usullari va vositalari. MamajonovA.A. Sattorov M.O., Elektronika (X.Aripov, A.Abdullayev va b.), elktronika asoslari..., elektron-zanjirlar-va-mikrosxemotexnika-qurilmalarining-asoslari, ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA Ўқув қўлланма.Mahmudov, 1-mavzu elektr zanjirlari va ularni elementlari, Labaratoriya-2, Labaratoriya-4
      Bu sahifa navigatsiya:
    • Misol
    2. Elektr sig‘imi.
    Agarda qandaydir jismni elektr bilan zaryadlab, keyin unga elektr zaryadi qo‘shilsa, u holda bu jismda elektr miqdori ortib borgan sari, uning elektr potensiali ortib boradi. Har xil kattalikdagi ikki sharnii bir xil miqdordagi elektr bilan har xil potensialda zaryadlash mumkin. Bunday sharlarning potensiallari bir xil bo‘lishi uchun kichik sharga kam miqdorda, katta sharga esa ko‘p miqdorda elektr berish kerak. Bu har xil sig‘imli idishlarga suyuqlik quyishga o‘xshash,ikkita har xil idishda sathi bir xil bo‘lishi uchun ularga har xil miqdorda suyuqlik quyish kerak. Idishlarning hajmi ularning sig‘imini bildiradi. Jismlarning har xil miqdordagi elektr zaryadlarni yig‘ishi ularning elektr sig‘imi bo‘ladi. Shunday qilib, elektr sig‘im - bu jismlarning potensialini ma‘lum darajagacha oshirganda, uning elektr zaryadlari to‘plash qobiliyatidir. Agarda jismning qanday darajagacha zaryadlangan kuchlanishi va elektr zaryadi miqdori ma‘lum bo‘lsa, u holda jismning sig‘imini quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

    bu yerda: Q — jism ning elektr zaryadi, kulonda o‘lchanadi; U — kuchlanish, voltda(V) o‘lchanadi. Jismning elektr sig‘imi С farada (F ) o‘lchov birligida nomlanadi.
    Agarda jismning potensiali bir voltga oshirilsa, uning zaryadi bir kulonga oshadi, bu jismning elektr sig‘imi deb aytiladi. Jismning elektr sig‘imi farada bilan o‘lchanadi. Bir faradaga teng bo‘lgan elektr sig‘imi juda katta miqdor. Uni faraz etish uchun Yer kurrasining sig‘imi faradaning mingdan bir qismini tashkil etishini ifodalash kifoya. Shuning uchun amalda elektr sig‘imini faradaning milliondan bir qismi o‘lchov birligida o‘lchanadi. Bunday o‘lchov birligi mikrofarad yoki qisqacha mkf bilan ifodalanadi.
    Misol. Agarda jismning zaryadi 0,001 kulonga, kuchlanishi esa 100 voltga teng bo‘lsa, uning sig‘imi nimaga teng bo‘ ladi?
    Yechish. Jismning sig‘imi quyidagi formula bo‘yicha topiladi:

    3 . Kondensatorlar.
    Elektrotexnikada zarur bo‘lgan sig‘imlar bilan ta‘minlash uchun alohida tuzilmalardan foydalaniladi, ya‘ni kondensatorlardan. Ikki temir plastinka orasiga izolyatsiya jism (ya‘ni, dielektrik) o‘rnatilgan qo‘llanma— asbob kondensator deb ataladi. Plastinkalar kondensatorning qoplamasi deyiladi. Agarda plastinkalar har xil qutbli elektr toki manbaiga ulansa, u holda kondensatorda har xil belgili elektr zaryadlari hosil bo‘lib, ular bir-biriga tortiladi. Zaryadlar uzoq vaqt qoplamalarda saqlanib qoladi. Bu zaryadlar manbadan o‘chirilgan holda ham uzoq saqlanishi mumkin . Shunday qilib , kondensatorlar elektr energiyasini saqlovchi hisoblanadi. Kondensatorning yuzasi qancha katta bo‘lsa, uning sig‘imi shuncha kata bo‘ladi. Kondensator dielektrigining qalinligi kam bo‘lganda ham , uning sig‘imi katta bo‘lishi mumkin. Uning sig‘imining ko‘p yoki kam bo‘lishi qoplamalar orasidagi izolyatsiya jismga bog‘liq. Izolyatsiya jismlarning kondensator sig‘imiga ta‘siri jismlarning dielektrik singishiga bog‘liq. Elektrotexnikada havoning dielektrik singish miqdori birga teng deb qabul qilingan. Agarda qoplamalar orasiga havoning o‘rniga boshqa dielektrik joylashtirilsa, u holda dielektrik singishi kondensatorning sig‘imi bir necha marta oshganini bildiradi. Dielektrik singishni yunoncha ε (epsilon) bilan belgilash qabul qilingan. Elektrotexnikada doimo qo‘llanadigan izolyatsiya jismlarning dielektrik singishi 1-jadvalda keltirilgan.
    Izolatsiya jismlarining dielektrik singishi

    Dielektrik

    Dielektrik singishi, ε

    Havo
    Parafin
    Transformator
    Pres
    Qog‘oz
    Slyuda
    Shisha
    Marmar
    Rezina

    I
    2,1÷2,3
    2,0÷2,5
    2,5÷ 4 3÷3,5
    4÷ 7,5
    5,5 ÷10
    8,3
    3,5

    Ko‘p jismlarning dielektrik sig‘imi namlik va haroratga qarab o‘zgarishi mumkin. Kondensatorning qoplamasida yig‘ilgan elektr zaryadlar orasida elektr maydoni hosil bo‘ladi. Bu maydon miqdor bilan ifodalanib, uni elektr maydonning kuchlanganligi deb aytiladi. Agar elektr maydonida elektr bilan zaryadlangn jism joylashgan bo‘lsa, u holda maydon kuch bilan shu jismga ta‘sir etishi jismning elektr zaryadi va jismning joylashgan nuqtasidagi maydon kuchlanganligi miqdoriga proporsional. Shuning uchun elektr maydoni kuchlanganligi zaryadga ta‘sir qiladigan kuch shu zaryadning nisbatiga tengdir. Bu formuladagi elektr maydon kuchlanganligini joul, kulon va metr orqali ifodalanadi.

    Bir joulni bir kulonga bo‘linsa, bu bir volt bo‘ladi, u holda kuchlanganlik

    A garda maydonning kuchlanganligi
    E- bilan, kondensator qobiqlari (plastinkalari) oralig‘ini l (sm ) desak , u holda kuchlanganlik:
    .
    Shunday qilib, kondensator plastinkalarida kuchlanish ortib borishi bilan uning dielektrigida kuchlanganligi ortib boradi. Kondensatorlarda kuchlanganlikni ma‘lum miqdorgacha ko‘p aytirish
    mumkin . Agarda kuchlanganlik
    belgilangan miqdordan oshib ketsa, bir qobiqdagi elektr zaryad ikkinchi qobiqga izolyatsiyadan o ‘tib ketishi mumkin . Bunday holda kodensator teshiladi. Kondensatorlar har xil konstruksiyali bo‘ladi.
    3-rasm.Kondensatorning elektr maydoni

    Download 9,23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116




    Download 9,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini

    Download 9,23 Mb.