• 1.2.1-rasm
  • Raqamli obyektlar
  •  O‘z-o‘zini tekshirish savollari




    Download 4.54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/211
    Sana15.04.2022
    Hajmi4.54 Mb.
    #19780
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   211
    Bog'liq
    -Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик
    ПФ-5953 02.03.2020, английский, 944 23.11.2019, Axborot xavfsizligini ta`minlash masalalari, O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Sh. Xaydarov “ ” 2022, Tashqi sarlavha, 613-Текст статьи-2549-1-10-20210429, Axborot, 15-amaliy, Ta\'lim metodlari, amaliy-dasturlar-paketi-kursini-o-qitishda-innovatsion-texnologiyalar, 1, 633ad666ada23, cybr
     
    O‘z-o‘zini tekshirish savollari 
     
    1. Raqamli iqtisodiyotning asoslari qanday? 
    2. Raqamli iqtisodiyot atamasini kim kashf etgan? 
    3. An’anaviy iqtisodiyotni raqamli iqtisodiyotga aylantirishga 
    ta’sir qiluvchi belgilari qanday? 
    4. Konvergensiya nima? 


    19 
    5. Raqamli iqtisodiyotni ta’riflang. 
    6. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari qanday? 
    7. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish modellari qanday? 
    8. Eng rivojlangan AKTga ega mamlakatlar qaysilar? 
    9. Eng rivojlangan raqamli iqtisodiyotga ega mamlakatlar 
    qaysilar? 
    10. Raqamli iqtisodiyotning eng istiqbolli texnologiyalari 
    va ularning xususiyatlari qanday? 
     
    1.2. Raqamli iqtisodiyotning platformasi va ekotizimi 
    1.2.1. Platformalarning tushunchasi, mezonlari va xarakterli 
    xususiyatlari 
    Har bir sohaning raqamli iqtisodiyoti davrida yangi in-
    fratuzilma zarur – sanoatning raqamli shakli ( 1.2.1-rasm).
    Raqamli iqtisodiyotning eng muhim va hal qiluvchi texno-
    logiyasi raqamli platformadir.
    Raqamli iqtisodiyot platformasi – iste’molchilar va ishlab 
    chiqaruvchilarning ehtiyojlarini ta’minlaydigan funktsiyalar va 
    xizmatlar to‘plami bilan raqamli muhit (dasturiy va apparat kom-
    pleksi), shuningdek, ular o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qi-
    lish imkoniyatlarini amalga oshiradi.
    1.2.1-rasm. Sanoatning raqamli shakli
    Inson 
    Iqtisodiyot 
    Sanoat 
    Biznes 
    Sistema 
    Jarayon 
    Buyumlar 
    Raqamli profil 
    Iqtisodiy sistema 
    Raqamli platforma 
    Raqamlashtirilgan biznes 
    Raqamli model 
    Raqamlashtirilgan jarayon 
    Raqamli obyektlar 


    20 
    Dasturiy ta’minot mahsuloti sifatida platforma barcha zarur 
    texnologiyalarni to‘playdi, bu ko‘p sonli foydalanuvchilarga 
    ma’lumot olish, yuqori sifatli rejalashtirish, tahlil xizmatlari va 
    eng muhimi, bozorga (mijozlar, ishlab chiqaruvchilar, xizmat 
    ko‘rsatuvchi tashkilotlar va boshqalar) kirish huquqini beradi. 
    Platformaning qiymati to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish 
    imkoniyatini taqdim etish va ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir 
    o‘tkazish tartibini osonlashtirishdir. 
    So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
    (AKT) rivojlanishida to‘rtta holat bilan bog‘liq bo‘lgan sifatli 
    siljishlar kuzatilmoqda : 

    raqamli texnologiyalar doimiy ravishda o‘zlarining qo‘l-
    lanilish doirasini kengaytirmoqda; 

    tegishli vositalarni kiritish va ulardan foydalanish xa-
    rajatlari doimiy ravishda pasayib bormoqda; 

    iqtisodiy faoliyatni raqamlashtirish darajasi doimiy ravishda 
    o‘sib bormoqda (shu jumladan, dastlabki ikki omil ta’siri tufayli); 

    raqamli qurilmalarning (kompyuterlar, telefonlar, Inter-
    netga ulangan aqlli moslamalar va qurilmalar) mavjudligi va 
    tarqalishi doimiy ravishda o‘sib bormoqda. 
    Ushbu holatlar majmui raqamli platformalar tomonidan qo‘l-
    lab-quvvatlanadigan raqamli ekotizimlarning rivojlanishiga asos-
    langan yangi biznes modellarining iqtisodiy jihatdan maqsadga 
    muvofiq bo‘lishi uchun sifat jihatidan yangi shart-sharoitlarni 
    shakllantirishga olib keldi . 
    Raqamli iqtisodiyot ekotizimi – ularga tegishli texnologik 
    platformalar, amaliy Internet xizmatlari, analitik tizimlar, davlat 
    hokimiyati organlari axborot tizimlari, tashkilotlar va fuqarolarn-
    ing doimiy hamkorligini ta’minlaydigan tashkilotlarning ham-
    korligi (1.2.2-rasm):
    Raqamli platformalar raqamli iqtisodiyotning muhim vositasi 
    bo‘lib, ko‘plab yangi texnologiyalarni birlashtiradi va foyda-
    lanuvchilarga (ishlab chiqaruvchilar ham, iste’molchilar va 
    vositachilarga ham) eng yaxshi raqamli vositalar va erkin raqobat 


    21 
    bozoridan foydalanish imkoniyatini beradi, bu esa tegishli segment-
    dagi o‘yin qoidalarining sifat jihatidan o‘zgarishiga olib keladi. 

    Download 4.54 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   211




    Download 4.54 Mb.
    Pdf ko'rish