• Kognitiv modellashtirish
  •  Dunyoni o‘zgartiradigan kognitiv texnologiyalar




    Download 4.54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/211
    Sana15.04.2022
    Hajmi4.54 Mb.
    #19780
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   211
    Bog'liq
    -Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик
    ПФ-5953 02.03.2020, английский, 944 23.11.2019, Axborot xavfsizligini ta`minlash masalalari, O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Sh. Xaydarov “ ” 2022, Tashqi sarlavha, 613-Текст статьи-2549-1-10-20210429, Axborot, 15-amaliy, Ta\'lim metodlari, amaliy-dasturlar-paketi-kursini-o-qitishda-innovatsion-texnologiyalar, 1, 633ad666ada23, cybr
     
    1.3.2. Dunyoni o‘zgartiradigan kognitiv texnologiyalar 
    1. Neuroimaging. Neyrovizuallashtirishning belgisi P.K.Ano-
    xin nomidagi normal fiziologiya ilmiy tadqiqit institutining hotira 
    neyrobiologiya laboratoriya sichqonning “shaffof miyasi” neyro-
    fanlar uchun miya yanada shaffof bo‘lishini ko‘rsatdi. Keyingi 
    tadqiqotlar miyaning u yoki boshqa qismlari nima uchun javob 
    berishini aniqlashga imkon beradi. Olingan bilimlar ko‘plab 
    boshqa kognitiv texnologiyalar uchun asos bo‘ladi.
    2. Kognotrop preparatlar. Aqlni, xotirani yaxshilaydigan va 
    konsentratsiyani oshiradigan dorilar.


    38 
    3. Kognitiv yordamchilar. Bular dinamik ravishda o‘zgarib 
    turadigan texnik muhitda insonni adaptiv qo‘llab-quvvatlash 
    tizimlari. Masalan, mashina haydovchining e’tiboriga tushadi, 
    mashinani egasi bo‘lmasdan boshlash mumkin emas - yordamchi 
    dasturlar buni kuzatib boradi.
    4. Miya-mashina interfeysi . Bugungi kunga kelib, kamera 
    yordamida kompyuterni boshqarish tizimlari ishlab chiqilgan va 
    ular nigohning yonalishini, ko‘rish, elektroensefalografiya va
    boshqa uslublar yordamida xohishingizni taxmin qilish va aqliy 
    buyruqlarni bajarishga imkon beradi. Miya-moshina interfeysi
    yordamida kompyuter va mobil telefonlarni aqliy boshqarish 
    amalga oshiriladi. 
    5. Sun’iy sezgi organlari . Kognitiv texnologiyalar yorda-
    mida olimlar yorug‘lik va zulmatni ajratib turadigan ko‘zni 
    yaratishni o‘rgandilar, ranglar va shakllarni yaxshiroq farqlashni 
    o‘rganmoqdalar. Neyroprotezlari qobiliyatlari bo‘yicha inson 
    qo‘llari va oyoqlaridan ancha yuqori bo‘ladi, sun’iy xotira hamma 
    narsada inson xotirasidan ustun turadi va miya sun’iy miya bilan 
    raqobatlasha olmaydi.
    Kognitiv modellashtirish 
    Kognitiv modellashtirish murakkab va noaniq vaziyatlarda 
    (geosiyosiy, ichki, harbiy va hokazo), bunday vaziyatlarda sodir 
    bo‘layotgan jarayonlar to‘g‘risida miqdoriy yoki statistik ma’lu-
    mot yo‘q bo‘lganda boshqaruv qarorlarini tizimlash, tahlil qilish 
    va qabul qilish uchun mo‘ljallangan . 
    Kognitiv modellashtirish muammoli vaziyatni yaxshiroq 
    tushunishga, qarama-qarshiliklarni aniqlashga va tizimni sifat-
    li tahlil qilishga yordam beradi. Modellashtirishning maqsadi – 
    o‘zaro bog‘liq bo‘lgan elementlar va quyi tizimlardan tashkil 
    topgan murakkab tizim sifatida ko‘rib chiqilayotgan obyektning 
    ishlashi haqidagi gipotezalar shakllantirish va aniqlashtirish. 
    Kognitiv 
    yondashuvning 
    paydo 
    bo‘lishi 
    iqtisodiyot, 
    sotsiologiya, ekologiya kabi sohalarda tahlil qilish va qarorlarni 
    qabul qilishning murakkabligi bilan bog‘liq. Bunday tizimlarda 
    qaror qabul qilishda hisobga olinishi kerak bo‘lgan omillar soni 
    o‘nlab o‘lchanadi. Faktorlarning o‘zi murakkab o‘zaro ta’sirda 


    39 
    bo‘ladi. Ko‘pincha o‘lchov omillarini aniqlashning o‘ziga xos 
    metodologiyasi mavjud emas va ma’lumotlarning hajmi yetarli 
    emas yoki u sifatli xarakterga ega. Bunday tizimlarning o‘ziga xos 
    xususiyatlari tufayli ular zaif tuzilgan deb nomlanadi . 
    Keng tarqalgan kognitiv modellashtirishning ta’riflardan biri 
    quyidagi ta’rifi – boshqaruv obyektiga turli omillarnig ta’sirini 
    o‘xshashlik va farqlarini inobatga olgan holda boshqaruv obyek-
    tini maqsadli holga o‘tkazishda omillar ta’sirining kuch va 
    yo‘nalishini aniqlash imkoniga ega tahlil usuludir. 
    Kognitiv modellashtirish tizimni sifatli tahlil qilish asosida 
    muammoli vaziyatni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Ti-
    zimga xos bo‘lgan muammolar va qarama-qarshiliklarni aniqlash-
    ga imkon beradi. 
    Modellashtirishning maqsadi alohida, ammo o‘zaro bog‘liq 
    elementlar va quyi tizimlardan tashkil topgan murakkab 
    tizim sifatida ko‘rib chiqilgan o‘rganilayotgan obyektning ishlashi 
    haqidagi gipotezani shakllantirish va aniqlashtirishdir. 
    Tadqiqot obyektini kognitiv tahlil qilish quyidagilarni 
    amalga oshirishga imkon beradi: 

    tahlil qilingan muammoning umumiya holatini ko‘rish; 

    tizim (vaziyat) rivojlanish yo‘nalishini bashorat qilish; 

    vaziyatning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash; 

    harakatlar strategiyasini ishlab chiqish; 

    muammoga alternativ echimlarni taklif qilish; 

    qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish; 

    ko‘rib chiqilayotgan vaziyatning sifat va miqdoriy tavsi-
    flarini olish; 

    qarorlarning sifati va asosliligini oshirish. 
    Kognitiv tahlilning bosqichma-bosqich texnologiyasi quyi-
    dagi amallarni o‘z ichiga oladi: 
    1. Muammo to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish; 
    2. Muammoli vaziyatni tizimli o‘rganish (muammo doimiy 
    yoki o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘ladi); 
    3. Muammo kelib chiqqan mavzu bo‘yicha bilimlarning 
    tuzilishi; 


    40 
    4. O‘rganilayotgan muammoning kognitiv modelini yaratish; 
    5. Kognitiv muammoli vaziyatni tarkibiy tahlil qilish; 
    6. Muammoli vaziyatning kognitiv modelining tarkibiy 
    xususiyatlari; 
    7. Maqsadli yondashuvga asoslangan muammoli modellash-
    tirish 
    8. Model darajasida mumkin bo‘lgan natijalar, amaldagi mo-
    dellarni inkor qilish. 
    9. Modellashtirish natijalarini mavzuli talqini; 
    10. Natijalarni tahlil qilish va vaziyatning dinamikasi ha-
    qida yangi bilimlarni aniqlash. 
    Kognitiv yondashuvning mohiyati intuitsiyaga emas, balki 
    murakkab tizim haqida tartibga solingan va tasdiqlangan ma’lu-
    motlarga asoslangan samarali boshqaruv strategiyasini ishlab 
    chiqishdir. Bunday bilimlarning manbai aholini sotsiologik tadqiq 
    qilish yoki ekspert guruhlarining so‘rovlari bo‘lishi mumkin. 
    Kognitiv modellarni ishlab chiqish juda mashaqqatli jarayon, 
    shuning uchun tadqiqotchilar ishini avtomatlashtirish uchun 
    maxsus vositalar kerak. 
    Kognitiv texnologiyalar vositasi xilma-xil bo‘lib, ular turli 
    muammolarni yechishga mo‘ljallangan: 

    biznes jarayonini boshqarish; 

    boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlash; 

    analitik dasturiy ta’minot va xizmatlar; 

    kognitiv hisoblashga asoslangan xizmatlari; 

    bitimlar va blockcheyn. 

    Download 4.54 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   211




    Download 4.54 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Dunyoni o‘zgartiradigan kognitiv texnologiyalar

    Download 4.54 Mb.
    Pdf ko'rish