617
Qayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki,
undan foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bogʻliq boʻlgan tahlika
va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qoʻllash
oʻzaro foydali savdo va moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga
olib keladi. Ammo, qayd qilingan valyuta
kurslari tizimining hayotga
layoqatliligi oʻzaro aloqalar jarayonidagi ikki sharoitga bogʻliq:
- zaxiralarning mavjudligi;
- oʻz hajmi boʻyicha sezilarsiz kamyoblik yoki toʻlov balansi
aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar
mamlakat zaxiralarini yoʻqqa chiqarishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, valyuta kurslarining talab va taklif ta’siri
ostida shakllanish darajasi, oʻz-oʻzicha kurslar oʻrtasidagi nisbatlarga
ta’sir etuvchi real jarayonlarni aniqlab bera olmaydi.
Chet el
valyutalariga talab va taklifga, demak, valyuta kurslariga mamlakatdagi
ham ichki va ham tashqi iqtisodiy munosabatlar majmui bevosita yoki
bilvosita ta’sir koʻrsatadi.
Valyuta kurslarining oʻzgarishiga bir qator omillar ta’sir koʻrsatadi.
Ularni qisqacha qarab chiqamiz:
1. Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan
oʻzgarishi.
2. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy oʻzgarishlar.
3. Bahodagi nisbiy oʻzgarishlar.
4. Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSh inflyatsiyani
quvib oʻtish maqsadida “qimmat pul” siyosatini amalga oshira
boshlaydi.
Natijada, real foiz stavkalari (inflyatsiya sur’atini hisobga
olib oʻzgartirilgan (korrektirovka qilingan) foiz stavkalari) AQShda
boshqa mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniyaga qaraganda koʻtariladi.
Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch hosil qiladiki, AQSh
moliyaviy vositalarni qoʻyish uchun juda jozibador va qulay joyga
aylanadi. Amerika moliyaviy aktivlariga talabning bu koʻpayishi
Angliya funti taklifining kengayganligi va shu sababli dollar qiymati
oʻsganligini bildiradi.
5. Spekulyatsiya.
618
Dollar
kursi pasayishi, funt kursi esa, aksincha koʻtarilishi
toʻgʻrisidagi prognozlar natijasida dollarni ushlab turuvchilar ularni
funtga aylantirishga harakat qiladi va shu bilan funtga boʻlgan talabni
oshiradi. Bu almashish, dollar kursining pasayishini va funt kursining
oshishini keltirib chiqaradi.
Valyuta almashinuv kursini tartibga
solish bu vaziyatdan
chiqishning yagona yoʻlidir.
Valyuta bozori, depozitlar (qoʻyilmalar) va qimmatbaho qogʻozlar
bozori bilan bevosita aloqaga ega. Bunda asosan foiz me’yorlari asosiy
ahamiyatga ega. Agarda, foiz me’yorlari baholar oʻsishini qoplasa,
mijozlar esa moliya institutlariga ishonch hosil qilishsa, jamgʻarma
bozori valyuta bozoriga asosiy raqobatchi boʻlishi mumkin. Koʻpgina
mamlakatlarning statistik kuzatishlaridan shu ma’lum boʻlganki,
depozitlar va qimmatbaho qogʻozlar bozoridagi operatsiyalar oʻsishi
bilan, valyuta bozorlariga iste’molchilar tomonidan boʻladigan ta’sir
oʻz-oʻzidan kamayadi.
Sarmoyachilar qanday qilib boʻlsa ham oʻzlarining vaqtincha boʻsh
turgan resurslaridan unumli foydalanish va shuningdek, nafaqat oʻz
resurslaridan, balki xorij aktivlaridan ham foydalanish yoʻllarini
izlashadi. Chunki, jahon moliya bozorining asosiy qismini kapital
aktivlar tashkil etadi.
Agarda, depozit stavkalari oshsa,
pul oqimi valyuta kursining
oshishiga olib keladi. Xorijiy sarmoyadorlar uchun, ya’ni, ushbu
mamlakat depozitiga oʻz sarmoyalarini qoʻyishni xohlovchilar uchun
ularning valyutalari foiz stavkalaridan keladigan foydadan koʻra
qimmatliroq boʻladi.