• Ikki viloyat fermer ho‘jaliklarining paxta hosildorligi bo‘yicha guruhlash natijalari
  • Ikki viloyat fermer ho‘jaliklarining paxta hosildorligi bo‘yicha qiyosiy taqsimoti (birinchi usul)
  • Ikki viloyat fermer ho‘jaliklarining paxta hosildorligi bo‘yicha qiyosiy taqsimoti (ikkinchi usul)
  • Asosiy tushuncha va atamalar
  • Qisqacha xulosalar
  • Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N




    Download 7,16 Mb.
    bet36/275
    Sana19.09.2020
    Hajmi7,16 Mb.
    #11452
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   275
    5.6. Ikkilamchi guruhlash
    Statistik guruhlashning yuqoridagi turlari dastlabki har bir obyektga tegishli ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun birlamchi guruhlash deb yuritiladi. Lekin bunday birlamchi guruhlashlar bilan bir qatorda ularning natijalarini qayta ishlash yo‘li bilan tuziladigan ikkilamchi guruhlash ham mavjuddir. Bu usulga odatda birlamchi guruhlash natijalari maqsadga muvofiq bo‘lmasa, yoki ularni taqqoslash maqsadiga moslashtirish zarurati tug‘ilganda murojaat qilinadi. Ikkilamchi guruhlash ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi.:

    1. birlamchi guruhlar oraliqlarini ixchamlashtirib maqsadga muvofiqlashtirish;

    2. umumiy yig‘indiga nisbatan ayrim guruhlarning salmog‘ini ixtisoslashtirish.

    Bu usullarni quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Ikki viloyat fermer ho‘jaliklari paxta hosildorligiga qarab turlicha guruhlangan bo‘lib, ularni qiyosiy o‘rganish zaruriyati tug‘ilgan.

    5.5-jadval



    Ikki viloyat fermer ho‘jaliklarining paxta hosildorligi bo‘yicha guruhlash natijalari


    A - viloyat

    B - viloyat

    Hosildorlik s/ga

    jamiga nisbatan %% hisobida

    hosildorlik s/ga

    jamiga nisbatan %% hisobida

    ho‘jalik soni

    paxta maydoni

    Ho‘jalik soni

    paxta maydoni

    20 gacha

    20-22


    22-24

    24-26


    26-28

    28-30


    30-32

    32-35


    35 va yuqori

    2

    11

    15



    22

    18

    9



    11

    7

    5



    1

    6

    9



    18

    17

    11



    15

    13

    10



    25 gacha

    25-30


    30-35

    35 va yuqori



    28

    36

    28



    8

    14

    32

    38



    16

    Jami

    100

    100

    Jami

    100

    100

    O‘z-o‘zidan ravshanki, bu ma’lumotlarga asoslanib, ho‘jaliklarda paxta hosildorligini ikki viloyat bo‘yicha qiyosiy o‘rganib bo‘lmaydi, chunki guruhlar har xil oraliqlarda berilgan. Ularni taqqoslash uchun A-viloyat ho‘jaliklarini qayta guruhlab ixchamlaymiz. Buning uchun B viloyat ho‘jaliklari guruhining oralig‘ini asos qilib olamiz va natijada quyidagi taqqoslama ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.

    5.6-jadval

    Ikki viloyat fermer ho‘jaliklarining paxta hosildorligi

    bo‘yicha qiyosiy taqsimoti (birinchi usul)





    jamiga nisbatan %% hisobida




    ho‘jalik soni

    paxta maydoni




    A-viloyat

    B-viloyat

    A-viloyat

    B-viloyat

    25 gacha

    25-30


    30-35

    35 va yuqori



    391)

    382)

    18

    5


    28

    36

    28



    8

    253)

    374)

    28

    12


    14

    32

    38



    16

    Jami

    100

    100

    100

    100


    bu yerda 2-5.5. jadvaldagi guruh oralig‘i, masalan, 22-20=2.

    Bu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, B-viloyatda ho‘jaliklar A-viloyatga nisbatan paxta hosildorligi bo‘yicha ancha yuqori darajaga erishgan.

    Yuqoridagi (5.5 jadval) A-viloyat guruhlarini ularning salmog‘iga qarab qayta guruhlash mumkin. Bu holda ham B-viloyat natijalarini (ayrim ho‘jalik guruhlarning umumiy sonidagi salmog‘ini) asos qilib olamiz va natijada quyidagi ma’lumotlarga ega

    5.7-jadval

    Ikki viloyat fermer ho‘jaliklarining paxta hosildorligi bo‘yicha qiyosiy taqsimoti (ikkinchi usul)





    jamiga nisbatan %% hisobida

    ho‘jalik soni

    ekin maydoni

    A-viloyat

    B-viloyat

    A-viloyat

    B-viloyat

    25 gacha

    25-30


    30-35

    35 va yuqori



    281)

    362)

    283)

    84)



    28

    36

    28



    8

    165)

    31,26)

    37,27)

    15,68)



    14

    32

    38



    16

    jami

    100

    100

    100

    100




    1. 2+11+15=28; 2) 22+14=36; 3) 18-14+9+11+4=28; 4) 7-4+5=8;

    1. 1+6+9=15; 6) 18+(17*14)/18=18+13,2=31,2; 7) (17-13,2) +11+15+

    +4/7*13=37,2; 8) (13-7,4)+10=15,6
    A-viloyatda B-viloyatga nisbatan kam hosilli ho‘jaliklar umumiy paxta maydonida ko‘proq qismni, yuqori hosilli ho‘jaliklar esa, aksincha, kamroq qismini tashkil etadi. Demak, ular nisbatan kichikroq ho‘jaliklar ekan va shu sababli B-viloyatdagi ho‘jaliklarga nisbatan kamroq hosildorlikka erishgan.
    Asosiy tushuncha va atamalar
    Tasniflash, tasniflash obyekti, subyekti va birligi, faset, ierarxiyaviy tuzilma, tasniflagich, guruhlash, tipologik guruhlash, analitik guruhlash, tuzilmaviy guruhlash, guruh oralig‘i, sotsial-iqtisodiy tip, guruhlash belgisi va guruh oralig‘ini ixtisoslashtirish, oddiy va murakkab guruhlash, ko‘p o‘lchovli guruhlash, klaster, Yevklid masofasi, ikkilamchi guruhlash.
    Qisqacha xulosalar
    Tasniflash va guruhlash hodisa va jarayonlarni o‘rganish uchun statistik to‘plamlarni tuzish, ularni chegaralash va statistik axborotlarni yaratishning muhim qurolidir. Bu usul yordamida statistik kuzatish natijasida to‘plangan besanoq, tarqoq, tasodifiyot girdobida o‘ralib qolgan, hom boshlang‘ich materiallar asosida ixcham bir-biri bilan uzviy bog‘langan, ma’lum tartib-qoidalarga, qonuniyatga bo‘ysungan, tuzilmaviy shakllarga ega to‘plamlar barpo etiladi.

    Tasniflar hamma ilmiy va amaliy sohalarda qo‘llanadi. Kimyo, biologiya, fizika, astronomiya va boshqa tabiiy fanlarda yaratilgan tasniflar olamshumul kashfiyotlar hisoblanadi, masalan, Mendeleevning davriy elementlar sistemasi, Linneyning botanika sistemasi, Charlz Darvinning o‘simliklar sistematikasi, Ulug‘bekning astronomik jadvallari («Zij Kuragoniy») va h.k. shular jumlasidandir.

    Statistikada ham ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning tasniflar tizimi ishlab chiqilgan. Ularni EHM yordamida tuzish uchun xalqaro va milliy tasniflagichlar yaratilgan.

    Tasniflash hodisa va jarayonlarni sifat xossalariga asoslanib, o‘zaro bog‘lanishda tartiblash bo‘lsa, guruhlash tasniflarni kundalik hayotda tuzish va ijtimoiy-iqtisodiy tahlil jarayonida qo‘llashdir. Guruhlash ko‘proq miqdoriy belgilarga tayanadi. Shu bilan birga u guruhlarni tuzish va chegaralash uchun belgilarni saylab olish va hamda pirovard natijalarini talqin (tahlil qilish) qilishda o‘rganilayotgan obyektlarning sifat mohiyatini hisobga olishni talab qiladi.

    Shunday qilib, guruhlash to‘la qonli statistik usulidir.

    Tasniflashning har xil turlari va usullari bo‘lganidek, guruhlashning ham turli usullari mavjud. Tipologik, analitik va tuzilmaviy guruhlashlar, oddiy va kombinatsion, bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli, birlamchi va ikkilamchi guruhlashlar shular jumlasidandir.



    Guruhlash usulidan amaliy ishda foydalanayotganda guruhlarni tuzish va ularni ta’riflovchi birlamchi mutlaq va o‘rtacha ko‘rsatkichlarni hisoblash bilan odatda chegaralaniladi. Ammo bu holda statistika uslubi ya’ni analitik statistika to‘la qonlikda qo‘llanildi, deb bo‘lmaydi, chunki u guruhiy ko‘rsatkichlarni va ular orasidagi bog‘lanishlarni baholashni, ishonchli ekanligini aniqlashni talab qiladi. Shuning uchun guruhlash natijalarini elastiklik va barqarorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash hamda dispersion tahlil bilan to‘ldirish va takomillashtirish kerak. Natijada guruhlash statistika usuli sifatida boy mazmunga ega bo‘ladi va analitik ahamiyati kuchayadi.
    Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar


    1. Tasniflash nima va nima uchun ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda uni qo‘llash kerak?

    2. Tasniflash qanday ilmiy va amaliy ahamiyatga ega?

    3. Tasniflashning qanday turlari va usullari mavjud?

    4. Faset nima? Ierarxiyaviy tuzilma-chi?

    5. Tasniflash obyekti deganda nima tushuniladi, uning birligi deganda-chi?

    6. Tasniflash subyekti nima?

    7. Statistik guruhlash deganda nima tushuniladi, u qanday ahamiyatga ega?

    8. Guruhlash qoidalari deganda nimalar tushuniladi?

    9. O‘zbekiston aholisini jinsi-yoshi bo‘yicha taqsimladingiz, bu tasniflashmi yoki guruhlashmi?

    10. Kichik, o‘rtacha va katta korxonalarni aniqlovchi senzlar (miqdoriy belgilar bilan) belgilab qo‘yilgan, bu tasniflashmi yoki guruhlash-mi?

    11. 2006 yil ma’lumotlari asosida O‘zbekistonda faoliyat qiluvchi subyektlar kichik, o‘rtacha va katta korxonalarga taqsimlangan. Bu guruhlashmi yoki tasniflashmi?

    12. Tipologik guruhlash nima? Analitik guruhlash-chi, tuzilmaviy guruhlash-chi?

    13. Taqsimot (variatsion) qatorlar bilan tuzilmaviy guruhlash orasida farq bormi? bo‘lsa nimalardan iborat?

    14. Guruhlash belgisi nima va u qanday tartibda saylab olinadi?

    15. Guruhlar soni qanday aniqlanadi, guruhlar oralig‘i-chi?

    16. Guruhlashning ilmiy qoidalari nimalardan iborat?

    17. Oddiy va murakkab guruhlash nima, bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli-chi?

    18. Ko‘p o‘lchovli guruhlashning qanday usullarini bilasiz?

    19. Birlamchi va ikkilamchi guruhlash nima?

    20. Ikkilamchi guruhlashning qanday usullarini bilasiz?

    21. Guruhlash usulining statistik mazmuni va ahamiyatini kuchaytirish uchun uni qanday yo‘llar bilan takomillashtirish mumkin?

    22. Kursdoshlaringizning statistikadan bilim darajalarini o‘rganish uchun ularni qanday belgilar asosida guruhlash mumkin, har bir guruhni qanday ko‘rsatkichlar bilan ta’riflash mumkin?

    23. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti asoslarini barpo etish jarayonini qanday guruhlashlar yordamida o‘rganish mumkin?

    24. Oilalarda «qaynona va kelin» munosabatlarini o‘rganish uchun qanday guruhlashlardan foydalanish mumkin?

    25. Talabalar vaqt fondidan foydalanish bilan fanlarni o‘zlashtirish jarayoni orasidagi bog‘lanishlarni guruhlash usuli yordamida o‘rganib bo‘ladimi; bo‘lsa qanday guruhlashlar amalga oshirish kerak?

    26. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi rivojlanishida fermer ho‘jaliklarining rolini o‘rganish uchun qanday guruhlashlardan foydalanish mumkin?

    27. O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining taraqqiyotida tijorat banklarining rolini o‘rganish uchun qanday guruhlashlardan foydalanish mumkin?

    28. O‘zbekistonda talab va taklif qonunlari qanday namoyon bo‘layotganini tahlil qilish uchun guruhlash usulidan foydalanib bo‘ladimi, agarda bo‘lsa, qanday guruhlashlarni tuzish ma’qul deb hisoblaysiz?




    Download 7,16 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   275




    Download 7,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N

    Download 7,16 Mb.