Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil qilish va
yuritish juda ko‘p jihatdan xarajatlar hisobi qanday olib borilishiga bog‘liq
bo‘ladi.
Xarajatlar hisobining to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil qilinishi xo‘jalik
yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha to‘g‘ri hamda
samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinishiga asos bo‘ladi.
Sababi, mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq
barcha moddiy
harakatlarni xarajatlar deb hisobga olishimizdan qat’i nazar, xuddi ana shu
xarajatlar
tabiati tannarxga kiritilishi, hisobga olinishi bilan bir-biridan farq
qiladi. Masalan, faraz qilaylik, kichik xo‘jalik yurituvchi subyekt bir tsexda bir
vaqtning o‘zida stollar, stullar va kreslolar ishlab chiqaradi.
Bevosita
stolni ishlab chiqarishga sarflanayotgan to‘g‘ri
xarajatlarni
(asosiy materiallar,
yordamchi materiallar, ishchining ish haqi xarajatlari va
sh.k.) hisobga olish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi, lekin, ana shu stolning bir
donasiga to‘g‘ri
keladigan tijorat, kommunal xizmat va ma’muriy-boshqaruv
apparati xodimlari xarajatlarini hisobga olish uchun qo‘shimcha hisob-kitoblar
amalga oshirilishi talab qilinadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektda xarajatlar hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun,
eng avvalo ana shu xarajatlarni hisobga olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
bir qator tushunchalar mohiyatini to‘g‘ri anglab olish lozim bo‘ladi.