partiyasini sotish uchun jo'natadi.
233
KREDIT (lat. creditum -qarz) - pul mablag'lari yoki tovarni qarzga berish. Korxona
va tashkilotlar mablag'larining aylanma harakatining bir xilda emasligi natijasida vujudga
kreditga bo'lgan sharoit va talabini banklar qondiradi. Asosiy prinsiplari esa, o'z vaqtida
qaytarilishi, maqsadli mo'ljallanganligi, moddiy boylik bilan ta’minlanganligidir. Kredit 2
xil bo'ladi: qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlarga bo'linadi (qisqa muddatli va uzoq
muddatli kreditlarga qarang). Korxona olgan kreditlar 90, 92 schetlarda hisobga olinadi.
Bu schetlarning kreditida olingan kredit summasi, debetida esa shu summaning
qaytarilishi aks ettiriladi.
KREDITORLIK QARZLARI - ma’lum bir korxonaning boshqa bir korxona
(tashkilot, muassasa)ga va alohida jismoniy shaxslarga bo'lgan qarz summalari. Bu
korxona va shaxslar kreditorlar hisoblanadi. Kreditorlik qarzlarining vujuda kelishi sababi,
xaridor va mol yetkazib beruvchi o'rtasidagi hisob-kitoblar usuliga (xaridor tomonidan
to'lov tovarlar kelib tushgandan so'ng amalga oshirilganda) yoki korxona tomonidan to'lov
majburiyatlarini o'z vaqtida bajarilmasligidir. Korxonada bir vaqtning o'zida ham
kreditorlik, ham debetorlik qarzlari uchunga kelishi mumkin. Biroq kreditorlik qarzlari
debitorlik qarzlaridan oshib ketmasligi lozim.
QISHLOQ XO'JALIGI - xalq xo'jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo'lib, u
mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari va sanoatni xom ashyo bilan ta’minlash
vazifasini bajaruvchi agrosanoat kompleksining asosidir.
LIZING -lizing beruvchi bilan lizing oluvchi o'rtasida lizing oluvchiga xo'jalik
faoliyatini va boshqa faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish maqsadida ko'char va
ko'chmas mulkni vaqtinchalik foydalanish uchun berish to'g'risida lizing bitimi
(shartnomasi, kontrakt)ni tuzish natijasida vujudga kelgan xo'jalik qarz munosabatlari.
LISENZIYA - (lotinchadan - uchun, ruxsat) rasmiy ruxsat. Tijorat ama-liyotida uning
ikki asosiy turi uchraydi: eksport va importga lisenziya, hamda patentli lisenziya. Ma’lum
bir miqdordagi u yoki bu tovar guruhlarining eks-port yoki importiga lisenziya davlat
boshqaruvi tashkilotlari tomonidan be-rilib, tashqi savdo faoliyatini nazorat qilish
shartlaridan biri hisoblanadi.
LIFO - 1. Tovar-moddiy boyliklarini so'nggi qabul qilingan yoki tayyorlangan partiya
bahosi bo'yicha hisobga olish usuli. Lifoning qo'llanilishi foyda summasini ko'payishi yoki
kamayishi imkoniyatini beradi. 2. Jamg'armachiga foiz summalarida yutuqni ta’minlovchi,
bankdan jamg'arma qismini muddatidan oldin olishda foizni hisoblash usuli.
MATERIALLAR - shunday buyumlarki, ularga inson mehnati sarflanib, tayyor
mahsulot olinadi. Ishlab chiqarishda o'z shaklini saqlab qiymatini tayyor mahsulotga asta-
sekinlik bilan o'tkazuvchi mehnat vositalaridan farqli o'laroq, mehnat buyumlari o'z
qiymatini mahsulotga to'liq o'tkazib, ishlab chiqarishda to'la iste’mol qilinadi va har bir
ishlab chiqarish siklidan so'ng boshqa mehnat buyumlari - materiallar ishlatiladi. 1000-
«Materiallarni hisobga oluvchi» schetlar korxonaga tegishli mavjud xomashyo, yoqilg'i,
ehtiyot qismlar, idishlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va shunga o'xshash
boyliklar va ularning harakati haqidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo'ljallangan.
MEHNAT HAQI - ishchi xizmatchilar shaxsiy iste’moli uchun mo'ljallangan milliy
daromadning bir qismidir. har bir ishchi va xizmatchining mehnat haqi uning sarflagan
mehnatining hajmi va sifatiga bog'liq. Mamlakatimizda ro'y berayotgan iqtisodiy
o'zgarishlar natijasida har xil mulkchilikka asoslangan qo' shma korxonalar tashkil
etilmoqda. Albatta, bu korxonalarda ishchi xizmatchilar ishlaydi, ularning oladigan
daromadlari bajaradigan ish faoliyatlarining sifat darajasiga ko'ra turlicha bo'ladi.
MUOMALA XARAJATLARI - tovar ayirboshlanish jarayoni bilan bog'liq xarajatlar
234
bo'lib, uning turlari mavjuddir: oldi-sotdi jarayonidagi xarajatlar va muomala jarayonida
ishlab chiqarish sohasini davom ettirish bilan bog'liq xarajatlar.
NOU-XAU (inglizchadan-«bilaman qandayligini») ishlab chiqarish texnologiyasi,
ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish uchun zaruriy ilmiy-texnikaviy, tijorat, tashkiliy bo'limlar
yoki «Nou-Xau» - yangi g'oya, fikr, texnologiyalar yoki muammolarni o'ziga xos yechish.
Unga tijorat sirlari, patent qilinmagan texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish hamda
savdoga taalluqli bo'lgan ma’lumotlar kiradi.
OBODONLASHTIRISH-pudrat shartnomasiga ko'ra buyurtmachilarga ularda
foydalanishda bo'lgan yer maydonchalarining ko'rinishini yaxshilash, yer osti
o'tkazmalarini qurish, transport vositalarini to'xtab turish joylarini tashkil qilish, yer
maydonchalarini temir panjaralar bilan o'rash, yurish yo'lkalarini qurish kabi ishlar
tushuniladi. Obodonlashtirish ishlari boshqa ishlar singari loyihadagi barcha ishlar
tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar)
qiymati to'g'risida ma’lumotnoma - schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat
imzolangan va tasdiqlangandan so'ng obodonlashtirish ishlari pudratchi tashkilot uchun
bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.
SERTIFIKAT - kredit muassasini pul mablag'larining deponentlashti-rilganligi
haqidagi yozma guvohnomasi bo'lib, jamg'aruvchiga deponent muddati tugagach pul
mablag'ini va unga belgilangan foizni olish usulini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
SOTISH BAHOSI - talab va taklifdan kelib chiqqan holda sotuvchi va iste’molchi
o'rtasida kelishilgan baho.
SSUDA - mulkdan bepul foydalanish shartnomasi. Foiz to'lovi bilan kreditga
beriladigan pul mablag'i.
TAYYOR MAHSULOT - Korxonaning texnik sharoit va belgilariga javob beruvchi
to'liq ishlab chiqarish natijasidagi mahsulot. Tayyor mahsulot texnik nazoratdan o'tkazilib,
belgilangan hujjatlar to'ldirilib keyin omborga beriladi. Ba’zi hollarda ishlab chiqarishdan
to'g'ridan-to'g'ri xaridorga jo'natiladi. Xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida tayyor mahsulot
hisobi bo'yicha birlamchi hujjatlar turli nom va shakllarda bo'ladi.
TA’MIRLASH ishlari deganda pudrat shartnomasiga ko'ra buyurtmachilarga asosiy,
yordamchi va xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan ob’ektlarni texnik-ishlab chiqarish holatini
ishchi holatda ushlab turish, ularning texnik-iqtisodiy darajasini saqlash maqsadlarida
bajarilgan ishlar tushiniladi. Bu ishlar, odatda, buyurtmachilar bino va inshoatlarining
miqdoriy hajmini kengaytirmaydi. Biroq, ta’mirlash ishlari buyurtmachilarda mehnat
sharoitlarini, atrof muhit muhofazani yaxshilashga imkon beradi. Ta’mirlash ishlari
boshqa ishlar singari shartnoma nazarda tutilgan barcha ishlar tugatilgach, pudratchi
tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to'g'risida
ma’lumotnoma - schyot- faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va
tasdiqlangandan so'ng ta’mirlash ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb
hisoblanadi.
TEZKOR HISOB - xo'jalik hisobi usullaridan biri. Tezkor hisob ma’lum bir xo'jalik
jarayonini bevosita sodir bo'layotgan joyda va vaqtda ro'yxatga olish tizimidir. Tezkor
hisob ma’lum bir bo'lim, sex, xo'jalik faoliyatida rejaning bajarilishi haqida ma’lumotga
ega bo'lishi maqsadida o'tkaziladi.
TENDER - tovarni o'tkazishga buyurtma berishning yoki ma’lum bir ishni bajarishga
pudrat tuzishning maxsus shakli bo'lib, savdo tashkilotchilari kelishuvini samarali tijorat
yoki boshqa shartlarini ta’minlash maqsadida bir necha mol yetkazib beruvchi yoki
235
pudratchilarni jalb etishni ko'zda tutadi.
TO'LOV TALABNOMASI - hisob-kitob hujjati bo'lib, mol yetkazib beruvchining
(eksporter) yoki boshqa to'lov oluvchining bank orqali aniq bir summani to'lovchidan olish
haqidagi talabi aks ettiriladi. mol yetkazib beruvchi xaridorga bank orqali to'lov
talabnomasini yuboradi. Mol yetkazib beruvchiga xizmat ko'rsatuvchi bank to'lov
talabnomasini xaridor korxonaga xizmat qiluvchi bankka yuboradi vaqto'lovuchun taqdim
etiladi. To'lov hisob-kitob qoidalariga asosan amalga oshiriladi.
TO'LOV TOPSHIRIQN OMASI - to'lovchining bankka yozma topshirig'i bo'lib,
unda to'lovchining hisobidan oluvchining hisobiga ma’lum bir pul mablag'i summasini
o'tkazish yuzasidan topshirig'idir.
PUL MABLA)G'LARI - korxonaning kassasi, bankdagi hisob-kitobi, akkredetiv,
boshqa maxsus schetlardagi, moddiy javobgar shaxslardagi pul ko'rinishidagi mablag'lar.
Korxonaning ortiqcha pul mablag'lari bankdagi schetlarda saqlanishi shart.
REKONSTRUKSIYA-pudrat shartnomasiga ko'ra buyurtmachilarning xarakatdagi
asosiy, yordamchi va xizmat ko'rsatuvchi ob’ektlarini dastlabki xolatini kengaytirmasdan
qayta o'zgartirib chiqish tushuniladi.
RENTABELLIK - ishlab chiqarish samaradorligining ko'rsatkichi bo'lib, foydaning
asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag'larining o'rtacha yillik qiymatiga
nisbati sifatida aniqlanadi.
SUBPUDRATCHI TASHKILOT - bu bosh pudratchining buyurtmachiga bajarib
berishi lozim bo'lgan qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarning bir qismini bosh
pudratchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan bajarib beruvchi tashkilot.
FIFO - tovar-moddiy zaxiralarini birinchi kirim qilingani yoki birinchi tayyorlangani
uchun bahosi bo'yicha hisobga olish usuli, bankdan ba’zi turdagi hissalarining (vklad)
anchagina qismini olishda foiz hisoblash usuli, qaysiki, olinayotgan summa dastlabki
qabul
qilingan
hissa
hisoblanadi.
|