216
217
REFERAT
MAVZULARI
MAVZULARI
28.
Boshqaruv
hisobining
konseptual asoslari va asosiy tamoyillari.
29.
Boshqaruv
hisobi,
uning
ahamiyati va hisob tizimidagi o'rni.
30.
Xo'jalik
yurituvchi
sub’ektning axborot tizimida boshqaruv
hisobi.
31.
Boshqaruv
va
moliyaviy
hisobning
bog'
liqligi
va
o'
zaro
taqqoslanishi.
32.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida
boshqaruv hisobini tokomillashtirishning
zaruriyati.
33.
Boshqaruv
hisobinining
218
ob’ekti.
34.
Boshqaruv hisobining uslubi
va usullari.
35.
Boshqaruv
hisobining
prinsiplari.
36.
Boshqaruv
hisobining
bajaradigan ishlari va buxgalterning
faoliyati.
37.
Xo'jalik yurituvchi sub’ektlar
faoliyatidan kelib chiqadigan xarajatlar.
38.
Ishlab chiqarish jarayonlari
boshqaruv hisobining ob’ektidir.
39.
Tovar-moddiy
zaxiralarini
ishlab
chiqarish
va
saqlash
xarajatlarining tarkibi va turkumlanishi.
40.
Ishlab
chiqarish
xarajatlarining umumiy turkumlanishi.
41.
Xarajatlarni hisobga olishning
mohiyati va ahamiyati.
42.
Ishlab
chiqarish
hisobi
xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning
tannarxini kalkulyasiya qilishning bir-
birlik jarayonidir.
219
43.
Boshqaruv
hisobi
tizimida
xarajatlarni baxolash usuli.
44.
Ishlab
chiqarilgan
mahsulotlarni kalkulyasiya qilish va
baholash uchun xarajatlarni turkumlash.
45.
Boshqaruv hisobini tashkil
qilishning
mustaqil
(avtonom)
va
integrallashgan usuli.
46.
Boshqaruv
hisobining
tashkiliy
faoliyatida
foydalaniladigan
baholash va nazorat axborotlari.
47.
Xo'jalik
yurituvchi
sub’ektlarda xarajat va javobgarlik
markazlari
va
rentabellikni
shakllantirish.
48.
Tovar-moddiy
zahiralarini
yaratish va ularni saqlash xarajatlarini
hisobga olish.
49.
Sub’ekt
bo'limlarining
faoliyati
va
boshqaruv
nazoratining
tuzilishi.
50.
Me’yoriy sarflar, ularning
mohiyati va ahamiyati.
51.
Ishlab chiqarilgan me’yorlar
220
va ular farqining sarflarni nazorat
qilishdagi o'rni.
52.
Xom-ashyo
va
materiallar
sarfining me’yorlarini ishlab chiqish,
tovar-moddiy zahiralari va xarajatlarni
baholash.
53.
Ishlab chikarilgan mahsulot
(ish,
xizmat)
larning
tannarxini
kalkulyasiya qilishning mohiyati.
54.
Ishlab
chiqarishdagi
xarajatlarni hisobga olish va mahsulot
tannarxining
kalkulyasiyasi
tizimini
turkumlash.
55.
Ishlab
chiqarilgan
mahsulotning tannarxini pasaytirishning
asosiy konsepsiyasi.
56.
Hom-ashyo va materiallarni
boshqarish-zahira
jamg'armasini
rejalashtirish va darajasini nazorat qilish.
57.
Segmentlar
bo'yicha
hisobotning mohiyati,ahamiyati va tuzish
tartibi.
Tashqi
foydalanuvchilar
uchun
segmenttlar bo'yicha hisobotni tuzish
tartiblari.
221
222
223
224
225
226
227
GLOSSARIY
AKTIV - buxgalteriya balansining bir qismi bo'lib, ma’lum bir muddatga sub’ekt
mablag'larining tarkibi va joylaniqini pul ko'rinishida aks ettiradi. Bundan tashqari
balansning passiv qismi ham mavjud bo'lib, aktiv va passiv tomonlar bo'lim va
moddalardan iborat. Aktiv tomonining jami summasi passiv tomoni summasi bilan teng
bo'lishi lozim. Buni shunday tushuntirish mumkin, ya’ni aktiv tomonidagi mablag'larning
manbalari balansning passiv tomonida joylashgan.
ASOSIY XODIMLAR - qurilish tashkilotlarining shtat jadvalida belgilangan
lavozimlarni egallab turgan xodimlar tushuniladi. Bunday xodimlar tarkibiga injener-
loyihachilar, injener-quruvchilar, prorablar, masterlar, mexaniklar, elektriklar, slesarlar,
ganchkorlar, pardozlovchilar, taxtaga ishlov beruvchi va ulardan turli tayyor moslamalar
yasovchi ustalar, g'isht teruvchilar, ombor mudirlari, ta’minotchilar va shu kabi boshqa
xodimlar kiradi.
ASOSIY BO'LMAGAN XODIMLAR - individual mehnat shartnomasiga ko'ra
alohida ishlarni bajarish uchun vaqtinchalik ishga olingan xodimlar tushuniladi.
AKSIYADORLAR - aksiyadorlik jamiyatining a’zosi bo'lib, bunga bir yoki bir necha
aksiyalarni sotib olish orqali erishadi. Aksiyadorlarning huquq va burchlari mavjud. Uning
huquqlariga quyidagilar kiradi: umumiy yig'ilishlarda qatnashish, aksiyadorlik jamiyati
rahbariyatini saqlash va saqlanish, dividend ko'rinishida jamiyat foydasidan olish,
aksiyadorlik jamiyati tugatilsa, aksiya qiymati hajmida mulkning bir qismini olish.
Aksiyadorlar burchi - aksiya qiymati hajmida o'zining hissasini jamiyat kapitaliga qo'
shishidir.
AKSIYADORLAR JAMIYATI - ishlab chiqarish fondlari aksiyadorlarning
aksiyalarni sotib olish yo'li bilan qo'shgan ulushlari hisobiga tashkil topadigan korxonadir.
228
Aksiyalarni chiqarish va sotish orqali individual (yakka) kapitallar birlashadi. AJ foydasi
uning qatnashchilari o'rtasida olgan aksiyalarining summalariga mos ravishda
taqsimlanadi. AJ nizom asosida tashkil topadi va faoliyat yuritadi, davlat ro'yxatidan
o'tgandan boshlab esa, yuridik shaxs huqu-qiga ega bo'ladi.
ASOSIY VOSITALAR - ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga taalluqli mehnat
vositalari (binolar, imoratlar, mashinalar, dastgohlar va h.k.o)Buxgalteriya hisobida asosiy
vositalar guruhlarga ajratiladi va hisob olib boriladi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish
jarayonida ko'p davr mobaynida ishtirok etib, (bir necha ishlab chiqarish bosqichida)
o'zining dastlabki ko'rinishi va shaklini o'zgartirmaydi va qiymatini tayyorlanayotgan
mahsulotga o'tkazadi.
AUDIT - lotincha «audio» so'zidan olingan «u eshitadi» degan ma’noni bildiradi.
Audit mustaqil tashqi moliyaviy nazorat bo'lib, ushbu korxonada ishlamaydigan mustaqil
hamda diplomli auditorlar tomonidan olib boriladi.
AUKSION - ba’zi tovarlarni belgilangan muddatda va tayinlangan joyda sotish usuli
(kim oshdi savdosi). O'ziga xos xususiyati oldindan tovarlar namoyish etilishi va mas’ul
sotuvchining ishtirok etmasligi. Xalqaro savdoda ham keng tarqalgan (paxta, oltin, choy,
neft mahsulotlari kim oshdi savdosi).
BALANSDAGI SCHETLAR - buxgalteriya ko'rsatkichlari balansida aks ettiriladigan
buxgalteriya schetlaridir. Bunda balans moddasi nomi balansdagi schetlar nomi bilan mos
kelishi shart degan ma’no kelib chiqadi. Birgina balans schetining ko'rsatkichi balans
moddalarining bir nechtasida aks ettirilishi mumkin.
BALANSDAN TASHQARI SCHETLAR - shunday schetlarki, ularning qoldiqlari
buxgalteriya balansida aks ettirilmaydi. Bu schetlar boshqa kor-xonalarga tegishli va
korxonada mavjud bo'lgan tovar- moddiy boyliklarni vaqtincha hisobga olish uchun
mo'ljallangan. Balansdan tashqari schetlarda hisob oddiy, ya’ni ikki yoqlama yozuvsiz
amalga oshiriladi. Bu schetlar o'zaro, hamda balans schetlari bilan ham
korrespondensiyaga kirishmaydi.
BAHO - tovar qiymatining pul ko'rinishida ifodalanishi. Tovarning bahosini belgilash
uchun asos ushbu tovarning ishlab chiqarish tannarxi hisoblanadi. Tovarning bahosi
qiymatdan farq qilishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho tovar uchun talab va
taklifdan kelib chiqib belgilanadi.
BIRLAMCHI HUJJATLAR - buxgalteriya hujjatlari bo'lib, xo'jalik jarayoni sodir
bo'lgan vaqtda tuziladi va ularning sodir etilganligi haqida birlamchi guvohnoma
hisoblanadi. To'ldirilgan birlamchi hujjatlar xo'jalik jarayonlarining hisobda aks
ettirishning boshlanishidir. Birlamchi hujjatlarga kassaning kirim va chiqim orderlari, yuk
xatlari, qabul qilish va topshirish dalolatnomalari, naryadlar, pattalar va boshqalar misol
bo'ladi.
BLANKA (fr. Blanc-varaqalar) - zaruriy belgilari mavjud bo'lgan bosma
ko'rinishidagi hujjat shakli. Blankalardan buxgalteriya hujjatlarini to'ldirishda
foydalaniladi. Bunda bosma ko'rinishidagi namunada yoki qo'l yozuvida hujjatlar
to'ldiriladi.
Blankalardan
foydalanish
hujjatlarni
to'ldirishni
osonlashtiradi va tezlashtiradi, ularni yagona ko'rinishiga olib keladi. Ma’lum bir
blankalar isrof qilinishining oldini olish maqsadida qat’iy hisobga olinadi va har biriga
tartib raqamlari qo'yib chiqiladi. Masalan, kassa kitobi, bosh kitob shunday blankalardan
229
hisoblanadi.
BOSH PUDRATCHI TASHKILOT - bu buyurtmachi bilan qurilish, qurilish-montaj
va boshqa ishlarni olib borish bo'yicha asosiy shartnomani tuzgan hamda uning
bajarilishini to'liq o'z zimmasiga olgan qurilish tashkiloti.
BRUTTO (ital. brutto-sopol) - tovarlarning idishi yoki o'rovi bilan birgalikdagi
og'irligi. Tovarlarning bunday og'irligi ba’zi hollarda zarur bo'lsada, lekin tovarning sof
og'irligi haqida aniq ma’lumot berolmaydi. Buning uchun tovarning sof og'irligi (netto)ni
aniqlash lozim.
BUXGALTER- buxgalteriya hisobi bo'yicha mutaxassis, «buxgalter» so'zi birinchi
marta XV asrda paydo bo'lgan. Buxgalter mutaxassisligiga birinchi marta «Insbrug» hisob
palatasi ish yurituvchisi Kristofor SHtexer ega bo'lgan. Umuman, buxgalter ma’lum bir
huquq va majburiyatlarga ega bo'lgan xodim hisoblanadi. Buxgalter aniq bir ish va
ma’lum xo'jalik faoliyatining hisobi va nazoratini olib boradi. Lavozimi va bajarayotgan
ishiga ko'ra, buxgalter katta va bosh buxgalter bo'lishi mumkin. Katta buxgalter
buxgalteriyaning bir bo'limini boshqarsa, bosh buxgalter xo'jalik yurituvchi sub’ektning
buxgal-teriyasi faoliyatini boshqaradi.
BUXGALTERIYA - buxgalteriya hisobini tashkil etadigan va olib boruvchi apparat.
Buxgalteriya mustaqil bo'lim bo'lib, korxonaning boshqa bo'limlari tarkibiga kirmaydi.
Buxgalteriyani bosh buxgalter, agar bosh buxgalter lavozimi belgilanmagan bo'lsa, katta
buxgalter boshqaradi. Buxgalteriya bo'limi buxgalteriya hisobini tashkil etishi va olib
borishi lozim, xo'jalik jarayonlarining qonuniyligi va maqsadliligini nazorat qilish, hisobot
tuzish, moliyaviy qonunlarga bo'ysunishini ta’minlashi va boshqa vazifalarni bajarishi
lozim.
BUXGALTERIYA HISOBI - xo'jalik hisobining hisob turlaridan biridir.
Buxgalteriya korxona, tashkilot, muassasa va birlashmalar xo'jalik faoliyatini to'liq,
hamma jarayonlarini uzluksiz hujjatlashtirish va nazorat qilishdir. Buxgalteriya hisobi
korxona, tashkilot, muassasa, vazirlik va boshqarmalarning faoliyat ko'rsatish vaqtidan
tugatilish vaqtigacha bo'lgan faoliyatini hujjatlarda aks ettirib boradi. Buxgalteriya hisobi
yozuvlari har tomondan tekshirilgan hujjatlar asosida olib boriladi, bu buxgalteriya
hisobining nazorat ahamiyatini, ma’lumotlar to'g'riligini, hisob ko'rsatkichlari aniqligini
ta’minlaydi.
BUXGALTERIYA HISOBI SCHETLARI - xo'jalik mablag'lari va ularning tashkil
topish manbalarining alohida moddalari bo'yicha ko'rsatkichlarni olish usuli. Xo'jalik
jarayoni natijasida mablag'lar va ularni tashkil topish manbalarida o'zgarishlar ro'y beradi.
Bu o'zgarishlarni o'rganish, hisobda aks ettirish uchun buxgalteriya hisobining
schetlaridan foydalaniladi. Schetlar soni va nomlanishi buxgalteriya schetlarining rejasida
belgilanadi.
Buxgalteriya
hisobi
qanday
tashkil
etilganligi,
qaysi
usuldan
foydalanilayotganligi va ob’ektning turiga qarab, schetning tuzilishi va tashqi ko'rinishi
turlicha bo'ladi.
VALYUTA SCHETLARI - jumhuriyat hududida va chet el valyutalarining holati va
ularning harakati uchun mo'ljallangan. Valyuta hisobi bo'yicha jara-yonlarni amalga
oshirish va hujjatlashtirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat Soliq
Qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining nizomlari asosida olib
boriladi.
VASIQA - qat’iy belgilangan shakldagi yozma qarz majburiyati bo'lib, majburiyat
muddati tugaganida qarzdordan vasiqada ko'rsatilgan summani tor-tishuvlarsiz talab etish
huquqini beradi. Vasiqa qat’iy rasmiy hujjat bo'lib, qonunchilikda belgilangan majburiy
230
rekvizitlardan birining bo'lmasligi, vasiqa kuchini yo'qotishiga olib keladi. SHakl nuqtai
nazaridan vasiqalar oddiy va o'tkazuvchan bo'ladi.
VEDOMOST - birlamchi hujjat yoki hisob registri. Vedomost yig'ma hujjat bo'lishi
ham mumkin. Vedomostdan buxgalteriya hisobining hamma shakllarida ham
foydalaniladi.
Xo'jalik jarayoni sodir bo'lgan vaqtda tuzilgan vedomost birlamchi hujjat hisoblanadi.
Yig'ma vedomost esa, bir nechta birlamchi hujjatlar asosida tuziladi. Unda birlamchi
hujjatlarning ma’lumotlari yig'iladi va hisob registrlarida keyingi yozuvlarni amalga
oshirishni yengillashtiradi. Yig'ma vedomostlarni hisoblash mashinalari yordamida tuzish
samaralidir. Buxgalteriya hisobida jamg'arma vedomostlari, to'lov qaydnomasi, hisob-
to'lov vedomostlari, qolishtirma vedomostlardan foydalaniladi.
DA’VO - da’vo qo'zg'atuvchining talabi. Korxonalar ularga qarzdorlarga
(debitorlarga) o'z vaqtida to'lanmagan qarzlik summalar uchun da’vo qo'zg'atishlari lozim.
Da’vo moddiy zarar keltirganlarga nisbatan asosli ravishda qo'zg'a-tilishi zarur.
DEBET (lat. debet - u majbur) - buxgalteriya hisobining bir qismi. Aktiv schetlarning
debetiga summalarning ko'payishi yozilsa, passiv schetlarda esa, summaning kamayishi
yoziladi. Hisoblashish schetlarining debetida esa, boshqa korxona va shaxslarning shu
korxonaga qarzlari aks ettiriladi va debetorlik qarzlari deyiladi. Debet qoldiqlari esa, aktiv
va aktiv-passiv schetlarda bo'ladi.
DEBITORLAR (lat. debitor - ^arzdor) - ushbu sub’ektga qarzdor bo'lgan boshqa
korxona, tashkilot, muassasa yoki shaxslar bo' lib, ular debetorlik qarz-larini to' lashlari
lozim.
DEKLARASIYA - (lotinchadan, ariza, e’lon) Deklorasiyaning quyidagi turlari
mavjud. Bojxona deklorasiyasi, aloqa deklorasiyasi, soliq deklorasiyasi va h.k.o.
-Bojxona deklorasiyasi - boyliklar va tovarlarni chegaradan olib o'tishda ularning
nomi, miqdori, bahosi, o'rov turi va boshqalarni aks ettirgan holdagi bojxonaga taqdim
etiladigan ariza;
-Aloqa deklorasiyasi - xorijga jo'natilayotgan pulli yoki qimmatli paketlarga ularning
mazmuni va qiymati aks ettirilib biriktiriladigan aloqa hujjati;
-Soliq deklorasiyasi - shaxsning soliq to'lash bilan bog'liq daromadlari, mulki va
boshqalari hajmi haqidagi arizasi.
DEPONENT (lat. depono - yig'aman) -korxona, tashkilot, muassasa yoki jismoniy
shaxsning korxona, tashkilot, muassasada vaqtincha saqlayotgan mablag'i. Deponent
summasi ishchi va xizmatchilarni mehnat haqini o'z vaqtida olinmagan summalaridir.
Mehnat haqini to'lash uchun muddat asosan 3 kun qilib belgilanadi. Muddat tugagandan
so'ng, olinmagan mehnat haqi summalari vedomostga yoki deponentlar kitobiga
xodimning ismi, familiyasi, otasining ismi, qabul raqami, hisob-to'lov qaydnomasi raqami
va oy, hamda summa yoziladi va deponentlangan deb belgilab qo'yiladi. O'z vaqtida
to'lanmagan pullar korxonaning bankdagi hisob-kitobiga qaytariladi.
DEPOZIT SERTIFIKATI - ma’lum bir muddatga pul mablag'larini bankka qo'ygan
shaxslarga bu haqda tasdiqlovchi qimmatbaho qog'oz bo'lib, uning egasi daromad manbai
hisoblanadi. D.s. boshqa shaxslarga beriladigan va berilmaydigan bo'lishi mumkin.
231
DIVIDEND - aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi bo'lib, aksiyadorlar
o'rtasida soliqlarni, ishlab chiqarishni kengaytirishga ajratmalarni, zaxiralarni tashkil etish,
obligasiyalar bo'yicha foizlarni va boshqa to'lovlarni amalga oshirilganidan so'nggina
taqsimlanadi.
DILER (dallol) - fond birjasining a’zosi (alohida shaxs, firma) va banklar. Diler
qimmatbaho qog'oz, valyuta, qimmatbaho metallar savdosi bilan shug'ullanib, o'z nomi va
o'z hisobidan harakat qiladi. Dilerlar o'zaro, hamda brokerlar va bevosita mijozlar bilan
(mijozlar bilan London fond birjasi dilerlari - djobberlar) kelishuvni amalga oshiradilar.
D. foydasi xaridor va sotuvchi kurslarining farqi hisobiga, shuningdek, qimmatbaho
qog'ozlar, valyuta kurslari o'zgarishi hisobiga vujudga keladi. Ko'pgina fond birjalarining
dilerlari brokerlik jarayonlarini amalga oshiradi.
DISKONT - 1) vasiqa hisobi; 2) hisob foizi - vasiqa hisobida banklarga to'lanadigan
foiz; 3) birja va valyuta ishlarida - tovar katiral bahosidan ustama (masalan, agar tovar
sifati standartdan past bo'lsa) valyuta.
IJARA (polyak. - arenda va lat. arrendare - qarzga foydalanishga berish) - SHartnoma
asosida buyumlarning vaqtinchalik foydalanishga belgilangan ijara haqi to'lovi asosida
berilishi.
Buyumni vaqtinchalik foydalanishga beruvchi tomon ijaraga beruvchi, qabul qilib
oluvchi esa, ijarachi deb ataladi. Ijara munosabatlarida asosan asosiy vositalar ijaraga
berilishi mumkin. Ijara joriy va uzoq muddatli moliyalangan bo'lishi mumkin.
Buxgalteriya yozuvi ham shu ijaraning qaysi turda olib borilishiga qarab yuritiladi.
INVESTISIYA - so'zi nemischa investition, lotincha investio so'zlaridan olingan
bo'lib, u kapitalni uzoq muddatli qo'yilmalar tariqasida sanoat, qishloq xo'jaligi, transport
va boshqa tarmoqlarga sarf etiladigan xarajatlar summasidir.
INVESTOR - mablag'ini moliyaviy qo'yilma sifatida foyda olish maqsadida
sarflovchi shaxs.
INFLYASIYA - haqiqatda taklif etilayotgan tovarlarga nisbatan ancha ko'p miqdorda
qog'oz pullarning muomalaga chiqarilishi. Baholarning umumiy uzoq vaqt oshib borishi
va haqiqiy mehnat haqining oshib borishi bilan kuzatiladi. Oltin bozor bahosini oshishi,
hayot qiymati, valyuta kursining o'zgarishlari ham inflyasiya oqibatidir.
INVENTARIZASIYA - korxonaga tegishli bo'lgan barcha asosiy vositalar,
inventarlar, mablag'lar va boshqa moddiy boyliklarning haqiqatda mavjudligi bilan
buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini solishtirish va tekshirish usuli. Inventarizasiya
o'tkazilishidan asosiy maqsad buxgalteriya hisobi ko'rsatkich-larining haqqoniyligini va
mulkning saqlanishini ta’minlashdir. Inventarizasiya ob’ekti bo'lib quyidagilar
hisoblanadi.
INVENTAR KARTOCHKALAR - asosiy vositalar (fondlar)ning hisobi uchun
mo'ljallangan hisob registrining shakli. Inventar kartochkalar har bir ob’ekt xo'jalikka
keltirilganda tuziladi. Inventar kartochkalar ob’ektlarning har bir turi bo'yicha alohida
olinishi mumkin. Kartochkada inventar ob’ekti to'g'risidagi hamma kerakli ma’lumotlar
aks ettiriladi: uning nomi, amortizasiya ajratmasi miqdori, shuningdek, kapital tiklash,
jihozlar, butlash va hisobdan chiqarishlar ham aks ettiriladi.
INKASSA (lat. incasso) - to'lov hujjatlarini ko'rsatib pul olish. To'lov hujjatlari
asosan, bank tomonidan ko'rsatiladi. Xaridor va mol yetkazib beruvchilar o'rtasidagi
hisob-kitob naqd pulsiz olib boriladi, demak, bank pulni inkassa orqali olar ekan, ular
232
o'rtasidagi hisob-kitobni (schetdan hisobga mablag' o'tkazish) bajarish vazifasini oladi.
IMTIYOZ - ma’lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman ozod etish. Masalan,
soliqlar bo'yicha beriladigan imtiyozlar hozirgi kunda respublika-mizda xususiy
korxonalar, hunarmandchilik bilan shug'ullanadigan shaxslar va qishloq xo'jalik
mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalarga belgilangan tartibda daromad solig'i to'lash
bo'yicha imtiyozlar berilgan. Imtiyozlarning berilishdan asosiy maqsad shu sohalarni
rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoyalash hisoblanadi.
IMPORT - davlatning ichki bozoriga xorijdan, texnologiya va kapitallarni sotish va
ulardan foydalanish uchun tovarlarning keltirilishi, shuningdek, xorijiy hamkorlardan
ishlab chiqarish yoki iste’mol xarakteridagi xizmatlarning bepul olinishi.
IPOTEKA - qarzdorning ko'chmas mulki bilan ta’minlangan, qarz majburiyatini aks
ettiruvchi qimmatbaho qog'oz.
KALKULYASIYA (lat. calculatio - hisoblash) - bajarilgan ish, tayyorlangan
mahsulot, qabul qilingan moddiy boyliklar qiymatini aniqlash, xarajatlarini guruhlash
usuli. Kalkulyasiya yordamida rejalangan va haqiqiy qiymat solishtiriladi, uning natijasida
iqtisodiy tejamkorlik ishlari maqsadli amalga oshiriladi. Kalkulyasiya o'tkazilishi va
maqsadligiga qarab (rejali, me’yoriy) va hisobot turlariga bo'linadi. Rejali kalkulyasiya -
reja davrining boshidagi xarajatlar me’yori va boshqa rejali ko'rsatkichlardan kelib
chiqqan holda tuziladi. Bu kalkulyasiyaning vazifasi qiymat bo'yicha reja topshiriqlarini
belgilash hisoblanadi.
KAPITAL QO'YILMALAR - bu xo'jalikning takror ishlab chiqarishini kengaytirish
hamda uning sifatini yaxshilashga yo'naltirilgan xarajatlar majmuidir. Kapital qo'yilmalar
xajmi korxonalarni qurish, kengaytirish, texnik qayta jixozlash va uning ishlab chiqarish
quvvatlarini saqlash, shuningdek, ishlab chiqarish maqsadlaridagi asbob-uskuna, transport
vositalari va boshqa asosiy fondlarni xarid qilishning barcha moliyalashtirish manbalari
hisobiga qilingan xarajatlarning umumiy summasiga nisbatan belgilanadi.
KASSA LIMITI - korxona kassasida doim bo'lishi mumkin bo'lgan pul
mablag'larining summasi. Bu summa kunlik mayda xarajatlar uchun ishlatiladi. Uni bank
korxona bilan kelishgan holda shu korxona sharoitini hisobga olib belgilaydi. Limitdan
ortiq summadagi mehnat haqini to'lash uchun bankdan olingan kundan tashqari uch
kungacha bo'lgan muddatda bo'lishi mumkin. Nazorat vaqtida kassada sababsiz limitdan
ortiqcha pul mablag'i aniqlansa, 80-schetning kreditiga yoziladi va kassir qoidani buzgan
hisoblanadi.
KASSIR - kassa pulni qabul qilish, saqlash va berish majburiyati yuklatilgan javobgar
shaxs. Kassir yozma ravishda moddiy javobgarlik haqida majburiyatni o'zining bo'yniga
oladi. Kassir o'z ishi jarayonida kassa jarayon-lari haqidagi nizomga amal qilishi zarur.
Pulni qabul qilish va berishda kassir korxona rahbari va bosh buxgalterning imzolari bilan
tasdiqlangan hujjatlarga asoslanadi. Kassadagi pul mablag'lari hisobini kassir kassaning
kitobida olib boradi.
KONSIGNATOR - tovarlarning egasi bo'lmasada, tovarlari mavjud bo'lib, asosan,
komission boshlang'ich bosqichida faoliyat yuritadi. O'z idorasi, shuning-dek, qabul qilish,
qayta ishlash va tovarlarni sotish binosiga ega bo'ladi.
KONSIGNASIYA - tovarlarni xorijga sotishning komission shakli bo'lib, unga ko'ra
tovarlarning egasi (konsignant) u yerdagi o'z komissioneriga (konsignatoriga) tovarlar
|