Mulkiy mustaqillik koefiitsienti
=
----------------
Korxonanin
g
kapitali
----------------- (avtonomiya)
Korxona aktivlarin ing o'rtacha qqiymat
„ .. .
..
. . . .
„ .
. _ Kooona kapitali + uzoq muddatli majburiy at lar
2.
Moliyaviy mustahkamlik koemtsienti — -
3.
Moliyaviy koeffitsienti
Korxona aktivlarin ing o'rtacha qiymati
Ichki kapital
Korxona aktivlarin ing o'rtacha qiymati
Ma’lumki, dinamik ko‘rsatkichlar ikki shaklda bo‘lishi mumkin. Bu lahzalik
(momentlik) dinamik ko‘rsatkichlar va oraliq dinamik ko‘rsatkichlar.
Lahzalik dinamik ko‘rsatkichlar — aniq kunga keltirilgan ma’lumotlar, ya’ ni har
oy, har chorakni birinchi kuniga, yilni boshiga, oxiriga keltirilgan ma’lumotlar.
Oraliq dinamik ko‘rsatkichlar - har bir davrga aniqlangan o‘rtacha miqdor
ma’lumotlar, ya’ni o‘rtacha bir oyga, bir chorakka, bir yilga.
Hodisalarni miqdoriy ifodalash qonuniyatining talablaridan biri shundan iboratki,
lahzalik dinamik ko‘rsatkichlar asosan lahzalik dinamik ko‘rsatkichlari bilan, oraliq
dinamik ko‘rsatkichlar intervallik ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanishi lozim. Ko‘rinib
turibdiki, yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarni aniqlash uslubi bu talabga javob
bermaydi.
Ko‘rsatkichlarning maxrajida korxona aktivlarining o‘rtacha qiymati keltirilgan,
ya’ni oraliq dinamik ko‘rsatkichlar. Bu ko‘rsatkichlarning sur’atida esa, o‘zlik
kapitalning, uzoq muddatli majburiyatlar, ishchi kapitalning qoldiq summalari (davrning
boshiga yoki oxiriga), ya’ni lahzalik dinamik ko‘rsatkichlar keltirilgan. Demak,
foydalanilayotgan ko‘rsatkichlar noto‘g‘ri hisoblangan. Pirovardida, moliyaviy
mustahkamlik tahlilini boshlamasdan avval yana bir muammoni qurishga to‘g‘ri keladi.
Bu — moliyaviy mustahkamlikni tahlil etishda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tizimidir.
Bu borada ham mualliflarning tavsiyalari turlicha.
A.N.Li, S.I.Shevchenkolar quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini tavsiya etganlar:
-
joriy likvidlik (qo‘llash0; muhitli likvidlik; mutlaq likvidlik; harakatchan
41
203
likvidlik; ishchi kapitalning foydalanish samaradorligi; qarzdorlik dinamik omili;
moliyaviy qaramlik: o‘zlik-qaramlik; moliyaviy mustahkamlik; monevrganlik;
bankrotlik koeffitsienti; asosiy vositalarni yangilash; qarzlar ta’minlanish;
kreditorlarni mudofalanganligi koeffitsienti; debitorlik va kreditorlik qarzlar
o‘rtasidagi nisbat; aylanma va aylanmadan tashqari mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat.
Ko‘rinib turibdiki, tavsiya qilingan ko‘rsatkichlar tizimida moliyaviy mustahkamlik
keng ravishda quriladi, moliya mustahkamligiga bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatkichlar ham
tavsiya etiladi.
A.D. Sheremet, R.S. Sayfulin «Bozor mustahkamligini baholash» sarlavhasi ostida
moliyaviy mustahkamlikni tahlil qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini tavsiya
etganlar:- avtonomiya; o‘z mablag‘lari va qarzga olingan mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat;
harakatchan va noharakatchan mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat; chaqqon harakat qilish; o‘z
mablag‘lar bilan ta’minlanish; ishlab chiqarish mol-mulk; uzoq muddatga qarz olish;
qisqa muddatga olingan qarzlar; zaxiralar va xarajatlarning shakllanish manbalari
koeffitsienti.
Bu mualliflar ham moliyaviy mustahkamlikni keng ravishda ifoda etganlar.
V.G.Artemenko, M.V. Bellendir moliyaviy mustahkamlikni tahlil etish uchun quyidagi
ko‘rsatkichlardan foydalanishgan: o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsienti;
moddiy zaxiralarni o‘z mablag‘lar bilan ta’minlanish koeffitsienti; o‘z kapitalining
chaqqon harakat qilish koeffitsienti; doimiy aktivlar indeksi; uzoq muddatga qarz olish
koeffitsienti; eskirish koeffitsienti; kapitalning real qiymati koeffitsienti; avtonomiya
koeffitsienti; o‘zlik va qarzga olingan mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat koeffitsienti.
Bu tavsiya qilingan ko‘rsatkichlar tizimida bevosita moliyaviy mustahkamlikni
ifodalovchi ko‘rsatkichlar kam bo‘lib (bitta-ikkita), ular moliyaviy mustahkamlik
darajasini tahlil etish imkoniyatini bermaydi.
I.
T. Abdukarimov o‘z monografiyasiga moliyaviy mustaqillikni tahlil qilish
uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalangan: avtonomiya; moliyaviy mustahkamlik;
moliyaviy qaramlik; o‘z kapitalining chaqqonlik; qarzga olingan mablag‘larni
yiriklashtirish; qarzga olingan o‘zlik kapitallar o‘rtasidagi nisbat koeffitsienti.
Fikrimizcha bu ko‘rsatkichlar tizimi ham moliyaviy mustahkamlikni har
tomonlama tahlil qilish imkoniyatiga ega emas.
Yuqorida keltirilgan mualliflarning tavsiyalarini tahlil qilish ba’zan quyidagi
xulosalarga olib keldi:
Birinchidan, moliyaviy mustahkamlikni mazmuni mualliflar tomonidan har xil
ifodalanyapti.
Ikkinchidan, moliyaviy mustahkamlik moliyaviy holatning boshqa yo‘nalishlari,
shakllari-moliyaviy barqarorlik, balans likvidligi bilan aralashtirilib yuborilmoqda.
Uchinchidan, moliyaviy mustahkamlikni tahlil etish uchun har xil tizimdagi
ko‘rsatkichlar tavsiya etilmoqda va bu ko‘rsatkichlar tarkibida moliyaviy
mustahkamlikka aloqasi bo‘lmagan ko‘rsatkichlar tavsiya etilmoqda.
To‘rtinchidan, tavsiya etilgan ko‘rsatkichlar mualliflar tomonidan har xil us ulda
aniqlanadi va bu borada xatoliklarga ham yo‘l qo‘yilmoqda.
Beshinchidan, qurilgan tavsiyalarda moliyaviy mustahkamlik ko‘rsatkichlari
42
204
asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga bo‘linmayapti.
Ma’lumki moliyaviy mustahkamlik korxonalarda foydalanmayotgan ishlab
chiqarish zaxiralari va xarajatlari yoki moddiy aylanma mablag‘lar bilan ularni
qoplovchi manbalar o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni ta’riflaydi, baholaydi.
Moliyaviy mustahkamlikning har xil shakllarini, har tomonlama tahlil etish uchun
ikki guruh ko‘rsatkichlardan foydalanish lozim, ya’ni:
1.
Asosiy ko‘rsatkichlar;
2.
Qo‘ shimcha ko ‘ rsatkichlar.
Asosiy ko‘rsatkichlar.
Ma’lumki, moliyaviy mustahkamlik zaxira va xarajatlar, ularni qoplovchi manbalar
o‘rtasidagi nisbat bilan aniqlanadi. Bu manbalar uch xil bo‘lishi mumkin.
1.
O‘zlik manbalari.
Korxona moddiy mablag‘larni qoplash uchun umumiy o‘z manbalarining bir
qismidan foydalanadi. Qolgan qismidan uzoq muddatli aktivlarni qoplash uchun
foydalaniladi. Demak, o‘z manbalarini aniqlash uchun korxona umumiy o‘z
manbalaridan uzoq muddatli aktivlarning qiymatini ayirib tashlashi lozim.
Birinchi manbaning simvoli ye
s
.
2.
O‘zlik manbalari va korxonaning uzoq muddatli majburiyatlari. Demak, o‘z
manbalariga korxonaning uzoq muddatli majburiyatlari qo‘shiladi.
Ikkinchi manbaning simvoli ye
1
.
3.
Manbalarning hammasi, ya’ni o‘z manbalari va korxonaning muddatli
majburiyatlari.
s t
E
Yuqorida ko‘rilgan manbalar, ya’ni ye , ye va ye bilan avval balans shakli bo‘yicha
“Zaxiralar va xarajatlar”, 2004 yilda kiritilgan balans shakli bo‘yicha “tovar
-
moddiy zaxiralar” ya’ni moddiy aylanma mablag‘lar bilan ularni qoplovchi
manbalar o‘rtasidagi nisbatga binoan moliyaviy mustahkamlik to‘rt shaklda bo‘lishi
mumkin:
1.
Mutlaq moliyaviy mustahkamlik;
2.
Me’yoriy moliyaviy mustahkamlik;
3.
Nome’yoriy moliyaviy mustahkamlik;
4.
Inqirozga uchragan moliyaviy holat.
Mutlaq moliyaviy mustahkamlik deb shunday vaziyat tushuniladiki, korxonaning
moddiy aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoji o‘zlik mablag‘lar manbalari bilan to ‘ liq
qoplanadi va korxona yana uzoq va qisqa muddatli majburiyatlardan foydalanish
imkoniyatiga ega. Demak, korxona o‘z ehtiyojini qoplash bilan birga ortiqcha
manbalarga ega, undan ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa ehtiyojlarga
foydalanish
mumkin.
Xulosa:
mutlaq
moliyaviy
mustahkamlik
moliyaviy
mustahkamlikning eng yuqori darajasi hisoblanadi.
Me’yoriy moliyaviy mustahkamlik shunday vaziyatki, korxonaning moddiy
aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qoplash uchun o‘z mablag‘lari manbalari
yetishmaydi va shu sababli korxona uzoq-qisqa muddatli majburiyatlardan foydalanadi.
Demak, korxonaning moddiy aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoji bu manbalar bilan
qoplangan, uning ko‘p ortiqcha mablag‘lari bo‘lmasligi mumkin. Lekin korxona
me’yoriy ravishda uz faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Nome’yoriy moliyaviy mustahkamlikda korxona og‘ir ahvolga tushib qolgan
43
205
hisoblanadi, korxonaning moddiy aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini o‘z
mablag‘lari manbalari va uzoq muddatli majburiyatlar qoplamaydi, qoplanmagan
qismi faqat qisqa muddatga olingan majburiyatlar hisobidan qoplanadi. Bu
majburiyatlarni tez fursatda qaytarish lozim. Agar korxona o‘z moliyaviy holatini
yaxshilash uchun kerakli tadbirlarni amalga oshirmasa, u moliyaviy inqirozga duchor
bo‘lish arafasida bo‘ladi.
Inqirozga uchragan moliyaviy holatda korxonaning zaxira va xarajatlarga bo‘lgan
ehtiyoji butun mavjud manbalardan foydalanilsa ham to ‘ liq qoplanmaydi.
Yuqorida ko‘rsatilgan moliyaviy mustahkamlikning shakllari har xil moliyaviy
vaziyatlarda bo‘lishi mumkin. Har bir shakl uch vaziyatga ega.Bu vaziyatlarni aniqlash
uchun moliyaviy mustahkamlik shakllari bo‘yicha yuqorida keltirilgan manbalar “tovar -
moddiy zaxiralar” - TMZ bilan taqqoslanadi.
Endi shu vaziyatlarning shakllanishini ko‘rib chiqamiz.
1.
Mutlaq moliyaviy mustahkamlik.
Bu moliyaviy mustahkamlik bo‘lishi uchun korxonaning moddiy aylanma
mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoji bilan uni qoplovchi manbalar o‘rtasidagi nisbat quyidagi
moliyaviy vaziyatlar talablariga javob berishi lozim:
1.
(E
s
: TMZ)x100 > 100%.
2.
(
E
1
: TMZ)x100 > 100%.
3.
(
E
E
: TMZ)x100 > 100%.
Keltirilgan moliyaviy vaziyatlar shuni ko‘rsatadiki, korxonalar o‘zining moddiy
aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarini ham o‘z manbalari, ham korxona
majburiyatlari — uzoq va qisqa muddatga olingan qarzlar bilan qoplashi mumkin.
Lekin yuqorida ifodalangan uchta manbalar bilan korxonaning moddiy aylanma
mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoji o‘rtasidagi nisbat hamma vaziyatlar bo‘yicha 100 foizga
barobar yoki undan ko‘p bo‘lishi lozim. Demak, moliyaviy mustahkamlik mutlaq
darajada bo‘lishi uchun korxona ehtiyoji o‘z manbalari bilan to‘liq qoplanishi kerak.
Korxona shu vaziyatda ham tashqi majburiyat manbalaridan foydalanishi mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, korxona o‘zining moddiy aylanma mablag‘lariga bo‘lgan
ehtiyojini to‘liq qoplash bilan ortiqcha manbalarga ega bo‘lib, undan ishlab chiqarishni
kengaytirish va boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkin.
Mutlaq moliyaviy mustahkamlik — moliyaviy mustahkamlikni eng yuqori darajasi
, bozor munosabatlariga o‘tilayotgan murakkab, og‘ir shart-sharoitlarda ham mavjud.
2.
Me’yoriy moliyaviy mustahkamlik.
Bu moliyaviy mustahkamlik bo‘lishi uchun korxonaning moddiy aylanma
mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoji bilan uni qoplovchi manbalar o‘rtasidagi nisbat quyidagi
moliyaviy vaziyatlar talablariga javob berishi lozim:
1.
(E
s
: TMZ)x100 < 100%.
2.
(
E
1
: TMZ)x100 > 100%.
3.
(
E
E
: TMZ)x100 > 100%.
Ko‘rinib turibdiki, korxonaning moddiy aylanma mablag‘larga bo‘ lgan ehtiyojini
qoplash uchun korxonaning o‘zlik manbalari hamda uzoq muddatga olingan qarzlar
yetishmaydi va korxona o‘z ehtiyojini qisqa muddatga olingan qarzlar
44
206
hisobidan qoplaydi. Ma’lumki, qisqa muddatli qarzlar bir yil muddatgacha olinadi,
demak, ular yaqin fursatda qaytarilishi lozim.
3.
Nome’yoriy moliyaviy mustahkamlikka uchragan korxonalarni jonlantirish
bo‘limiga tushib qolgan kasallar bilan taqqoslash mumkin. Bu korxonalarda moliyaviy
holatni yaxshilash uchun kerakli tadbirlar amalga oshirilmasa, ularning faoliyati to‘xtab
qolishi turgan gap.
Hayot shuni tasdiqlayaptiki, murakkab bozor munosabatlari davrida nome’y oriy
moliyaviy mustahkamlikka ega bo‘lgan korxonalar ko‘proq uchrab turibdi.
1.
(E
s
: TMZ)x100 < 100%.
2.
(
E
1
: TMZ)x100 < 100%.
3.
(
E
E
: TMZ)x100 > 100%.
4.
Inqirozga uchragan moliyaviy holat
1.
(E
s
: TMZ)x100 < 100%.
2.
(
E
1
: TMZ)x100 < 100%.
3.
(
E
E
: TMZ)x100 < 100%.
Inqirozga uchragan moliyaviy holat shuni ko‘rsatadiki, na o‘zlik manbalari, na
uzoq va qisqa muddatga olingan qarzlar korxonani moddiy aylanma mablag‘larga
bo‘lgan ehtiyojini qoplamaydi. Demak, korxona o‘z faoliyatini mo‘’tadil ravishda
davom etolmaydi. Korxona o‘z majburiyatlaridan qutilish imkoniyatiga ega emas. Bu
sharoitda korxonaga kredit bergan banklar, korxonaning ta’minlovchilari, kreditorlari
uning ustidan xo‘jalik sudiga arizalar topshirib, korxonani bankrot deb e’lon qilish
iltimosini havola etishi mumkin.
Arizalar xo‘jalik sudi organlarida ko‘rib, natijalari ikki xil shaklda bayon qilinishi
mumkin.
1.
Inqirozga uchragan moliyaviy holatli korxona, agar o‘ziga mablag‘lar bilan
yordam beruvchi korxona va tashkilotlarni, ya’ni homiylarni topsa yoki kerakli
organlarning qarorlariga binoan bu korxonani ishlab chiqarish, moliyaviy holatini
yaxshilash maqsadida tashqaridan boshqaruvchi tayinlangan taqdirda, xo‘jalik sudi
organlari bu korxonani sanoatda 1,5, qishloq xo‘jaligida bo‘lsa, 2 yil muddatgacha
sanatsiyaga o‘tkazishi mumkin.
Bu muhlat tamom bo‘lishi bilan xo‘jalik sudi organlari masalaga yana qaytib,
korxonaning moliyaviy holati yaxshilangan bo‘lsa, uni ro‘yxatdan o‘chiradi, biroq
korxonaning moliyaviy holati yaxshilangan bo‘lmasa, uni bankrot deb e’lon qiladi, mol-
mulki kim oshdi savdosida sotilib, korxona qarzlari egalariga qaytarib beriladi.
2.
Inqirozga uchragan moliyaviy holatli korxona kerakli homiylarni topa olmasa,
unga tashqaridan boshqaruvchi tayinlanmasa, korxona xo‘jalik sudi organlarining
qaroriga binoan bankrot deb e’lon qilinadi va mol-mulki kim oshdi savdosida sotiladi.
Respublikada bankrot deb e’lon qilingan korxona va tashkilotlar kam emas. 1999
yili bunday korxona va tashkilotlarni soni 969 ni tashkil etgan. Shunday qilib, moliyaviy
mustahkamlikni shakllanishi moliyaviy vaziyatlari umuman quyidagicha bo‘ladi:
1.
Mutlaq moliyaviy mustahkamlik:
8.1.
(E
s
: TMZ)x100 > 100%.
8.2.
(
E
1
: TMZ)x100 > 100%.
45
207
8.3.
(E
E
: TMZ)x100 > 100%.
2.
Me’yoriy moliyaviy mustahkamlik:
1.
(E
s
: TMZ)x100 < 100%.
2.
(
E
1
: TMZ)x100 > 100%.
3.
(
E
E
: TMZ)x100 > 100%.
3.
Nome’yoriy moliyaviy mustahkamlik:
2010
(E
s
: TMZ)x100 < 100%.
2011
(
E
1
: TMZ)x100 < 100%.
2012
(
E
E
: TMZ)x100 > 100%.
2013
Inqirozga uchragan moliyaviy holat:
|